3-mavzu. Ishlab chiqarishni rejalashtirish


Download 207 Kb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi207 Kb.
#1622412
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu ICHM

Biznes reja bо‘limlari.
Biznes reja korxona strategik rejasini amalga oshirishda vosita hisoblansa-da, lekin bu hujjatning tuzilmasi 1 xil bо‘lishiga qaramay ularning ayrim bо‘limlarini ishlab chiqarish har xildir. Biznes reja tarkibi quyidagilardan iborat:

  1. Mundarija.

  2. Muqaddima.

  3. Korxona tavsifi.

  4. Marketing strategiyasi.

  5. Yangi mahsulot ishlab chiqarish strategiyasi.

  6. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi.

  7. Ishlab chiqarishni ta’minlash rejasi.

  8. Ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish rejasi.

  9. Ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasi.

  10. Korxona moliya rejasi.

  11. Korxonaning xalqaro faoliyati.

  12. Menejment sistemasini rivojlantirish.

  13. Biznes rejani amalga oshirishni tashkil qilish.



Biznes rejaning ahamiyati
Yaxshi tuzilgan biznes reja tadbirlar uchun vizit kartochkasi hisoblanadi. Tadbirkor investor kreditor yoki yirik izlanishda biznes reja orqali korxona ma’lumotlarini tо‘la tо‘kis namoyon qilib ular bilan aloqa bog‘lashi mumkin. Har bir korxona о‘z biznes rejasiga ega bо‘lib, uning mahsulotini bozorga chiqarishga keng yо‘l ochib beradi. Biznes reja aniq tuzilsa, korxonaning moliyalashtirish ishlariga asos hisoblanib, korxonaning obrо‘yini kо‘tarishga unga nisbatan raqobatchilarning kо‘payishiga olib keladi.
Raqobatbardoshlikni tahlil qilish va raqobatchi firmalar mavqeini baholash, kelgusi strategiyani ishlab chiqishda, ichki imkoniyatlar va xatarlarni о‘z vaqtida anglashga muhim zamin yaratadi. Tahliliy uslublarni qо‘llash asosida raqobatbardoshlik mavqelariga operativ baho berish, kelgusi tadbirlarni aniqlash imkoni vujudga keladi.
Biznes reja korxonaning ichki hujjati bо‘libgina qolmay , balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bо‘lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini kо‘rib chiqishdan oldin biznes rejani sinchiklab о‘rganib chiqqanlar bilan uchrashadilar.
Biznes rejaning ahamiyati yana shundan iboratki, biznes reja quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beradi:
A) korxona taraqqiyoti (strategiya, dastur, loyiha) yо‘nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash;
B) faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalarini, birinchi galda, sotuv kо‘lamini, sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani hisoblab kо‘rish;
V) tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan mablag‘lar manbaini, ya’ni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash;
G) mazkur rejani amalga oshira oladigan xodimlarni tanlab olish va xokazo.
Qо‘yilgan maqsadga muvofiq, о‘z ishini qanday boshlash, qay usulda ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqish mumkin, yangi ishlab chiqarishni kim tashkil etadi va qachon dastlabki daromad olinadi, tavakkalchilikni qanday kamaytirish, oyoqqa turib olish hamda raqobat kurashida yutib chiqish mumkin kabi savollarga korxona rahbari yoki tadbirkor о‘zining biznes rejasini ishlab chiqishda javob oladi.


Nazorat savollari:

  1. Rejalashtirish tamoyillarini ayting.

  2. Rejaning ijtimoiy mо‘ljalga yо‘naltirilganligi deganda nimani tushunasiz?

  3. Rejaning iqtisodiy asoslanishi nimani ifodalaydi?

  4. Tamoyillar asosida rejalar qanday tuziladi?

  5. Korxona bozor strategiyasi qanday shakllanadi?

  6. Bozorni egallash strategiyasining qanday turlarini bilasiz?

  7. Korxona о‘sish imkoniyatlari asosiy yо‘nalishlari nimadan iborat?

Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling