3-mavzu. Ishlab chiqarishni rejalashtirish


Download 207 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi207 Kb.
#1622412
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu ICHM


3-mavzu . Ishlab chiqarishni rejalashtirish.
3.1. Rejalashtirish tamoyillari.
Korxona, firma, hissadorlik jamiyatlari mahsulot yoki tovar raqobat - doimiy normalari asosida shu korxonalarning texnik - tashkiliy va ijtimoiy rivojlanishi asosida bozor va uning segmentatsiyasini о‘rganish natijalari asosida firma, korxona strategiyasi ishlab chiqiladi. Biznes -reja sifati firma strategiyasi sifati bilan aniqlanadi. О‘z navbatida biznes - reja va korxona strategiyasi sifati qо‘llaniladigan ilmiy - rejaviy yondashuvlar va rejalashtirish tamoyillari asosida aniqlanadi.
Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  1. Strategik va joriy rejalarning tadbiq qilinishi (qо‘llanilishi).

  2. Rejaning ijtimoiy mо‘ljalga yо‘naltirilganligi.

  3. Rejalashtirish obyektlarining muhimligiga qarab joylashtirish.

  4. Rejali kо‘rsatkichlarning xaqiqiyligi.

  5. Menejment sistemasi tashqi muxiti parametrlari bilan rejaning muvofiqligi.

  6. Rejaning kо‘p variantlar asosida bittasini tanlash.

  1. Rejaning balanslar bо‘yicha tayyorlanishi.

  1. Rejaning iqtisodiy asoslanishi.

  2. Rejalashtirish sistemasini avtomatlashtirish.

I. Har bir strategik yoki joriy rejalar ishlab chiqilgandan va tasdiqlangandan sо‘ng u amalda qо‘llanilishi kerak.
II. Rejaning ijtimoiy mо‘ljalga yо‘naltirish texnik va iqtisodiy muammolarni yechish hamda ishlab chiqaradigan tovarning xalqaro talablarga muvofiq ekologiyaga mosligini, xavfsizlik darajasini ta’minlashni hamda jamoaning ijtimoiy rivojlanish kо‘rsatkichlarini kо‘rsatadi.
III. Rejalashtirish obyektlarning muhimligiga qarab joylashtirish - bor bо‘lgan resurslarni oqilona taqsimlash orqali obyektlarni joylashtirish. Masalan: agar ishlab chiqaradigan mahsulotlar bir xil raqobatbardoshlik darajasiga ega bо‘lsa, bunda resurslarni korxona dasturida solishtirma og‘irligi (bahosi, qiymati orqali) kо‘p hajmni egallagan tovarlar raqobatbardoshligini oshirish uchun yо‘naltiriladi.
IV. Rejalar kо‘rsatkichlarning xaqiqiyligi - reja kо‘rsatkichlarini bashoratlashda kо‘zda tutilgan omillar asosida ular sonini oshirish, hamda bashoratlashda aniqligini oshirish maqsadida ta’minlanadi.
V. Menejment sistemasi tashqi muhit parametrlari bilan rejaning muvofiqligi - tashqi muhit omillari dinamikasi tahlili va bu omillarning rejali kо‘rsatkichlarga ta’sirini izlanishni ta’minlaydi. Menejment sistemasi tashqi muhit komponentlariga quyidagilar kiradi:

Makromuhit mamlakatning turli rivojlanish sohalari bilan harakterlanadi. Ularga quyidagilar taalluqli: xalqaro soha, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, xuquqiy, ekologik, tabiiy, iqlimiy, ilmiy - texnikaviy, madaniy sohalar kiradi.
Hudud infrastrukturasi - firma yoki korxona joylashganligiga qarab hudud infrastrukturasi, shu firma yoki korxonaning faoliyati samadorligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Demak infrastruktura tarmoqlariga quyidagilar kiradi:

  1. Bozor infrastrukturasi (banklar, sug‘urta va moliya tashkilotlari)

  2. Tabiiy atrof muhit monitoringi

  3. Sanoat

  4. Qurilish, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, transport va aloqa, uy - joy kommunal xо‘jaligi, maishiy xizmat kо‘rsatish, shahar atrofidagi qishloq xо‘jalik.

Mikromuhit omillari: raqobatchilar, keng auditoriyalar, marketing vositachilari, tashqi iqtisodiy faoliyat va soliq sistemasi bо‘yicha qonunchilik.
VI. Rejaning variantliligi - bir maqsadga yо‘naltirilgan 3 ta muqobil variantlar ishlab chiqiladi va rejalashtirilgan maqsadni bajarish uchun uni ishlab chiqarish va uni amalga oshirish uchun kam xarajatli optimal variantni tanlashni ta’minlaydi.
VII. Rejaning balanslar bо‘yicha tayyorlanishi - resurslarning qabul qilinishi va taqsimlanishi balansi ularning qiymat darajasidagi kо‘rsatkichlar balansini ta’minlaydi.
VIII. Rejani iqtisodiy asoslash - rejaning tamoyillaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Rejali kо‘rsatkichlarning yakuniy variantini tanlash , sistemali tahlil о‘tkazish, bashoratlash va muqobil variantni iqtisodiy asoslash xavfda optimallashtirishdan keyingina amalga oshirish mumkindir.
IX. Rejalashtirish sistemasini avtomatlashtirish – kompyuter texnikasi va zamonaviy axborot texnologiyasini qо‘llashni talab qilib rejalashtirish obyekti hayotiy sikli bosqichlarini axborot bilan ta’minlash, shu axborotni saqlash va qaror qabul qiluvchi shaxsga shu axborotni ta’minlaydi. Rejalashtirish, kо‘rib chiqilgan tamoyillarni bajarish juda ham qiyin bо‘lib, yirik korxonalarning malakali kadrlar, zamonaviy axborot texnologiyalari va zaruriy resurslar bо‘lishini talab qiladi.



Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling