Mavzu: Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
Download 97.01 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 § Ijtimoiy hodisa va ularning mohiyati
- Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlashga va bartaraf etishga o’z fikrlarini bildirgan faylasuflar 2.1 §
- 2.2 § K. Marksning ijtimoiy hodisa va jarayonlarni rivojlanishiga bo’lgan munosabati Xulosa
- Mavzuning dolzarbligi
Mavzu:Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish Reja: Kirish I.Bob Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish 1.1 § Ijtimoiy hodisa va ularning mohiyati 1.2 §Jamiyat hayotini harakatga keltiruvchi jarayonlar 1.3 § Jamiyat rivojidagi qonunuyatlar va ziddiyatlar II.Bob Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlashga va bartaraf etishga o’z fikrlarini bildirgan faylasuflar 2.1 §Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilishda bildirilgan fikrlar Sharq va G’arb olimlari 2.2 § K. Marksning ijtimoiy hodisa va jarayonlarni rivojlanishiga bo’lgan munosabati Xulosa Foydalanilgan adadbiyotlar ro’yxati
Ijimoiy falsafa mustaqil fan sifatida Respublikamizda mustaqillik sharofati bilan yuzaga keldi.Mamlakatimizda bu fanning roli ortib bormoqda,bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda.Vatanimizda ijtimoiy falsafa hech qandey to’siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’zini anglash imkoniyati tuzildi. Mavzuning dolzarbligi.So’z erkinligi, vijdon erkinligi, matbuot erkinligi singari demokratik institutlarning amalqilishi, ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim sharti, bu -ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, aholining tinch- totuvligi va insonlarning samarali mehnat faoliyatidir.Darhaqiqat Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «O’zbekiston buyuk kelajak sari» asarida ta’kidlanganidek, «xavfsizlik, barqarorlik, mamlakatning sobit qadamlik bilan rivojlanishiga erishish uchun islohotlarni amalga oshirish zarurligi va ana shu asosda odamlarimizning farovonligini va jahon hamjamiyatida o’z o’rnini egallashini ta’minlash - mohiyat e’tibori bilan davlat mustaqilligi va suverenitetiga, xalq erkinligi va tengligiga erishishning asosiy mazmuni, aytish mumkinki, pirovard, abadiy maqsadidir1».Bizning fikrimizcha, jamiyat qonunlari haqida so’z ketganda shuni e’tirof etish zarurki, ular, eng, avvalo, ijtimoiy hayotning turli hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, bog’lanish va boshqa munosabatlarni aks ettiradi. Masalan, “talab” va “taklif” muvozanati qonuni bozor munosabatlarining ikki tomoni o’rtasidagi yoki ehtiyoj bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Xuddi shuningdek, jamiyatning boshqa qonunlarida ham ijtimoiy xayotning turli xodisalari o’rtasidagi munosabatlar aks etadi.Hozirgi zamon fani jamiyatda yuz berayotgan barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,xuquqiy, ma’naviy-ma’rifiy xodisa va jarayonlar muayyan qonunlar asosida vujudga kelishini va rivojlanishini hamda qat’iy qonuniyatlarga bo’ysunishini ko’rsatadi. Ularni ochib berish, inson va jamiyat manfaatlari yo’lida ulardan unumli foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish ijtimoiy fanlar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, qonun va qonuniyatlarni ochib berish voqyelikni boshqarish kalitini topish demakdir. Shu bois ham qadim zamonlardanoq olimu fozillar har bir narsa, voqyea, xodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga qiziqqandir, borliq qonunlarini o’qishga uringanlar. Avvalo men kurs mavzusini yoritishimdagi axamiyatidan kelib chiqib ijtimoiy falsafaning o’ziga xosligi va predmeti to’g’risida masalaga qisqacha to’htalib o’tsak. Aytish mumkinki bugungi kunda falsafiy adabiyotlarda masalaga nisbatan quyidagi ikki xil nuqtai nazar mavjud; Birinchi nuqtai nazarga asosan; ijtimoiy falsafa jamiyatning falsafiy potensiali (imkoniyatlari)ni aniqlash va taxlil qilishga qaratilgan fan bo’lsa.Hozirgi davrda butun jaxonda va mamlakatimiz xayotida sodir bo’layotgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarini to’g’ri tushunib olish, ularga to’g’ri munosabatni shakllantirish, ularni xozirgi zamonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqibto’g’ri baxolash, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarish va pirovard natijada ijtimoiy voqyeylikni bilish xar bir kishidan falsafa fanining soxalaridan biri bo’lgan ijtimoiy falsafa haqida chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Ma’lumki ijtimoiy borliq haqida xaqqoniy bilimga ega bo’lish uchun avvalo “ijtimoiy falsafa”tushunchasining mohiyati va mazmuniga to’xtalishga to’g’ri keladi. Bu tushuncha ba’zan “jamiyat falsafasi”,“sosial falsafa”,“inson falsafasi” shaklida xam qo’llaniladi. Ijtimoiy falsafa tushunchasi ijtimoiylik, ijtimoiy hodisa ijtimoiy jarayon tushunchalari bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning tarkibi va mazmunida muxim o’rin tutadi. Bu tushunchalar jamiyatda ro’y beradigan voqea va hodisalar jarayonlarni ifodalaydi. Download 97.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling