Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari 
1. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarning qurilish-konstruktiv yechimi 
qanday? 
2. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo qilishda qurilish maydoni 
qanday tashkil qilinadi? 
3. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo qilishda ishlarning 
bajarilishi va mehnat qanday tashkil qilinadi ? 
4. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarning yer usti qismini montaj 
qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi.
 
14. Binolarni qayta qurish, ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yichaasosiy 
qoidalar va tushunchalar. Binolarni qayta qurish, ta’mirlash va qayta 
tiklashni loyihalashtirish. Ishlarni tashkil qilish
va bajarish loyihalarini ishlab chiqish 
 
Binolar va inshootlardan foydalanish jarayonida ular ma’naviy va 
jismoniy eskirishga uchraydilar. Binoning ma’naviy eskirishida uning 
rejalashtirish yechimilari, muhandislik va texnologik asbob-uskunalari, 
sanitar-texnik jihozlari va boshqa xususiyatlari zamonaviy talablarga javob 
bermay qoladi. Jismoniy eskirishda esa binoga ko‘rsatilayotgan 
foydalanishga oid ta’sirlar natijasida uning konstruktiv elementlari 
o‘zlarining dastlabki yuk ko‘tarish qobiliyatiga mos keluvchi ko‘rsatkich 
larini yo‘qotadilar, ularda vazifasini normal bajarishga yo‘l qo‘ymaydigan 
noqulay sharoitlarni yaratuvchi yoki insonlarning hayoti va faoliyati uchun 
xavfli bo‘lgan nuqsonlar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun binolarning ta’mirlanishi va qayta tiklanishi zaruriyatini 
keltirib chiqaruvchi asosiy omillar va sabablar – ularning ma’naviy va 
jismoniy eskirishi hisoblanadi. Ma’naviy eskirish sabablariga asosan vaqt 
o‘tishi bilan zamonaviy talablarning o‘zgarishi kirsa, jismoniy eskirish 
sabablari qatoriga asosan binolardan noto‘g‘ri foydalanish, tabiiy ofatlar 
59


(zilzilalar, suv toshqinlari), favqulodda hodisalar (yong‘inlar, portlashlar) 
kiradi. 
Insonlarning hayoti va faoliyati davomida zamonaviy talablarni 
qondirish maqsadida uy-joy va sanoat ishlab chiqarishi uchun qurilgan 
binolarning ma’naviy eskirishini bartaraf qilish zaruriyati tug‘iladi. Bu 
zaruriyatni bartaraf qilish uchun esa binolarning qayta qurilishi va texnik 
qayta qurollantirilishi amalga oshiriladi. Тexnik qayta qurollantirilish − 
binolarni rejalashtirish va konstruktiv yechimlarini o‘zgartirish, eskirgan 
muhandislik va ishlab chiqarish uskunalarini almashtirish, insonlarning 
yashashi va ishlab chiqarish faoliyati uchun yuqori komfortli sharoitlar 
yaratilishini taqozo qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida jamiyatning tobora o‘sib boruvchi 
ehtiyojlarini qondirish uchun doimo yangidan-yangi tovarlarni ishlab 
chiqarishga zaruriyat paydo bo‘ladi. Bu esa yangi sanoat binolarni qurish 
bilan birga avvaldan mavjud bo‘lgan binolarni ham yangi maxsulot ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yishga moslashtirish, ya’ni ularni qaytadan 
profillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Bundan kelib chiqib, binoning yangi 
maxsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan profilini 
o‘zgartirishga – binoni qaytadan profillashtirish deb ataladi. Masalan, ilgari 
temirbeton konsruksiyalar ishlab chiqargan zavodning bosh ishlab 
chiqarish korpusida sopol plitkalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
maqsadga muvofiq deb topilgan bo‘lsin. Unda bu binoda qayta 
profillashtirish ishlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Demak, ma’naviy 
va jismoniy eskirgan binolarda eskirishning salbiy oqibatlarini bartaraf 
qilish uchun albatta ta’mirlash, qayta qurish va qayta tiklash bo‘yicha 
tegishli ishlar bajarilishi lozim. Bu ishlarni bajarish uchun esa avvalam bor 
belgilangan tartibda qurilishga oid va maxsus loyihalashtirishni amalga 
oshirish talab qilinadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling