Mavzu: Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish
§ Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilishda bildirilgan fikrlar
Download 97.01 Kb.
|
kurs ishi
2.1 § Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish manbaini tashkil etuvchi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilishda bildirilgan fikrlar
Sharq va G’arb olimlari Tarix falsafasi yo’nalishining ildizlari ham qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Tarix fani va falsafasining asoschilari Gerodot va Fukidid, Demokrit, Platon, Aristotel va boshqa mutaffakkirlar ham jamiyat tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga intilib jamiyat tarixida, tarixiy voqyeylik bilan vaqt o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni anglashga intildilar. Bu donishmandlar jamiyatda yuz berayotgan tarixiy xodisa va jarayonlarning sabablarini asosan tabiat va kosmosga (koinot)ga bog’lab tushuntirishga intildilar. Mening fikrim agar uning “ijtimoiy qarashlariga nazar tashlar ekanman O.Kont jamiyat xayotini bir butun tizim sifatida taxlil qilar ekan uni ikki qismga birinchi ijtimoiy statistika – bu jamiyat mavjudligining nisbatan barqaror, sifatiy jixatlarini xarakterlasa, ikkinchi ijtimoiy dinamika – bu jamiyatni xarakatda, rivojlanishda bo’lgan tomonlari xarakterlab uning rivojlanishning tabiiy qonunlarini ochib beradi”. Kont jamiyatining intelektual evolyusiyasining uch muxim bosqichlari mavjudligini e’tirof etib; birinchi bosqichni u teologik bosqich bunda barcha xodisalar diniy tasavvurlar yordamida izoxlanadi, ikkinchi bosqichni – metafizik bosqich bo’lib, bunda eski e’tiqodlar tanazzulga yuz tutib uning o’rinni taniqidiylik egallaydi, uchinchi bosqich esa Kont fikricha pozitiv ya’ni ilmiy bosqich bo’lib, natijada jamiyat to’g’risidagi fan vujudga keladi. Falsafada “qonun” va “qonuniyat” kategoriyalari ikki ming yildan ortiq vaqt davomida keskin baxs-munozalarga sabab bo’lmoqda. “Qonun” tushunchasini falsafa tarixida birinchilardan bo’lib qadimgi yunon faylasufi Geraklit tabiat va jamiyat xodisalariga nisbatan qo’llagan: “kimki aqlli so’zlashni istasa, deyiladi uning asarlaridan bizgacha yetib kelgan parchalarda,-o’z fikrini hamma uchun shaxar kabi umumiy bo’lgan qonunlar bilan, xatto undan xam mustaxkamroq asoslamog’i zarur. Axir barcha insoniy qonunlar jamiki narsa-xodisa ustidan cheksiz xukmronligini o’rnatgan iloxiy qonundan kelib chiqqan”. Yana bir yunon faylasufi Demokrit esa jamiyatda yuz berayotgan barcha tarixiy jarayonlar ma’lum bir qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi, shuning uchun ham inoniyat doimo olg’a qarab rivojlana boardi, degan g’oyani ilgari suradi. Binobarin, ular tabiat va jamiyatda muayyan qonunlar xukmronlik qilishni tan olganlar, qonunlarni xarakatlantiruvchi kuch sifatida tushunganlar. Markaziy Osiyoning Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy kabi buyuk mutafakkirlari tabiat, jamiyat va insonning o’zi ham ma’lum qonun va qonuniyatlarga bo’ysunib yashashlarini e’tirof etgan holda, ularning obyektiv mazmunini bilishga harakat qilganlar. Masalan, Abu Nasr Farobiyning fikricha, aloxida individlarga xos bo’lgan xilma-xil axloqiy xislatlar, qobilyatlar, fe’l-atvorlar bo’lishiga, turli ijtimoiy guruxlar va qatlamlar o’rtasida manfaatlar ziddiyatli mavjudligiga qaramay, odamlar zarurat tufayli, o’zlarining ixtiyorli va istaklariga qat’i nazar, birgalikda yashaydilar va axamiyatni tashkil etadilar. Qisqacha aytganda mening fikrim “odamlarga turli xil xulq – atvor qobilyat xos bo’lganligi sababli birbirlaridan farq qiladilar, ularni turli xil affektlar to’lqinlantiradi. Bu holatda ular bir-birlaridan nafratlanishlari va bir-birlariga ortiqcha yuk bo’lishlari mumkin. Biroq, ko’pincha kuzatilganidek, odamlar bir-birlaridan nafratlangan taqdirda ham yolg’iz yashay olmaydilar, aro yuqorida aytilagnidek, ular xamkorlikdagi jamoaviy faoliyat tufayligina yashay oladilar. Odamlar aqlga suyanib yashashlariga xalaqit beruvchi affektlarga moyil bo’lganliklari va ayn paytda o’zaro yordamga muxtojliklaridan ular o’rtasida kelishuv zarurligi kelib chiqadi”. Ana shunday kelishuv natijasida Abu nasr Farobiy fikricha, davlat raxbari va uning vorislari o’rnatadigan qonunlar bilan mustaxkamlanuvchi muayyan tartiblar, xulq-atvor qoidalari yuzaga keladi. ““Qonun” tushunchasi yunon tilida “romos”, lotin tilida “lex”, ingliz tilida “law” so’zlari bilan ifodalanib, bir tomondan, xuquqiy normalarni bildirsa, ikkinchi tomondan, tabiat va jamiyatda insonning xoxish-irodasiga bog’liq bo’lmaganholda yuzaga keladigan zaruriy muxim munosabatlarni aks ettiradi. Bu tushunchaning turli ma’nolarda ishlatilishi bejiz emas. Dastlab hamma uchun umumiy, majburiy bo’lgan diniy ko’rsatmalar, shunday nomlangan (masalan, yaxudiylar yunon nizomi (kodeksi)ni aynan shunday – “Muso qonuni” deb atalganlar) Qadimgi Yunonistonda an’ana va urf-odatlar, keyinchalik davlat xokimyati tomonidan joriy qilingan xuquqiy normalarning qonun deb atalgan. Yuridik qonunlarga xos ko’plab jixatlarning tabiat va jamiyatda ham mavjudligi xuquqiy atama bo’lgan “qonun” so’zining tabiat va jamiyatning obyektiv xodisalarga nisbatan qo’llanilishiga asos bo’lgan23”. Mening fikrim “davlat o’rnatgan qonun jamiyatda ma’lum tartib-intizomni ta’minlashga xizmat qiladi, fuqorolik, mansabdor shaxslar, davlat va jamoat tashkilotlarini tegishli rivishda faoliyat ko’rsatishga majbur qiladi. Tabiat va jamiyatning har qanday qonunlari kabi yuridik qonunlar ham o’z tabiatiga ko’ra zaruriydir. Bu, birinchidan, yuridik qonunda ko’rsatilgan barcha shaxslarunga amal qilishlari shart ekanligi.Ikkinchidan moddiy munosabatlarning tartibga solinganligi va ma’lum ijtimoiy guruxlarning manfaatini ximoya qilish maqsadida, muayyan javobgarlik keltirib chiqarishi bilan bog’liq. Qonunning jumladan yuridik qonunlarning muxim belgilaridan biri muayyan sharoitlarda jamiyat uchun zarur bo’lgan munosabatlarni saqlab va mustaxkamlab turadigan majburlash kuchiga ega ekanligidir. Zero, majburlov kuchiga ega bo’lmagan qonun jozibali shiorga o’xshaydi. Odamlar qani edi shunday bo’lsa deydilar-u, aksini qilaveradilar”. Download 97.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling