Gql xontaxta listlari yordamida devor yuzasiga ikki XIL usulda ishlov berish mumkin, bular sinchsiz qoplama usuli va sinch tortib gql qoplama listlarini burama mixlar vosutasida sinchlarga biriktirish usullsri


Download 243 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi243 Kb.
#1060959
  1   2   3   4   5
Bog'liq
knauf


1. GQL xontaxta listlari yordamida devor yuzasiga ikki xil usulda ishlov berish mumkin, bular sinchsiz qoplama usuli va sinch tortib GQL qoplama listlarini burama mixlar vosutasida sinchlarga biriktirish usullsri. Qaysi usulda devorga ishlov berish masalasi, ishlov berilayotgan xonaning balandligiga, ya’ni poldan shiftiaca bo’lgan masofaga, devor yuzasining sifatiga shuningdek devor va qoplama qatlami orasida xona ta’minotiga doir kommunikatsiya quvurlari yoki kabellari o’tish o’tmasligiga bog’liq bo’ladi.
Sinchsiz qoplama usuli ichki xonalar balandligi 3.0 m gacha binolarda qollaniladi. Pardozlanish rejalashtirilayotgan yuzaning notekislik darajasiga asoslanib devorlarni GQL yopdamida qoplamali pardozlashning uch varianti tavsiya etiladi.
Variant “A” - agar pardozlanishi rejalashtirilayotgan yuza tekis va soz bo’lib, devor beton panellardan yoki monolit-yaxlit quyma beton qorishmasidan ishlangan bo’lsa;
Variant “B” – agar pardozlanishi rejalashtirilayotgan yuza noaxlik darajasi 50 mm gacha bolib pishiq g’ishtdan, kichik o’lchamli devorbop bloklardan, ko’pikbeton yoki gazobeton materiallardan ishlangan bo’lsa;
Variant “C” – agar devor yuzasidagi notekislik 50mm dan yuqori bo’lsa, masalan devor guvalak yoki xarsangtoshlardan ishlangan bo’lsa.
Sinchsiz usulda devorlar GQL qoplama listlari yordamida pardozlanganda ishni bajarish texnologik ketma-ketligi quyidagicha bajariladi:
Pardozlanuvchi yuzani tayyorlash. Yuza chang-to’zon-qoldiqlardan, yog’li dog’lardan tozalanib, yuzaning gigroskopik (suv shimuvchanlik) xususiyatiga ko’ra gruntovka (yelim bo’yoq) qatlami bilan ishlanadi, yani syuqlikni tez shimib oluvchi devor yuzalari “KNAUF-Grundiritel yoki “KNAUF-Tifengrund” yelim bo’yoq tarkibi bilan, zichligi yuqori va silliq yuzalar KNAUF-Betokontakt” yelim bo’yog’i bilan ishlov beriladi. Bu tadbir pardozlanayotgan yuzaga qoplanayotgan qoplama list va devor o’rtasidagi kontakt-adgeziyasini mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Devor yuzasi yelimbo’yoq tarkibi bilan ishlangandan so’ng quritilishi talab etiladi. Odatda yelim bo’yoq qatlami bir necha soat ichida to’liq qurib tayyor bo’ladi. Yuzalarga yelim bo’yoqning 1:3 nisbatdagi suvli eritmasi surkaladi va shu nisbatdagi sarflanish miqdori:
GRUNDIRMITTEL yelim bo’yog’i uchun 0.1 kg/m2 ;
TIFENGRUND yelim bo’yog’i uchun 0.7…0.12 g/m2 ;
BETOKONTAKT yelim bo’yog’i uchun 0.35 kg/m2 .
Qoplama listlarni yig’ib-o’rnatishga tayyorlash. Bunda yuza o’lchamiga, eshik-rom o’rinlari, ravoqlar o’lchamiga moslab listlar qirqiladi. Ularda elektr jihozlar (rozetka va o’chirib-yoqish kaliti) o’rni maxsus aylanma keskich (frezalar)da o’yiladi.
Yigish ishlarini amalga oshirish jarayoni. Yigish ishlarining boshlanishida GKL dan 10…20 mm li tasmasimon qirqib olinib devor bo’ylab qo’yib chiqiladi. Bu qirqimlarga moslab keyingi listlarning gorizontal yoki vertikal tekis-taxligi solishtiriladi. Sundan so’ng listlar yuza tomoni bilan taglik ustiga yotqiziladi. Tagliklar barcha holatda zarur bo’lib listlarning yuza qismini jarohat va ifloslanishdan saqlaydi.
“A” variantli qoplamada (tekis va silliq yuzalar uchun) qoplama listning orqa betiga, list perimetri va o’rta chizig’i bo’ylab “FUGEN” yelimi taroqsimon tishli kurakchada surkaladi. Agar qoplama o’rnatilayotgan yuzaga yana biror element osilishi rejalashtirilayotgan bo’lsa shu yuzaga qoplanuvchi qoplama list (GQL) orqa betiga yelim qorishmasi to’liq surkaladi. Agar qoplama listning qalinligi 12.5 mm bo’lsa unung orqa betiga 1 qator agar qalinligi 9.5 mm bo’lsa ikki qator yelim qorismasi surkaladi. Yelim surkalgan list ko’tarilib devorga tirkaladi va yuza qismidan pravilo-gazchop yordamida devorga siqib taxlanadi.
“A”variantda pardozlanganda sarflanuvchi jihozlar: 10-jadval
GQL 12.5 mm (GOST 6266-97) m2 1.0
Yelim-shpaklevka “Fugen”, kg 0.8
Yelim-shpeklevka Uniflot” kg 0.1
Armaturalash tasma serpyankazi, m 0.75
Perforasyalangan burchak profili, p.m talab qilinganicha
GLl o’rniga GQLB ishlatilish ham mumkin GOST 6266-97, 12.5 mm m2 1.0
“B” variantda qoplamada (yuza notekisligi 20 mm gacha) – qoplama orqa betiga list pertimetri bo’ylab va markaziy o’rta chizig’i bo’ylab kurakcha yordamida “KNAUF-Perilfix” yelim-shpaklevka qorishmasidan qo’yib chiqiladi. Yelim to’shamlari orasidagi masofa perimeter bo’ylab 25…30 sm oraliqda, markaziy o’rta chiziqda 30…40 sm oraliqda yotqiziladi. List devor yuzasiga tirkalib pravilo yordamida, yengil to’qqillatish bilan taxlanadi,
“C” variantda (yuza sirtidagi notaxlik 20 mm dan yuqori) devor perimetri bo’ylab pol yuza sathida va shift yuza sathida 100 mm o’lchamli GQL tasmasi yelimlab chiqiladi yelim sifatida “Perilfix” qorishmasidan foydalaniladi. Suningdek devor bo’ylab vertikal tasma list bo’laklari vertikal yo’nalishda butun devor yuzasiga yelimlanadi. Bunda o’rnailgan list tasma bo’laklari mayoqcha vazifasini bajaradi. So’ngra xontaxta list rqa betiga “FUGEN” elim-shpaklevka qorishmasi taroqsimon shpatel yordamida surkaladi, keyin list ko’tarilib yuzaga yelimlanadi.


2.
Gipsoqatron qoplama list O’rnatish vaqtida tik Qoplama listlarni tashish
moslamasi o’rnatish tutib turish moslamsi


Osma shift uchun Metrostat-300 Rangli ip shayton


kotarish qurilmasi tekislash va o’lchas asbobi sovul rajjasi

Gipsoqatron qoplama listlarini kesishda ishlatiluvchi xavfsiz pichoqlar turkimi


GQL ni 630 mm gacha GQL dan eni 120 mm gacha Ø 50 mm gacha teshik


q irqish moslamasi bo’laklar qirqish moslamasi teshish moslamasi

Ø 90 mm gacha bo’lgan To’rtburchak yoki murakkab GQL qirrasini yo’nib


teshiklar uchun freza teshiklar ochish uchun arra faska chiqarish randasi


Qirralarni tekislash Tunuka profillarni Burchak profillarini


randasi mixlash asbobi (qistirgich) o’rnatish moslamasi
1.1Quruq usulda bino va inshootlar sathini xona va yo’laklarga bo’lishda metall profillardan sinch tortilib GQL bilan qoplanib qatlamdevorlar o’rnatishni KNAUF kompaniyasi tavsiya etadi. Bu qatlamdevorlar konstruktiv tuzilishi, o’lchami, ishlatilish sohasi, qatlamdevorning elementar funksiyasiga qarab turli rusumlarga bo’linib ketadi. KNAUF qatlamdevorlari yengil konstruktiv elementlar vositasida tekis yuzalarni hosil qilish, barcha turdagi pardozlash ishlsrini amalga oshirish, yuqori talabdagi mustshkalik, tovush himoyasi hamda otashbardosh-yong’inga chidamlilikni ta’minlash uchun qo’llaniladi.
Shulardan eng oddiy va ko’proq qo’llanuvchi qatlamdevorlar rusumu C111 bilan belgilanadi. C111 rusumli qatlamdevor konstruktiv tuzilishi, bir qator metal profillardan tortilgan sinch va ikki tomonidan bir qatlamdan GQL listlar bilan qoplangan bo’ladi (1- rasmga qarang)
1- gipsoqatron list (GQL) qoplama, 2- yo’naltiruvchi profil (ПН 50/40, ПН 75/40 va ПН 100/40 bo’lishi mumkin), 3 – ustun profillar (ПС 50/50, ПС 75/50 va ПС 100/50 bo’lishi mumkin), 4 - haroratni saqlovchi momiq toldipgich ko’rpa (mineral vata, uteplitel) 5 – o’tkir uchli burama mixlar.
С111 qatlamdevori bir qator metall profil sinch va ikki tomonidan bir qavat oddiy GQL bilan qoplangan, bu tipdagi qatlamdevorlar bilan balandligi 7.8 m balandlikkacha yuzalarni to’sish mumkin. Bu tipdagi qatlamdevorning 1m2 bo’lagining vazni 28 kg gacha bo’ladi. Qatlamdevorlarni yig’ishni yu-joylarni pardozlash davrida, ob-havo harorati +10…12 o C dan past bo’lmasligi kerak. Xona quruq va mo’tadil bo’lib, pol tuzish ishlari boshlanguncha bajarilishi kerak.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling