3-mavzu. Ishlab chiqarishni rejalashtirish


Intensiv, integratsion, diversifikatsion rivojlanish yо‘nalishlarning tavsifi


Download 207 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi207 Kb.
#1622412
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu ICHM

Intensiv, integratsion, diversifikatsion rivojlanish yо‘nalishlarning tavsifi. Rivojlanishdagi intensiv yо‘nalish mahsulot va bozorni rivojlantirishda yashirin imkoniyatlaridan hozirga qadar foydalanmagan korxonalarga nisbatan asosli va xos bо‘ladi. Bozorda chuqur о‘rnashish - bozorni о‘rganish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faoliyat olib borilayotgan bozorlarda marketing harakatlarini jadallashtirish yо‘li bilan (masalan: xaridorni jalb etadigan ishlar - narxni pasaytirish tovarni sotishdan keyin qо‘shimcha xizmat kо‘rsatish ta’sirini kuchaytirish) mahsulot sotishni kо‘paytirish imkoniyatlarini axtarishdir. Bozor hududlarini kengaytirish mahsulotlarning yangi geografik rayonlarga (mamlakatda yoki chet ellarda), bozorning yangi segmentlari (iste’molchilar guruhlari) ga kirib borishini, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yangi iste’mol yoki tadbiq sohalarini izlashni kо‘zda tutadi.
Yangi modellarni о‘rnatish, mahsulotning sifat tomonidan tabaqalangan turlarini ishlab chiqarish yо‘li bilan tovarlar takomillashtiriladi. Intensiv rivojlanishning yuqorida sanab о‘tilgan usullari о‘zaro alternativ tarzda qaralashi mumkin, shuningdek ularni faoliyat bosqichlari tarzida izohlash ham mumkin. Sо‘nggi holda bozorni о‘rganish harakatlarini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarga birinchi navbatda zо‘r beriladi, sо‘ngra bozorni kengaytirishga urinib kо‘riladi, nihoyat, bu harakat foyda bermasa, korxona mahsulotni rivojlantirishga kirishadi.
Integratsion taraqqiyot variantlari о‘z tarmog‘ida mustahkam holatga va tarmoq ichidagi marketing tizimining bо‘g‘inlari о‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga ega bо‘lgan korxonalarda uchraydi. Vertikal integratsiyada oqim yо‘li bо‘ylab marketing tizimining ayrim bо‘g‘inlari о‘rtasida birlashuv yoki domiy muvofiqlashuv yuz beradi.
Regressiv yoki vertikal integratsiya oldingi bо‘g‘in bilan birga ishlab chiqaruvchining о‘zi о‘z xom ashyo ishlab chiqarishni tashkil etishini yoki mavjud xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalari о‘rnatishini nazarda tutadi. Progressiv yoki vertikal integratsiya bо‘g‘ini bilan birga sanoat korxonasi xarid qilish yoki ulgurji va chakana savdoni nazoratga olishni,ya’ni savdo chiqimlarini kamaytirish uchun taqsimotning oraliq bо‘g‘inlarini yо‘qotib, mahsulotni pirovard iste’molchiga yetkazib berishgacha о‘zi mustaqil shug‘ullanishni anglatadi. Gorizontal integratsiya marketing tizimining bir xil bо‘g‘inlarida tо‘rgan korxonalar о‘rtasida faoliyatni о‘zaro muvofiqlashtirishdan iboratdir. Masalan, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan ikki sanoat korxonasi birlashib, ishlab chiqarish miqyosini kengaytiradi va ayni paytda о‘z xarajatlarini qisqartiradi. Bunday birlashma ulgurji yoki chakana savdo tashkilotlari о‘rtasida ham tuzilishi mumkin, ular shu yо‘l bilan mol yetkazib beruvchilarga nisbatan о‘z mavkeini kо‘tarib, mahsulot sotish hajmini kо‘paytiradi.
Diversifikatsiya yо‘li bilan rivojlanish variantlari guruhlari mazkur marketing tizimi doirasida yanada о‘sish imkoniyatlariga ega bо‘lmagan va bu imkoniyatni ushbu tizimdan, tashqarida qidiradigan korxonalarning bu xatti - harakatini asosi deb hisoblaydi. Deversifikatsiyaning uch kо‘rinishi bor: jamlanma (konsentrik) diversifikatsiya - korxona texnikaviy yoki bozor nuqtai nazaridan firmaning ilgarigi tovarlariga о‘xshash yangi mahsulotni ishlab chiqara boshlaganda yuz beradi. Masalan, telefon apparatlari ishlab chiqaradigan korxona о‘z mahsulot xilini kо‘paytirib, avto javob beruvchi yoki videotelefon ishlab chiqarishga о‘tadi. Shunday qilib korxona о‘z dastо‘rini boyitadi va iste’molchilarning yangi guruhiga ega bо‘ladi. Gorizontal diversifikatsiya - ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot xiliga texnologik aloqasi bо‘lmagan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga о‘tishdan iborat.
Konglomerat diversifikatsiya – firmani mahsulot kо‘lamini texnologik, iste’mol jihatdan umuman bog‘liq bо‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishga, sotishga taalluqli bо‘lgan urinishlar tushuniladi.
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yо‘nalishini aks ettiradi. Sо‘ngra har bir yо‘nalish bо‘yicha batafsil rejalar tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini qо‘llaydigan korxonalar faoliyat natijalari kо‘prok savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni rejalashtirish alohida о‘rinni egallaydi.



Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling