3-mavzu. Ishlab chiqarishni rejalashtirish
Korxona biznes rejasi mazmuni
Download 207 Kb.
|
3-mavzu ICHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes rejada
3.4. Korxona biznes rejasi mazmuni.
Korxona biznes rejasining asosiy funksiyalari. Biznes reja korxona (firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga u: A) korxona rahbarlariga strategiya holatini aniq bilishga yordam berib samarali boshqarishga olib keladi. B) bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni qanday rejalashtirish va amalga oshirishni о‘rgatadi. V) haqiqiy faoliyatni rejalashtirilgan kо‘rsatkichlar bilan taqqoslashga ham о‘z vaqtida ularga о‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi. G) korxona faoliyati bо‘yicha kerakli axborotlarni banklarga, investorlarga va kreditorlarga taklif etadi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes reja korxonaning о‘sib borishiga, bozorga yangi mavqelarni qо‘lga kiritishga, о‘z taraqqiyotining istiqbollarini belgilashda, yangi tovarlar ishlab chikarish va yangi xizmat turlarini yaratishga mо‘ljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi. Biznes rejani menejer, tadbirkor, firma , firmalar guruhi , konsalting tashkiloti tayyorlashi mumkin. Uni tuzishda rahbarning shaxsiy ishtiroki juda zarurdir. Shuning uchun ham kо‘pgina xorijiy mamlakatlar banklari va investorlari, agar biznes rejani boshidan oxirigacha chetdan maslahatchi yollab bajarilganini va rahbar faqat qо‘l qо‘yganini bilib qolsalar bunday loyihaga mablag‘ berishdan bosh tortadilar. Bu degani biznes rejani ishlab chiqishda maslahatchilar xizmatidan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, investorlar tomonidan ekspert maslahatchilarning xizmatidan foydalanish mumkinligi qо‘llab quvvatlanadi. Shu bilan birga biznes rejani ishlab chikishda korxona rahbarining yoki tadbirkorning shaxsan о‘zi ishtirok etishi shart. Biznes rejada:A) asosiy muhim masalalar yoritilgan bо‘lishi;B) barcha materiallar ravon va tushunarli qilib bayon etilgan bо‘lishi;V) barcha makteriallar har xil toifadagi odamlarga, hatto mahsulot (xizmat)lar va bozor tо‘g‘risidagi bilimlari cheklangan kishilarga ham tushunarli bо‘lishi kerak.Biznes reja korxonaning rivojlanishini yaqin yillarda kо‘rsatuvchi hujjat hisoblanadi. Biznes reja 4 asosiy funksiyani bajaradi: Ma’lum vaqt ichida korxona faoliyati natijalarini kо‘rsatuvchi manba hisoblanadi. Biznes reja kelajakda biznesni olib borish uchun konsepsiyalar ishlab chiqishga asos bо‘ladi. Mablag‘ jamgarishga asosiy manbaa. Korxona strategiyasini amalga oshirishga vosita hisoblanadi. Download 207 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling