Mavzu: Orayopmalarda uchraydigan shikastlanishlarni aniqlash va ishlash qobiliyatini qayta tiklash usullari
Download 1.38 Mb.
|
Mustaqil ish Bino va inshootlarning texnik xolatini baxolash Egamberdiyev
Toshkent arxitektura va qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti “bino va inshootlarning texnik xolatini baxolash” fanidan mustaqil ishGurux: 13-19Bajardi: Egamberdiyev HikmatilloQabul qildi: Yusopov AzamMavzu: Orayopmalarda uchraydigan shikastlanishlarni aniqlash va ishlash qobiliyatini qayta tiklash usullari Reja: 1.Orayopmalar xaqida malumot. 2. Orayopmalarda shikastlanishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi omillar. 3. Orayopmalarda uchraydigan shikastlanishlarni bartaraf etish usullariQavatlararo yopmalar — binoning ichki bo'shlig'ini qavatlarga bo'ladi va ustunlarga maxsus mahkamlangan rigel yoki «progon xari» deyiluvchi to'sinlarga yotqiziladi, ayrim hollarda esa to'g'ridan-to'g'ri ustunga mahkamlanadi. Qavatlararo yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko'tarish bilan birga devorlarni o'zaro bog'laydi, ulaming ustivorligini ta’minlaydi va butun binoning fazoviy bikrligini oshiradi. Oraliq yopmalar binoda joylashgan o’riga qarab quyidagicha bo'ladi: — qavatlararo yopmalar (binoni qavatlarga ajratadi); — yerto'la usti orayopmasi (birinchi qavatni erto'ladan ajratib turadi); — chordoq yopmasi (tepa qavatni chordoqdan ajratadi).Shikaslanish va avariya holatlariga sabab bo’luvchi omillar -Qurilish joyining sharoitlari bino va inshootlarning, ularning konstruktiv elementlarining foydalanish davridagi asosiy ko’rsatkichlariga hal etuvchi ta’sir ko’rsatadi, yuzaga keluvchi shikastlanishlar, buzilishlar, yoriqlar va deformatsiyalarning xarakterini belgilaydi va miqyosiga ta’sir ko’rsatadi. SHu sababli, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishda, kuchaytirish usullarini ishlab chiqishda ushbu holat aniq hisobga olinishi talab etiladi. -Zilzilalar oqibatida bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalari turli darajadagi shikastlanishlarga uchraydi, ularda yoriqlar hosil bo’ladi, deformatsiyalarining ortishi kuzatiladi. -Foydalanish davrida ham quruq issiq iqlim binolarning konstruktiv elementlariga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatadi ushbu holat tekshirishlarda yaqqol namoyon bo’ladi. -Qurilish amaliyotining ko’rsatishicha, quyma temirbetondan tiklanuvchi konstruktsiyalarda betonlashtirish ishlari tugallangandan keyingi dastlabki 3-7 kun davomida zaruriy parvarishlar ishlari olib borilmasligi oqibatida betonda kirishish yoriqlarining hosil bo’lishi, mustahkamlikning keskin pasayishi yuz beradi, natijada konstruktsiyalarning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi, ularning sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi. -Bino devori konturi bo'yicha qilingan quyma temir-beton orayopma o'rnatilgan boisa, uning tekisligida zilzilaga qarshi kamarlar qo'yilmasa ham bo'ladi.Orayopmalarda uchraydigan shikastlanishlarni oldini olish usullari. Havfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, talofatlari va shikastlanishlari borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Hozirda mavjud usullar yordamida bino va inshootlarning ekspluatatsiyasini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor. Quyida konstruktiv elementlarni kuchaytirishning keng tarqalgan usul va yo’llari keltirilgan. Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishda quyidagi usullar keng tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun – temirbeton gardish (xalqa) tiklash yo’li bilan; torkret betonlash usuli – devorlar va b. Konstruktsiyalar uchun; konstruktsiya kesimini oshirish yo’li bilan; metall tortqilar va qoplamalar vositasida; qo’shimcha armatura sinchlari va to’rlarini o’rnatish va betonlash orqali. Tosh – g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil qilish, yangi g’ishtin qoplama tiklash, temirbeton qoplama yordamida kuchaytirish, po’lat gardishlar, kamarlar va tortqilar vositasida kuchaytirish kabi usullar keng qo’llaniladi.Nuqsonli konstruktsiyalarni kuchaytirishda qo’llaniluvchi materiallarga oshirilgan talablar qo’yiladi, ular QMQ va standartlarda belgilangan ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur. Konstruktsiyalarni kuchaytirish ishlari texnik tekshirish ishlari natijasida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanomalar, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni bajarish tartiblari, sxemalari va yechimlari asosida bajarilishi kerak. Tugallangan ishlar me’yorlarda belgilangan tartibda qabul qilinadi va ularga maxsus dalolatnoma rasmiylashtiriladi.Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling