4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


 Birlashtiruvchi muftalar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.3. Birlashtiruvchi muftalar. 
Qattiq, elastik va siljuvchi birlashtiruvchi muftalarning turli konstruksiyalari 
qo‘llaniladi. 
Qattiq muftalarni montaj (ko‘ndalang va bo‘ylama o‘ralgan)- qattiq 
birlashtiruvchi vallarni diqqat bilan markazlashtirishni talab etadi. Ko‘ndalang 
o‘rama muftalarni siljitib, ajratilgan vallarda o‘rnatiladi. Shuning uchun vallar, 
ularning uchlariga kiydirib bo‘lingan yarim muftalar orqali markazlashadi. 
Bo‘ylama o‘ralgan muftalarni faqat vallarni avvaldan markazlashtirilgandan 


keyingina o‘rnatish mumkin. Yarim muftalarni toza mahkamlovchi boltlar bilan 
birlashtiriladi, ular mahkam tortib bog‘langan va o‘z–o‘zidan yechilib ketishdan 
himoyalangan bo‘lishi kerak. Boltlarning kallaklari tor uyalarga joylashtiriladi, 
shuning uchun gaykalar mahkamlanayotganda, u aylanib ketmaydi. Birinchi 
navbatda diagonal bo‘yicha eng chetki boltlarning gaykalari tortib bog‘lanadi. 
Elastik muftalar ham yaxshi markazlashuvini talab etadi, faqat val 
o‘qlarining sezilarsiz darajada siljishini ish vaqtida oson kompensatsiyalash 
mumkin. 
Elastik va bo‘ylama o‘ralgan qattiq muftalar yarim muftalari valga tarang yoki 
kuchlanishli o‘tkazilish orqali mis kuvalda yoki press yordamida qoqib 
mahkamlanadi; avvaldan pazga shponkani yonbosh tirqishlar qoldirmasdan 
moslashtiriladi va qo‘yiladi. Valdagi va yarim muftadagi eskirgan shponkali 
ariqchalarni tegishli ravishda katta o‘lchamga randalanadi va frezerlanadi. Kiydirish 
(o‘tirgizish) jarayonini yengillashtirish uchun yarim muftalar 100-150
o
S gacha 
qizdiriladi. Kiydiriladigan yuzalarni iflosliklardan, g‘adir-budirlardan, chuqurlardan 
tozalanadi. 
Elastik yarim muftalarni yog‘och (daraxtning qattiq navlaridan yasalgan) yoki 
metall barmoqlar bilan birlashtiriladi. Yog‘och barmoqlarni uyalardan tushib 
ketmasligi uchun to‘xtatgich simli purjinalashgan xalqalar bilan muxofazalanadi, 
ularni yarim muftalarning xalqali yo‘nilgan ariqchasiga qo‘yilgandir. Metall 
barmoqlar odatda konussimon quyruqqa ega bo‘lib, u barmoqni kirgiziladigan 
teshikka nisbatan mustahkam markazlashtiradi. Bunday barmoqning silindrik 
qismini boshqa muftaning teshigi bilan rezinali vtulka yoki rezina yoki teridan 
(charmdan) ishlangan xalqa yordamida tutashtiriladi. Tutashuvlar zichlangan 
bo‘lishi kerak, lekin tarang bo‘lmasligi kerak va amortizatsiyalanayotgan 
vtulkalarning ortiqcha deformatsiyasiga olib kelmasligi kerak. Barmoqlar 
gaykalarini shplintlash yoki prujinalangan shaybaga mahkamlash zarur. Prujinali 
muftalar valga xuddi elastik muftalarga o‘xshab kiydiriladi, lekin ularni 
markazlashtirishda 1 gacha o‘qdoshlashmasligi chegaralaridagi aniqlik bilan 
chegaralanadi.
Yarim mufta juftlari o‘zaro shunday buriladiki bunda ularning pazlari prujina 
taxlashi uchun to‘g‘ri kelishi kerak. Ayniqsa, burilish joylarida prujina pazlarda 
qisilib qolmasligi kerak. Prujina taxlangandan so‘ng, muftani himoyalovchi g‘ilof 
bilan yopib qo‘yiladi. 
Tishli muftalarni montaj qilish vaqtida hamma detallar yaxshilab yuvilib, 
quritilib va yarim muftalar o‘rnatib bo‘lgandan so‘ng, ilashish bo‘shlig‘ini 
moylovchi moylar bilan instruksiyaga ko‘ra to‘ldiriladi. Moylovchi sifatida asosan 
visnozik yoki nigrol qo‘llaniladi. Yarim muftalarni birlashtirilayotgan vallar 
uchlariga zichlab kiydirib o‘rnatiladi. Yarim muftalar tarmoqlari orasidagi 
ajratgichda zichlanish qistirmalar orqali ta’minlanadi, vtulkalar oralig‘ida va ularga 
tegishli yarim muftalar oralig‘ida esa – trapesiya ko‘rinishidagi xalqali pazda 
taxlanadigan voylok, yupqa namat yoki rezina xalqalar bilan zichlanadi. 
Qo‘zg‘aluvchi muftalarni montaj qilish texnologiyasi konstruktiv xususiyatlardan va 
ularga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablarga qarab aniqlanadi. Muftalarni qaysidir 
detal ishdan chiqqan, yemirilgan vaqtida ta’mirlanadi, ammo ko‘pincha ularni 


mashinani ta’mirlash zarur bo‘lib qolganda demontaj qilinadi. Yarim muftalarni 
valdan vintlangan panjali ajratgichlar (2.6-rasm) yordamida olinadi. Vint 
ajratgichning chorbarmog‘ida aylanishi vaqtida tores bilan toresiga tiraladi va 
chorbarmoqni siljitadi. Bunda chorbarmoq bilan birlashgan panjalar yarim muftali 
valdan yuqori yuzasidan tortib chiqaradi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling