Tokarlik-vintqirqish stanoklari har XIL yuzlarga va rezbalarga ishlov berish
Download 94.5 Kb.
|
Tokarlik-vintqirqish stanoklari har xil yuzlarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOKARLIK-VINT QIRQISH STANOKLARI
Tokarlik-vintqirqish stanoklari har xil yuzlarga va rezbalarga ishlov berish R E J A : Tokarlik-vintqirqish stanoklari Tokarlik guruhlariga kiruvchi stanoklar va ularda bajariladigan ishlar. Tokarlik stanoklarini ishlatilishi. 1K62 modelli tokarlik stanokining asosiy qismlari va uning kinematik sxemasi. Ishlov beriladigan detalni, kesuvchi asbobni stanokga о‘rnatish va mahkamlash. Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, ular stanoklarning birinchi guruhiga kiradi. Va о‘z novbatida tо‘qqizta turga bо‘linadi: (Avtomatlar va yarim avtomatlar). 1.Bir shpindelli. 2. Kо‘p shpindelli. 3. Revolverli.4.Parmalash-qirqib tushirish stanoklari.5. Karuselli stanoklar.6. Tokarlik va loboviy stanoklar. 7. Kо‘p keskichli stanoklar. 8. Ixtisoslashtirilgan stanoklar. 9. Xar-xil stanoklar. TOKARLIK-VINT QIRQISH STANOKLARI Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan. Bu stanoklarda sirtqi silindrik, konusaviy va shakldor yuzalar yо‘nish; silindrik va konusaviy teshiklarni yо‘nib kengaytirish; torets yuzalarni yо‘nish; sirtqi va ichki rezbalar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlar bajarish mumkin. Tokarlik-vintqirqish stanoklarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagotovkaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va stanok markazlari orasidagi eng katta masofadir, markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detalning maksimal uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarining bu asosiy parametrlaridan tashqari, ularning GOST larda belgilangan muhim о‘lchamlari ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan bо‘lgan eng katta diametri, shpindelining maksimal aylanish chastotasi, shpindel teshigidan о‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazdaing о‘lchami, keskichning maksimal balandligidir. Sanoatimiz 160—1250 mm li zagotovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig‘i 12500 mm bо‘lgan tokarlik-vintqirqish stanoklari ishlab chiqaradi. Seriyalab tokarlik stanoklar ishlab chiqarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi „Krasniy proletariy" zavodida boshlandi. О‘sha vaqt uchun progressiv bо‘lgan tokarlik-vintqirqish stanogi tezliklar qutisi shesternyalardan tuzilgan, 1932 yilda ishlab chiqarilgan DIP-200 tokarlik vint qirqish stanogi edi. Bu model shundan keyin bir necha marta modernizatsiyalashtirildi (takomillashtirildi), natijada 1D62M, 1A62 va boshqa stanoklar yaratildi. 1954 yildan boshlab shu zavodda normal va yuqori aniqlikdagi 1K62 stanogi seriyalab ishlab chiqirila boshladi. Bu stanok asosida har xil turdagi ixtisoslashtirilgan stanoklar yaratildi.Vatanimiz va chet el stanoksozligida tokarlik stanoklari kopirovkalash qurilmalari bilan jihozlanadi. Bu hol shakldor maxsus keskichlar va kombinatsiyalashtirilgan yо‘nib kengaytish asboblari ishlatmay turib, shakldor murakkab konturlar ishlashga imkon beradi va stanoklarni rostlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Ikki-uch kopirovkalash supportlari bor tokarlik kopirovkalash stanoklari mavjudki, ularda sirtqi, ichki va torsaviy yuzalarga ishlov berish mumkin.Tokarlik-vintqirqish stanoklari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish, surishlar tezliklari diapazo-nini oshirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash yо‘lida rivojlantirilmoqda. Tokarlik-vintqirqish stanoklarida zagotovkaning aylanishi bosh harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha harakatlar yordamchi harakatlar jumlasiga kiradi. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling