4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

Ta’mirlash. Vallarning asosiy nuqsonlari mahalliy va umumiy egilish
buralish, sinish, sapfalarning uzilishi, rezba o‘ramlarining uzilishi yoki cho‘zilishi 
va hokazo. Vallarni ta’mirlash texnologiyasi va usullari har bir konkret holat uchun 
defektning harakteriga, o‘lchamiga, shuningdek ta’mirlash bazasining texnik 
jihozlanganligiga bog‘liqdir. 
Vallarning egilishi, buralishi va sinishi odatda yuklamaning ortib ketishi 
natijasida (uskuna ish rejimining buzilishidan kelib chiqadigan) yoki qadalish 


keltirib chiqaradigan podshipniklar yoki boshqa detallarning ishdan chiqishi 
natijasida ro‘y beradi. Valning egilishiga, shuningdek, uskunaning uzoq muddat 
vibratsiya ostida ishlashi ham sabab bo‘ladi. Val egilishi va uning asosiy 
o‘lchamlaridan chetlashishi chegaralari har bir uskuna uchun tegishli instruksiya 
bo‘yicha belgilanadi. Asosan vallar yuqori darajada yuklama beriladigan 
uchastkalarida bir diametrdan ikkinchi diametrga o‘tish joylarida sinadilar.
Sapfa va ishchi bo‘yinlar yuzalarining yemirilishi juftlarning (val-podshipnik, 
val-zichlama va h.) ishqalanish sharoitlarida aniqlanadi. Yemirilish bir tekisda yoki 
notekis bo‘lishi mumkin. Shponkali ariqchalarning ishlab chiqilishi va rezba 
o‘ramlarining uzilishi, montajni noto‘g‘ri tashqil qilinishidan, birikmalarning o‘ta 
yuklanganligidan, shuningdek vibratsiyadan va boshqa dinamik yuklamalardan 
kelib chiqadi. 
Valning egilishi, ekspluatatsiya jarayonida, uning urishi, tebranishi bo‘yicha 
topiladi. Bunday vallarning ishlashida, u bilan tutashgan detallar buziladi, birinchi 
navbatda podshipniklar, shuning uchun uni almashtirish yoki ta’mirlash zarur. 
Ta’mirlashdan avval valni markazda urishiga yoki prizmalarda urishiga ko‘proq 
egiklikni ko‘rsatib beruvchi indiqator yordamida tekshiriladi. Egiklikni kichik 
aniqlikda uzun qattiq chizg‘ich yordamida aniqlash mumkin, shuningdek, tokorlik 
stanoklari markazlarida shtixmass yordamida aniqlanadi. 
Egilgan vallar sovuq holatda yoki qizdirish vaqtida mexanik ravishda 
to‘g‘irlanadi. Birinchi usul oddiy va yetarli darajada aniqlik imkonini beradi, faqat 
valning ba’zi bir uchastkalarida o‘ta kuchlanish yuzaga keladi, buning natijasida 
uning toliqish mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. To‘g‘irlash domkrat yoki 
press yordamida amalga oshiriladi. 
Koles valning sezilarsiz egilishi (0,05% uzunlikkacha) ni naklen usuli orqali 
to‘g‘irlanadi. Tirsakli valning yuzasini har ikki tomonidan zararlangan bo‘yindan 
boshlab dumaloq kallakli kul bolg‘achasi yoki yengil pnevmatik bolg‘achaga 
kiydirilgan zarb uruvchi chekanka bilan puxtalnadi. Naklen natijasida payraxalar 
birmuncha qiyshayadi, val o‘qi esa to‘g‘irlanadi.
Diametri katta bo‘lgan vallar (100 mm dan ortiq) joyida gorelka alangasida 
200-600 S da qizdirish yo‘li bilan to‘g‘irlanadi. Val diametri va egilish kattaligi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, qizdirish temperaturasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Vallardagi yoriqlar payvandlab yamaladi. Buning uchun yoriq egallab olgan 
uchastkalarga butkul chuqurligi bo‘ylab payvandlashga ishlov beriladi. (raxlari 
olinadi, payvandlanadigan yuza tozalanadi). Metall choki va chok oldi zonalarini 
toblashni oldini olish maqsadida, yoriqlarni payvandlashni mumkin qadar tez 
o‘tkazish kerak, aks holda chok mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin.
Singan vallarni yana payvandlash orqali ham qayta tiklash mumkin (elektr 
yoyli payvandlash afzalroq).
Bo‘laklarning uchlarini ulashga tayyorlangandan so‘ng singan val qismlarini 
cho‘yan prizmalarga yoki maxsus konduktorlarga valning dastlabki uzunligini 
saqlagan holda joylashtirilib, mahkamlanadi va chok payvandlanadi.
Payvandlash uchastkasidagi qayta tiklangan valning mustahkamligi, odatda 
butun val mustahkamligining 60% idan ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun 


ma’suliyatni, ko‘p yuklamali mashinalarning singan vallari qayta tiklanmaydi, 
ularni yangilari bilan almashtiriladi. 
Ba’zi hollarda singan yoki ba’zi joylari ko‘p yedirilgan vallarni payvand 
yordamida va mexanik birikmalar yordamida ulanadi.
Mexanik yemirilish kattalikni universal va maxsus o‘lchov asboblari va 
shablonlar yordamida aniqlanadi. Vallarning yemirilgan yuzalarini yemirilish 
kattaligiga va ish sharoitiga qarab quyidagi asosiy usullar bilan ta’mirlanadi: 
metallarning yemirilgan qatlami suyultirib qoplash, metallash yoki metallash yoki 
gal’vanik qoplamalar yordamida qayta tiklanadi; vtulkaga kiydirma qo‘yish yoki 
yangi elementlar ulash bilan; 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling