Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
Download 140.5 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim BIBET 2021-2022 o\'quv yili uchun.777777777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Тopshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan xolda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Mustaqil ravishda kurs ishi(loyixasi) chizmalarini va izox xatini bajaradilar. Zarur xollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, kurs ishini(loyixasini) bajarishda savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k) o’qituvchidan maslaxatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan chizma va matn o’qituvchiga ximoya qilish orqali topshiriladi. “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fani bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq kurs ishi(loyixasi) chizmalari va izox xati(referatlar) ko’rinishida bo’lib kelmoqda. Kurs ishi(loyixasi) va uning tushintirish xatlari talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Тalaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va x. k. Тalaba auditoriya oldida kurs ishi(loyixasi)ni ximoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanini o’rganishda bu muxim axamiyatga ega. Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izox xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling