Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Nazorat savollari
1. Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishda qurilish maydoni qanday tashkil qilinadi? 2. Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishda ishlarni bajarish va mehnat qanday tashkil qilinadi? 3. Bir qavatli sanoat binosi karkasining yig‘ma elementlarini montaj qilish texnologiyasi qanday ? 4. Bir qavatli sanoat binosining devor panellarini montaj qilish texnologiyasi qanday ? 12. Bir qavatli sanoat binolarini yengillashtirilgan metall konstruksiyalardan barpo qilish texnologiyasi. Binolarning qurilish - konstruktiv yechimlari. Qurilish maydoni, ishlarning bajarilishini va mexnatini tashkil qilish. Yengillashtirilgan konstruksiyalarni montaj qilishda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi Binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari Yengillashtirilgan metall konstruksiyalarni qo‘llab barpo qilingan binolar quyidagi qurilish-konstruktiv yechimga ega bo‘ladi: poydevorlari 48 − yaxlit quyma temirbetondan; ustunlari − yig‘ma temirbetondan yoki metalldan; devor panellari − keramzitbetondan yoki profillashtirilgan to‘shamadan, yopmalari − yengillashtirilgan metall konstruksiyalardan. Binolarni qurishda quyidagi konstruksiyalarni qo‘llash: - yopmalarni konveyerlarda yiriklashtirilgan bloklar ko‘rinishida montaj qilishga; - mehnat unumdorligini umumqurilish ishlarida 25-30 % ga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari qurilishni tez sur’atlar bilan olib borish zarur bo‘lgan, malakali quruvchi kadrlar yetishmagan, uzoq yerlarda joylashgani uchun transport vositalarining harakatlanishi juda og‘ir bo‘lgan sharoitlarda bunday konstruksiyalarni qo‘llash ularning samaradorligini yanada oshiradi. Yengillashtirilgan konstruksiyalar qatoriga avvalam bor strukturali konstruksiyalar, ya’ni doimiy tuzilmaga ega bo‘lgan to‘rsimon yassi sistemalar kiradi. Ular standartlashtirilgan, shakli va o‘lchamlari nisbatan katta bo‘lmagan bir tipdagi ko‘p sonli metall elementlardan yig‘iladi. Qurilishda «Berlin», «Kislovodsk» va «SNIISK» turidagi strukturali konstruksiyalar keng tarqalgan. Strukturali konstruksiyalar an’anaviy konstruksiyalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: -inshootlarda unchalik katta bo‘lmagan hajmni egallaydi; -nisbatan kichikroq massaga ega; -yopmalarni qurilish maydonida yakka tartibda yiriklashtiriladigan bloklar ko‘rinishida montaj qilish imkoniyatini beradi; -yopmalarni konveyer usulida yig‘ish va ob’ektda yirik blokli montaj qilish usulini qo‘llashga imkoniyat yaratadi; -montaj qilish uchun ob’ektga to‘la tayyor, ya’ni bo‘yab yetkazib beriladi; -tuzilishiga ko‘ra yig‘ma-ajratma bo‘lib ko‘p marta ishlatish imkoniyatini beradi; -oqimli avtomatlashtirilgan liniyalarda tayyorlanishi mumkin; -yig‘ilishi ishchilardan yuqori malakani talab qilmaydi; -taxlanishi ixcham bo‘lib tashish uchun juda qulay ko‘rinishda ishlangan; -estetik xususiyatlarga ega. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling