Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Konstruksiyalarni yiriklashtirma yig‘ish bo‘yicha ishlarni
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengillashtirilgan konstruksiyalarni montaj qilish jarayonining tarkibi va texnologiyasi «Berlin» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish.
Konstruksiyalarni yiriklashtirma yig‘ish bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish Qurilishda har xil turdagi strukturaviy yopmalarni yig‘ish uchun maxsus metall stendlar yoki moslamalar qo‘llaniladi. Bloklarni yiriklashtirma yig‘ish kerakli texnik vositalar (aravachalar, qayrilma qurilmalar, muqim havozalar) bilan jihozlangan konveyyer liniyalarida ham amalga oshirilishi mumkin. Binoning tarhdagi o‘lchamlariga va strukturali yopmalarning turlariga mos ravishda montaj maydonchalarini tashkil qilishning turli sxemalari ishlab chiqilgan. Тajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, binoning maydoni 20 ming m 2 dan kam bo‘lgan hollarda yopmani stendlarda yiriklashtirilgan bloklardan montaj qilish maqsadga muvofiq ekan. Binoning maydoni 20 ming m 2 dan ortiq bo‘lganda esa yopmani konveyyer liniyasida yiriklashtirilgan bloklardan montaj qilish tavsiya etiladi. Bunday binolarni barpo qilish uchun ishlab chiqilgan qurilish ishlarini bajarsh loyihasida (QIBLda) quyidagi masalalar batafsil yoritilishi lozim: bloklarni yig‘ib-yiriklashtirish uchun stendlarning joylashuvi va bloklarni yiriklashtirish, stropovka qilish va montaj qilish bo‘yichabarcha texnologiyaga va montajga oid jarayonlarni ma’lum izchillikda bajaruvchi konveyyer liniyasining to‘xtash joylari. Bloklarni yig‘ish va montaj qilish bo‘yicha barcha ishlar oqimli usulda tashkil qilinadi. Buning uchun ob’ektda ixtisoslashgan oqimlar tashkil qilinib, bu oqimlardagi ishlarni bajarish uchun tashkil etiluvchi zvenolardagi ishchilarning kasbiy, malakaviy va shaxsiy tarkibi aniqlanadi. 51 Yengillashtirilgan konstruksiyalarni montaj qilish jarayonining tarkibi va texnologiyasi «Berlin» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish. Barcha hollarda yopmalar yiriklashtirilgan bloklardan montaj qilinadi. Yopma bloklarni montaj qilishda bino «nol sikli» ning barcha ishlari bajarilgan, ustunlar, bog‘lagichlar, kranosti to‘sinlari va faxverek ustunlari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu konstruksiyalar bino qulochining butun uzunligi bo‘yicha yoki binoning ma’lum bir qismining − zaxvatkasida o‘rnatiladi. Yopmaning yiriklashtirilgan bloklari muqim yig‘ish stendlaridan yoki konveyer liniyasidan montaj qilish joyigacha maxsus vositalarda avtomobil yo‘llari bo‘yicha yoki maxsus relsli yo‘llar bo‘yicha tashib keltiriladi. Yiriklashtirilgan blokni stenddan tushirishda, transport vositasiga yuklashda va loyihaviy holatiga o‘rnatishda tayanch tugunlariga mos keluvchi to‘rtta nuqtasidan stropovka qilinadi. Qo‘llaniluvchi mexanizmning turi va montaj qilishning aniq sharoitlaridan kelib chiqib yopma bloklarni loyihaviy holatiga o‘rnatishni qulochlar bo‘yicha − bo‘ylama usulda va butun ko‘ndalang kesim bo‘yicha −- ko‘ndalang usulda bajarish mumkin. Yopma bloklar bo‘ylama usulda montaj qilinganda SKG – 40 markali strelali kran ishlatiladi. Bu kran bilan sanoat binosining avval 1, keyin 2 va shu tartibda navbatdagi qulochlarida «o‘ziga qarab» usulida yopma bloklar ketma-ket montaj qilinadi. Montaj qilishning ko‘ndalang usuli qo‘llanilganda esa biroz og‘irroq sanalgan SKG – 63 markali strelali kran ishlatiladi. Bu kran faqat o‘rta qulochda harakatlanadi va ish bajaradi. Montaj qilish jarayoni «o‘ziga qarab» usulida olib boriladi. Huddi shu qulochda montaj qilish jarayonining yo‘nalishiga qarama- qarshi yo‘nalishda yiriklashtirilgan yopma bloklar uzatiladi. Bunda dastlab binoning birinchi chetki qamrovi yopma bloki montaj qilinadi. So‘ngra kran navbatdagi to‘xtash joyiga ko‘chiriladi va bu yerdan turib binoning ikkinchi chetki qamrovi blokini montaj qilishga kirishiladi; keyingi bosqichda kran uchinchi to‘xtash joyigacha ko‘chiriladi va bu yerdan turib o‘rta (ohirgi) quloch yopma blokini avvalgi chetki bloklar o‘rnatilgan o‘qlar oralig‘ida montaj qilinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling