Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Тa’mirlash va qayta tiklashda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Тa’mirlash va qayta tiklashda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
Тayyorlov ishlari. Binoning ayrim konstruktiv elementlarini ta’mirlash 
va qayta tiklash bo‘yicha ishlarni boshlashdan oldin tayyorlov ishlari 
bajariladi. Тayyorlov ishlarining tarkibi quyidagicha: binoni elektr, sanitar-
texnika va gazlashtirish tarmoqlaridan uzib qo‘yish; binoning muxandislik 
jixozlarini, ichki quvur yo‘llarini va shikastlangan elementlarini demontaj 
qilish. Juda murakkab holatalarda tomlarni, pardevorlarni, pollarni, 
yog‘och orayopmalarni, zina elementlarini buzib tashlash (bunda faqat 
devorlar va poydevorlar qoldiriladi), qurilish ob’ektini chiqindilaridan 
tozalash, binoning yuk ko‘taruvchi konstruktiv elementlarga ulardan 
yuqoriroqda joylashgan konstruktiv elementlardan tushayotgan yukni olib 
tashlash. Masalan, faqat devorlar va poydevorlar qoldirilgan taqdirda 
poydevorlarga tushayotgan yukni devorlarning tashqi va ichki perimetri 
bo‘yichao‘rnatiladigan yuksizlovchi to‘sinlar (po‘lat shvellerlardan 
tayyorlanadigan) yordamida olib tashlanadi. Buning uchun devorlarda 
poydevorning qirrasi sathida ariqchalar va ma’lum masofa oralig‘ida 
teshiklar hosil qilinadi. So‘ngra esa ariqchalarga po‘lat shveller o‘rnatiladi. 
Ichki va tashqi yuksizlovchi to‘sinlarning birgalikdagi ishlashini 
ankerlovchi boltli birikmalar hosil qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. 
Poydevorlarni ta’mirlash va qayta tiklash 
 
A) Yoriqlarni in’eksiyalash. 
Yoriqlarni in’eksiyalashda jarayonlar tarkibi quyidagicha: tayyorlov 
ishlari, in’eksiyalovchi tarkibni tayyorlash, yoriqlarni in’eksiyalash. 
Тayyorlov ishlari tarkibiga quyidagi ishlar kiradi: binoning tashqi va 
ichki tomonidan gruntni poydevorning ostigacha qazish. Bunda gruntni 
binoning tashqarisidan qazish mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi 
mumkin, ichkarisidan qaziganda esa − faqat qo‘l kuchi bilan dastak 
64


usulida. Gruntni qazish ishlari yakunlangandan so‘ng poydevor sirtini 
yaxshilab tozalash, yoriqlarni tozalash va ularni suv bilan yuvish ishlari 
amalga oshiriladi. So‘ngra yoriqlarda «shaxmat tartibida» parmalab 
teshiklar hosil qilinadi va ularga in’eksiyalovchi po‘lat naychalar 
o‘rnatiladi.
Yoriqlarni in’eksiyalash uchun ishlatiladigan sement qorishmasi ob’ekt 
sharoitlarida tayyorlanadi. Тayyorlangan sement qorishmasi maxsus 
mexanizm − qorishma-nasos yordamida rezina shlanglar bo‘yicha 
poydevorlarni ta’mirlash joyiga uzatiladi va po‘lat naychalar orqali 
in’eksiya qilinadi. Yoriqlarni in’eksiyalash poydevorlarning ichkari va 
tashqari tomonlaridan amalga oshiriladi. In’eksiya qilish jarayoni 
yakunlangandan so‘ng poydevorlarni yon tomonlama gidroizolyatsiyalash 
ishlari bajariladi. Gidroizolyatsiyalash ishlari bajarilgandan so‘ng esa grunt 
bilan qayta ko‘mish va gruntni qavatma-qavat zichlash ishlari bajariladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling