YIRIKLASHTIRILGAN KO`RSATKICHLAR YORDAMIDA ISSIQLIK YUKLAMALARINI ANIQLASH.
Issiqlik ta`minoti tizmlarini loyihalash jarayonida turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarini isitish, ventilyatsiyalash shuningdek issiq suv ta`minotiga bo`lgan maksimal va o`rtacha issiqlik oqimlarini tegishli loyihalar bo`yicha qabul qilish lozim
Loyihalar mavjud bo`lmagan holda, issiqlikka bo`lgan ehtiyoj ya`ni issiqlik yuklamalar yiriklashtirilgan korsatkichlar yordamida aniqlanadi.
Yiriklashtirilgan ko`rsatkichlar isitish uchun 1 m2ni isitish uchun qabul qilinga q qiymatlari bo`lib, issiq suv iste`molida esa q 1 kishi uchun bir kecha kunduzda sarflanga issiq suv miqdori hisoblanadi. Bu ko`rsatkichlar QMQ 2.01.01-94 me`yorlarida olinadi.
Markazlashtirlgan issiqlik tizmlari
Markazlashtirilgan issiqlik ta`minoti tizmlari asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan bo`ladi: Issiqlik manbai, issiqlik tarmog`i, iste`molchini kirish tuguni va mahalliy issiqlik iste`mol tizmlaridan iborat.
Markazlashtirish darajasi bo`yicha quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Guruhli- binolar guruhuining issiqlik ta`minoti.
Tumanli – bir necha bino guruhlarining issiqlik ta`minoti.
Shaharli- bir necha tumanni issiqlik ta`minoti
Shaharlar aro – bir necha shaharlarning issiqlik ta`minoti.
Markazlashtirilgan issiqlik ta`minoti tizmlari issiqlik tashuvchining turiga qarab suvli va bug`li bo`lishi mumkun.
Suvli issiqlik ta`minoti timzlari
Suvli issiqlik taminoti tizmlari quvurlarning soni bo`yicha bir, ikki va ko`p quvurli bo`lishi mumkun.
Suvli tizmlar ochiq va yopiq bol`adi:
Yopiq tizmlar- suvdan faqat issiqlik tashuvchi sifatida foydalaniladi.
Ochiq tizmlar- issiq suv qisman yoki to`laligicha iste`mol uchun sarf bo`ladi.
Ikki quvurli yopiq tizm ko`rinishi.
Ikki quvurli ochiq tizm ko`rinishi.
Issiqlik ta’monoti va isitish tizimlari fanidan kurs loyixasi uchun variantlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |