4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


-rasm. Yarim muftani valdan chiqarish moslamasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.6-rasm. Yarim muftani valdan chiqarish moslamasi. 
1-val; 2-yarimmufta; 3-qo‘zg‘aluvchan ajratgichlar;
4-qiskich; 5-qisuvchi vint; 6-richag. 
2.4. Tasmali uzatma detallari. 
 
Ma’lum kamchiliklari (ulkanligi, remen sirpanishi natijasida uzatish sonining 
doimiy bo‘lmasligi) ga qaramasdan remenli uzatishlar mashina yuritma 
mexanizmlari qismlarida, konstruksiyalarining soddaligi, shovqinsizligi, elastikligi, 
yuklama ortib ketishiga chidamliligiga va h. ko‘ra hali ham keng qo‘llanilmokda. 
Remenli uzatishlarning qismlarini montaj qilish usullari remenlarning oqimi 
shakliga (yassi, ponali, shnurli va doiraviy) remenli tortilishi usullariga (shkivlar 
ketdirilgan vallar bilan yoki taranglovchi rolik yordamida ) bog‘liqdir. 
Uzatish shkivlari montaj qilinganda, ularning uzlarining parallelligiga 
ahamiyat berish kerak. Shkivlar toreslari bitta tekislikda bo‘lishi kerak, buni 
chizg‘ich yoki tortilgan shnur yordamida tekshiriladi. 
Remenlarni kiydirishdan avval ularning o‘lchamlari va profillari berilgan 
uzatish konstruksiyasiga mos kelishini tekshirish zarur. Ayniqsa bu ponali, shnurli 
va aylanaremenli uzatmalar uchun ahamiyatlidir. Profilning mos kelmasligi 
remenlarni tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Uzatish ishini normal tashqil qilish 
uchun remen tortilishini to‘g‘ri tanlash kerak. Kuchsiz taranglikda tortilgandla 
remenlar sirpanib, yemirilib ketadi, uzatish esa stabil bo‘lmay qoladi; kuchli 
taranglikda tortilganda val va podshipniklarda yuklama kattalashib ketadi.
To‘g‘ri ekspluatatsiya qilinganda shkivlar uzoq muddat xizmat qiladi. 
Ko‘pincha, gupchaklarning tuginlarning, spitsalarning, yuklamalarning ortib ketishi 
va noto‘g‘ri montaj qilish natijasida sinib ketish hollari yuz beradi. Ularni 
bandajlarni o‘rnatish yoki payvandlash yo‘llari bilan ta’mirlanadi. Gubchaklarda 
shponkali ariqchalar ishlab chiqish hollari ko‘p uchraydi. Ishlab chiqilgan 


ariqchalarni payvandlab tashlanadi va xuddi o‘sha joyda yoki boshqa joyda yangi 
ariqcha yo‘niladi. Juda emirilgan yoki yirtilgan remenlar almashtiriladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling