4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


 – rasm. Vallarni to‘g‘rilash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.1 – rasm. Vallarni to‘g‘rilash 
a) parallellikka to‘g‘rilash; 1,2 – to‘g‘rilanayotgan vallar; 3,4 – 
xomutlar; 5-6 – nazorat millari; 7-tor. b) o‘qdoshlikka to‘g‘rilash; 
1,2 –to‘g‘rilanayotgan vallar, 3,4- xomutlar, 5- o‘qli tirqishning 
mikrometrik vinti, 6-radial tirqishning mikrometrik vinti. 
Agar vallar oralig‘idagi masofa katta bo‘lsa, po‘lat tor 1 dan foydalaniladi
uni val o‘qlari tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikka vallardan taxminan bir 
xil masofada tortiladi (2.1–rasm). 1 va 2 to‘g‘rilanayotgan vallarga simdan yasalgan 
5 va 6 strelkalar mahkamlangan 3 va 4 xomutlar kiydiriladi. 7 torni shunday 
o‘rnatiladiki, bunda vallardan biri aylangan chog‘ida (ko‘pincha, o‘q holatini 
o‘zgartirish qiyin bo‘lganligi) a1 va a2 masofa bir-biriga teng bo‘lsin. a1=a2 
bo‘lganda, v1 va v2 kattaliklari tengligiga erishilgan vaqtda vallar parallel bo‘ladi. 
v1 va v2 ni tenglashtirish uchun ikkinchi val o‘qini kerakli yo‘nalishda siljitiladi. 
Bunday tekshiruv val uzunligi bo‘ylab hech bo‘lmaganda ikkita joyda tekshirilish 
zarur (yaxshisi val uchlarida). 
Strelkalardan foydalanib vallarning o‘zaro perpendikulyarligini ham 
tekshirish mumkin, faqat buni maxsus burchak o‘lchagichlar yordamida qilish 
osonroq kechadi. Vallarning gorizontalligi va vertikalligini prizmatik tayanch yuzali 
satx – o‘lchagichda aniqlanadi. Vertikallikni, shuningdek shovun rejada ham 
tekshirilsa bo‘ladi. 
Montaj va ta’mirlash texnikasida ko‘pincha birgalikda (qo‘shma) ishlayotgan 
vallar o‘qdoshligini tekshiriga to‘g‘ri keladi. Vallar o‘qdoshligi, bir-biriga parallel 
bo‘lib qolayotgan val o‘qlarining radial siljishi natijasida buzilishi mumkin, yoki 
vallar bir-biri bilan kesishayotgan turli tekisliklarda joylashib qolishiga olib 
keladigan o‘qlar qiyalanishi natijasida buzilishi mumkin. 
Vallarning o‘qdoshligini to‘g‘irlash, ya’ni markazlashuvini to‘g‘irlash o‘ta 
mas’uliyatli operatsiyadir. Yomon markazlash-podshipniklar, zichlash qismlari 
(salniklar), muftalarning biriktiruchi detallarni va vallarning o‘zini ham ishdan 
chiqarishga sabab bo‘ladi. 
Markazlashuv vallarini bir vaqtning o‘zida radial siljishiga va burish joylarida 
o‘qlarning sinishiga tekshiriladi. Markazlashuv usuli vallarning o‘lchamlariga va 


konstruksiyalariga, shuningdek, ularning uchlariga o‘tkazilgan detallariga bog‘liq. 
Agar vallarning tutashtiruluvchi uchlariga, tashqi silindrik yuzalari kiygazish 
teshiklariga konsentrik ravishda ishlov berilgan detallar (masalan, yarim 
mufta,shkiflar) kiydirilgan bo‘lsa, markazlashuvining kerakli aniqligiga chizg‘ich 
yordamida erishiladi. Vallardan birining uchidagi detall yuzasiga qattiq chizg‘ich 
quyilib u bilan boshqa valda joylashgan detall yuzasi orasidagi masofa o‘lchanadi 
va periferiya bo‘ylab chizg‘ich tekisligida ushbu detallarning yon yuzalari orasidagi 
masofa o‘lchanadi. Agar vallar siljimayotgan bo‘lsa va o‘qdosh bo‘lsa, u holda 
ularning birgalikdagi aylanishi vaqtida bu masofalar istalgan holatda o‘zgarmas 
bo‘lishi kerak. 
2.1-rasmda uchlarida aniq ishlov berilgan detallari bor bo‘lmagan vallarning 
markazlashuvi uchun oddiy moslama ko‘rsatilgan. Moslama markazlovchi 
skobalardan tuzilgan bo‘lib, ular vallarning uchlarida xomutlar yordamida 
mahkamlangan. Xomutlar konstruksiyalari vallarning keng diapazondagi 
diametrlari uchun faqat bittagina skobani qo‘llash imkonini beradi. Skobalar 
mikrometrik bintlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida vallarning birgalikdagi 
aylanish vaqtida ularning radial va o‘qli siljishi kattaliklari aniqlanadi. Buning uchun 
bir necha holatlarda mikrometrik vintlar va tutashturuliuvchi skobalardagi tegishli 
tayanchlar orasidagi tirqishlar o‘lchanadi. O‘lchamlar hech bo‘lmaganda valning 
to‘rtta holatida amalga oshiriladi. (har 90 gradusdan keyin) Podshipniklarning holati 
yoki butkul mashina holati tagliklar yordamida aylanayotgan vallarning barcha 
holatlarida tirqishlar kattaligi o‘zgarmas bo‘lib, qolgunga qadar rostlanadi.
Ba’zi bir mashinalarni markazlashuvi uchun yuqori aniqlikni ta’minlaydigan 
maxsus indiqatorlardan foydalaniladi. 
Nasoslar, kompressorlar, dvigatellarni yig‘ishda yig‘ish vaqtida vallar 
tutashishi kerak bo‘lgan teshiklar (silindirlar, kameralar, podshipniklar)ning 
o‘qdoshligiga rioya qilinishi juda muhimdir. O‘qdoshlikni tekshirishning oddiy 
usullaridan biri tekshirilayotgan teshiklar bo‘ylab tor tortish usulidir. Teshiklarnin 
to‘g‘irlash tordan teshik devorigacha bo‘lgan masofani o‘lchash (shtixmass 
yordamida) bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘lchamlar har bir teshik uchun torga 
perpendikulyar bo‘lgan ikki o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishdan kam bo‘lmasligi 
kerak.
Bir-biridan uzoq masofada joylashgan teshiklarni markazlashtirish nur 
yorug‘ligi yordamida amalga oshiriladi. Barcha teshiklar diametri 1 mm dan kam 
bo‘lmagan, ushbu teshikka qat’iy konsentrik joylashgan teshiklarga ega bo‘lgan 
ekran bilan berkitiladi. Agar chetki teshiklardan birining ekrani ortidan kuchli 
yorug‘lik manbai bersak, barcha teshiklar o‘qlari bir – biriga to‘g‘ri kelgandagina, 
nur tartib bo‘yicha eng oxirgi teshikdan o‘tadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling