Gql xontaxta listlari yordamida devor yuzasiga ikki XIL usulda ishlov berish mumkin, bular sinchsiz qoplama usuli va sinch tortib gql qoplama listlarini burama mixlar vosutasida sinchlarga biriktirish usullsri
Download 243 Kb.
|
knauf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grundirmittel
- KNAUF “Fugen”
C112 rusumli qatlamdevor. C112 qatlamdevorining konstruktiv tuzilishi-bir qavat metal sinch, ikki tomonidan ikki qavatli GQL (Gips qatronli list) bilan qoplanadi. Bu rusumdagi qatlamdevorlarning balandligi 9 m gacha, 1 m2 qatlamdevorning vazni 53 kg gacha.
C111 rusumli qatlamdevorlar konstruktiv tuzilishi va yug’ish texnologiyasi boshqa qatlamdevorlar uchun asos bo’lib, qolgan turdagi qatlamdevorlar o’lchami va bajarilish texnoilogiyasidagi amallar bilan bajariladi, faqat har bir rusumning o’ziga xos jihatlari bo’ladi. Masalan, С112 qatlamdevori bir qator metall profil sinch va ikki tomonidan ikki qavat oddiy GQL bilan qoplangan, bu tipdagi qatlamdevorlar bilan balandligi 9.0 m balandlikkacha uzalarni to’sish mumkin. Bu tipdagi qatlamdevorning 1m2 bo’lagi 53 kg gacha bo’ladi. Qatlamdevorlarni yig’ishni yu-joylarni pardozlash davrida, ob-havo harorati +10…12 o C dan past bo’lmasligi kerak. Xona quruq va mo’tadil bo’lib, pol tuzish ishlari boshlanguncha bajarilishi kerak. 2.2 Osma shiftlar qavatlararo yoki tom yopmasiga osilgan sinch va unga o‘rnatilgan gipsqatron qoplamalardan shift yuzasini hosil qilib qurilgan konstruksiyalardir. Osma shiftlarda qavatlararo yopma va shift tekisligi orasida bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqqa muhandislik kommunikatsiyalari va yoritgichlarni joylashtirish mumkin. Bu holatda osma shift qavtlararo yopmadagi notekisliklarni va muhandislik kommunikatsiyalarni yopuvchi manzarali panel vazifasini o‘tab, turar joy, jamoat va sanoat binolarida xonalar inter’erining me’moriy-badiiy obrazini yaratadi. Maxsus xonalarda o‘ziga xos maxsus osma shiftlar qo‘llaniladi, masalan, akustik, namga chidamli, yong‘indan xavfsiz, gigienik. Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra osma shiftlar bir sath sinchli va ikki sath sinchli metall profilli bo‘ladi . Osma shiftlar gipskarton, gipstolali qoplamalardan quriladi va nafaqat xonalarni yuqori sifatli pardozlashga, balki dizayn san’atining ijodiy echimlarini tadbiq qilishga keng imkoniyatlar beradi. Osma shiftlarning sinchi maxsus ruxlangan profillardan yoki yog‘och reykalardan quriladi. Turli hil maxsus montaj osmalari yordamida sinchning asosiy profillari asosiy shiftga osiladi, profillarga gipskarton qoplamalar o‘rnatiladi (1-rasm). Sinchning yuk ko‘tarib turuvchi profillarining joylashishiga qarab ikki hil osma tizimlar bo‘lishi mumkin. Profillari bir sathda joylashgan osma shiftlar bir sathli, ikki sathda joylashganlari esa ikki sathli deyiladi Bir satxli shiftlarda barcha profillar devor bo‘ylab qotirilgan yo‘naltiruvchi profillar SNiP 28x27 ga o‘rnatiladi. Shiftning bunday konstruksiyasi odatda cho‘kish jarayonlari tugagan, vibratsiyalar bo‘lmaydigan binolarda qo‘llaniladi.(1-rasm) Ikki satxli shiftlar bir satxli shiftlarga taqqoslaganda xona balandligini profil yoki reyka hisobiga kamaytiradi. Ikki satxli shift konstruksiyasida asosiy va yuk ko‘tarib turuvchi profillar devor bilan qat’iy biriktiruv hosil qilmaydi, shuning uchun bunday shiftni shartli ravishda «suzib yuruvchi” deb ataladi. Qavatlararo yopmalar konstruksiyalarining kam miqdordagi egilishlarida, devorlarning deformatsiyasi yoki vibratsiyasida bunday osma shift o‘z gorizontal holatini saqlab qoladi. Bu o‘z navbatida tutashuv choklarida darzlar hosil bo‘lishining oldini oladi. 1.3 KNAUF “Betokontakt” - zichligi yuqori sifatli silliq yuzalar bilan suvoq qatlami orasidagi bog’lanish-adgeziyani oshirib ta’minlovchi tarkib; KNAUF “Grundirmittel” – govak, namlik va suyuqlikni so’ruvchi yuzalarga mo’ljallangan; KNAUF “Tifengrund” – universal, yuza qatlamiga chuqur so’rilib adgeziyani ta’minlovchi; “Betokontakt”- zichligi yuqori va sufta-silliq uzalar bilan suvoq qatlami orasidagi bog’lanish-adgeziyani oshirib ta’minlovchi tarkib. Bu tarkib ichki quruq va mo’tadil iqlimli xonalar yuzasiga ishlov berishda qo’llaniladi. Islatishdan oldin moybo’yoq-gruntovka tarkibi yaxshilab aralashtirilib olinadi. Ishlov beriluvchi yu-zaning xususiyatiga ko’ra gruntovka eritmasini 2:1 nisbatda suv bilan aralashtirib ishlatilishi tavsiya etiladi. Moybo’yoq-gruntovka eritmasini yuzalarga valik yoki mo’yqalam-cho’tka yordamida surkaladi. Bunda ishlob berilayotgan yuzasining harorati 5 grad C dan kam bo’lmasligi kerak. Gruntovkaning 1:3 nisbatdagi eritmasidan 1 m2 yuzaga saralanish miqdori 0.1 kg hisobida bo’ladi. Moybo’yoq-gruntovka bilan ishlov berilgandan keyin bir necha soatdan so’ng? ishlov berilgan qatlam toliq qurugandan so’ng yuzani suvoq gilish tavsiya etiladi. “Grundirmittel” – g’ovak, namlik va suyuqlikni so’ruvchi yuzalarga mo’ljallangan. Ishlov berilayotgan uzaning suyuqlikni yutish qobiliyatiga qarab (gigroskopiya – deyiladi) druntovka eritmasini 1:5 nisbatgacha olish mumkin va er-itmani valik yoki mo’yqalam-cho’tka yordamida surkaladi, massivli va keng yuza-larga eritmani purkagich nasos yordamida surkalsa ham bo’ladi. Bunda ishlov beri-layotgan yuzasning harorati +5 o C dan kam bo’lmasligi kerak. Gruntovkaning 1:3 nisbatdagi eritmasidan 1 m2 yuzaga sarflanish miqdori 0.1 kg hisobida bo’ladi. Moybo’yoq-gruntovka bilan ishlov berilgandan keyin bir necha soatdan so’ng, ish-lov berilgan qatlam toliq qurugandan so’ng, yuzani suvoq gilish tavsiya etiladi. “Tifengrund” – universal, yuza qatlamiga chuqur so’rilib adgeziyani ta’minlovchi. Bu gruntovka tarkibi eski tamirtalab yuzalarga yaxshi so’rilib ularni mustahkamlaydi, yuza qatlami va suvoq qatlami orasidagi adgeziyani oshiradi. Bu toifadagi gruntovkalar tashqi va ichki devor, pol va shiftlarga islov beriishda ish-latiladi. 1 m2 yuzaga sarflanish miqdori, ishlov berilayotgan yuzaning ahvoliga qarab 0,070…0,120 kg gacha hisobida bo’ladi. Moybo’yoq-gruntovka tarkibini yuzalarga suv bilan aralashtirmasdan valik yoki mo’yqalam-cho’tka vositasida surkaladi, bunda ishlov berilayotgan yuza harorati 5 grad C dan kam bolmasligi tavsiya etiladi. 2.3 KNAUF “Fugen”- moysuvoq-shpaklevkasi, gips kukuni va maxsus polimer qo’shimchalardan tarkib topgan quruq aralashma. Bu tarkibni quyidagi maqsadlarda ishlatish tavsiya etiladi: - GQL qoplamalari orasida hosil bo’lgan choklarni to’rsimon piliklar yotqizib to’ldirish uchun; - GQL, GTL va boshqa toifali qoplama listlar vositasida devor yuzasini sinchsiz yelimlash usulida pardoshlash uchun; - yupqa qatlamli moysuvoq surkab silliqlash uchun; - quyma o’yiqcha-tishli gipsplitalarni terish va qatlamdevorlar o’rnatish uchun; Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling