3-mavzu. Ishlab chiqarishni rejalashtirish


Korxona bozor strategiyasining shakllanishi


Download 207 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi207 Kb.
#1622412
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu ICHM

3.2. Korxona bozor strategiyasining shakllanishi
Korxona bozor strategiyasini shakllantirishda konyukturani tahlil qilish. Korxona bozor strategiyasi shakllanishi konyukturani tahlil qilishdan boshlanadi. Konyuktura - bu talab va taklif orasidagi munosabatlar, tovar zahiralari va baholar harakati va boshqa iqtisodiy kо‘rsatkichlarni о‘z ichiga oluvchi iqtisodiy holatdir. Korxonada konyukturani о‘rganish va bashorat qilish lozimdir. Bu bilan marketing shug‘ullanadi. Qisqa muddatli bashoratlar natijasi va joriy konyukturadan foydalangan holda marketing perspektivali tendensiyalarni qabul qilib, jahon bozoriga yо‘naltiriladi. Bozorda firma harakati strategiyasi tovarlar raqobatbardoshliligi, firma ilmiy - texnik va resurslar potensiali darajasi va bozor hamda tovarning rivojlanishi asosida aniqlanadi.




Mavjud tovarlar

Yangi tovarlar

Mavjud bozorlar

1. Bozorga chuqur kirib borish

3. Yangi tovarlarni ishlab chiqarish




2. Bozor chegaralarini kamaytirish

4. Diversifikatsiya (bozorda yangi tovar)

Jadval – 2. Tovarlar va bozorlar rivojlanishi yordamida yangi bozorlarni aniqlash sxemasi.
Bozorni о‘rganish strategiyalarining turlari. Bozorni о‘rganish strategiyasi quyidagi strategiyalardan birini tanlashga asoslanadi.
a) Differensiyalanmagan marketing - korxona yoki firma barcha iste’molchilarga, bozorga bir xil tovar bilan murojaat qiladi.
b) Differensiyalangan marketing - aniq segment asosida aniq tovar ishlab chiqish;
v) Kompleks marketing tovarlari va xizmatlari bо‘yicha korxonaning aniq segment bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarilishi.
I. Maqsadli segmentni tanlash - kо‘pgina firmalar bir segment bо‘yicha xizmat qilishni boshlab, bu segment asosida boshlangan ish muvaffaqiyatli tugallansa, navbat bilan boshqa segmentlarni о‘rganib va asosiysini tanlashda о‘z ifodasini topadi.
II. Yangi tovarlar ishlab chiqish strategiyasining shakllanishi - bu iste’molchilar talabi, tovar tayyorlash texnologiyalari, tovarlarni qо‘llash, bozorda raqobat konunlari asosida raqobat holatlarning о‘zgarishiga asoslanadi.
III. Resurs strategiyasini tanlash - quyidagi ishlarni bajarishni о‘z ichiga oladi.

  1. Tovar minimal bahosini aniqlovchi xarajatlarni tahlil qilish va baholash.

  2. Xarajatlarni qoplash imkoniyatlarini tahlil qilish.

  3. Xom-ashyo, materiallar, energiya, ishchi kuchi qabul qilish manbalarini о‘rganish.

IV. Narx shakllanishi strategiyasini tanlash - quyidagi muammolarni yechish bilan bog‘liq.

  1. Yangi tovarlarga bahoni о‘rnatish.

  1. Tovar nomenklaturasi darajasida narxning shakllanishi.

  1. Geografik prinsip bо‘yicha bahoning о‘rnatilishi.

  2. Chegirmalar bilan narxni о‘rnatish.

  3. Rag‘batlantirish bо‘yicha bahoni о‘rnatish.

  4. Diskriminatsion baholarni о‘rnatish

V. Tovarni tarqatish yо‘llari va metodlarini tanlash 2 xil bо‘ladi.
1.Tovarni tarqatish kanallari bilan bog‘liq bо‘lgan tanlash
a) 0 - darajadagi tanlash: tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi orasidagi tanlash.
1 - darajali tanlash: iste’molchi, vositachi va ishlab chiqaruvchi
2 - va 3 - darajali tanlash: iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo kiluvchilar orasidagi tanlash.
b) Tovar harakati muammolarini yechishni tanlash - tovarni topish, saqlash muammolari.
VI. Sotishni rag‘batlantirish strategiyasining shakllanishi quyidagi ishlarni bajarishga asoslanadi.
a) Uslublardagi biri bо‘yicha rag‘batlantirish uchun umumiy byudjetdan hisob-kitob qilish naqd vositalarni hisoblash, sotish hajmiga protsentlarda hisoblash, vazifalar va maqsadlardan raqobatchilar mahsulot sotish bо‘yicha hisob-kitoblarni bajarish.
b) Rag‘batlantirish kompleksining shakllanishi: reklama uchun xarajatlar strukturasini aniqlash, shaxsiy sotuvlar, tashviqotlar olib borish (yoki targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish).
VII. Tovar reklamasi strategiyasining shakllanishi quyidagilarni о‘z ichiga oladi.

  1. Maqsadlar kommunikatsiyasi va tovarni sotishni aniqlash.

  2. Reklama uchun byudjet hisoblari uslublari va ularni qoplash manbaalarini aniqlash.

  3. Reklama murojaati bо‘yicha qarorlarni ishlab chiqish.

  4. Reklama axboroti uchun pul vositalarini aniqlash va bu axborotlarni tarqatishni tashkil qilish.

  5. Reklama strategiyasini amalga oshirish samaradorligini baholash.

VIII. Firma о‘sishi strategiyasining shakllanishi quyidagilarni о‘z ichiga oladi.

  1. Korxona kelajakda о‘z faoliyatini davom ettirishi uchun ishlab chiqarish turlarini aniqlash.

  2. Quyidagi о‘sish darajalari variantlari orqali korxona yо‘nalishlarini aniqlash:

  • birinchi darajada korxona faoliyatida foydalanib bо‘ladigan imkoniyatlarini aniqlash (intensiv о‘sish imkoniyatlari);

  • ikkinchi darajada tarmoq marketing sistemasi boshqa elementlari bilan integratsiya imkoniyatlarini aniqlash (integratsion о‘sish imkoniyatlari);

  • uchinchi darajada tarmoq chegarasidan tashqarida bо‘ladigan imkoniyatlarni aniqlash (diversifikatsion о‘sish imkoniyatlari).




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling