Bino va inshootlarni issiqlik bilan ta ʻminlash maqsadida butun dunyodagi


Download 75.12 Kb.
bet1/4
Sana09.10.2023
Hajmi75.12 Kb.
#1696593
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi


Kirish.
Bino va inshootlarni issiqlik bilan ta ʻminlash maqsadida butun dunyodagi m am lakatlar qatori O ʻzbekiston R espublikasida ham energiya iste ʻmoli to ʻxtovsiz oshib bormoqda. Organik yoqilg ʻining taxminan uchdan bir qismi jam oat va sanoat binolarini issiqlik bilan ta ʻminlashga sarf bo ʻladi.
Yoqilg ʻilarni qazib chiqarishdagi jarayon borgan sari qanchalik chuqurlikdan qazib chiqarila boshlanishi uning qiym atining oshishiga olib keladi, natijada mamlakatimizda xalq xo ʻjaligini rivojlantirish uchun yoqilg ʻi xarajatidagi tejamkorlikka talab asosiy muammolarga aylanib borishi muayyan bir holdir. Bu masalaning yechimi markazlashtirilgan issiqlik ta ʻminotini to ʻliq joriy qilish hamda issiqlik elektr energiyasi m ark azin i R esp u b lik am iz k a tta m arkaziy sh a h a rlarid a ko ʻpaytirishni asosiy yo ʻnalish deb tushunmog ʻimiz shart.
Butun dunyoda yoqilg ʻi energiyasi qiymatining oshib borishi yoqilg ʻi tabiiy boyliklar zaxirasini tabiatan tugaydigan boylik ekanligini ko ʻrsatadi. Shu sababli mamlakatimizda yoqilg ʻi energiyasini tejab-tergab ishlatish har bir sof vijdonli insonning burchidir. Barchaga m a ʻlumki, kichik va o ʻrta quvvatga ega bo ʻlgan mahalliy isitish qozon-qurilmalari ortiqcha yoqilg ʻi sarfiga ega bo ʻlish bilan birgalikda atrofmuhitni sezilarli darajada noekologik holatga olib keladi. Shuning uchun ulkan issiqlik stansiyalari (IS)ning ko ʻpaytirilishi qo ʻshimcha yoqilg ʻi qazib olishdan xalos etishga olib kelishi turgan gap. M a ʻlumki, kommunal-xo ʻjalik, turar joy va jam oat binolari uchun sarf bo ʻlayotgan issiqlik miqdorining (binolarni isitish, ventilyatsiya, havo konditsiyasi va issiq suv ta ʻminoti) asosiy sarfi binolarni isitish uchun bo ʻlgan xarajatdir. Xona ichidagi insonlar uchun m o ʻtadil mikroiqlim - komfort sharoitini yaratish va texnologik jarayonlar talabiga asosan sarf bo ʻlgan issiqlik miqdorini hamda binoning tashqi to ʻsiq lari orqali (tashqi devor, tom usti yopilmasi, tashqi deraza, tashqi eshik va pol) yo ʻqotiladigan issiqlikning umumiy miqdorini to ʻldirish uchun sun ʻiy tarzda isitish tizimlari va asboblari vositasida isitish usuli binolarni isitish deb ataladi.
Zamonaviy isitish tizimlari va asboblari inson salomatligini, ijodiyotining samarali holatini yaratish va inson o ʻzini yaxshi sezishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Bu qulay sharoitning optimal sanitariya-gigiyena talablarining turar joy, jam oat va sanoat binolari uchun mo ʻljallangan miqdorini yaratish issiqlik qurilmalarining butun bir kompleks tizimlari, asboblari o ʻz zimmasiga oladi. Bunday jihozlar umumiy holda isitish tizimlari deb ataladi. 5 Binolarni isitish - qurilish texnikasining asosiy boiim laridan biridir. Isitish tizimlari va asboblarining montaj qilinishi bino qurilishining boshlanishi bilan bir vaqtda, birgalikda bajariladi, chunki uning elementlari loyihalashtirish davrida xonalaming ichki me ʻmoriy ko ʻrkiga jilo berish interyer - dizayn jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirilib, qurilish konstruksiyasi bilan uyg ʻunlashgan holda olib boriladi. Demak, issiqlik tizimlari - bino qurilishi texnologiyasining boiinm as bir qismidir. M a ʻlumki, issiqlik tizimlarining ekspluatatsiya qilinishidagi jarayonini, ishlash davridagi muddatini, yilning eng sovuq davridagi meteorologik sharoit va fasl
o ʻzgarishidagi haroratning o ʻzgaruvchan miqdoriga qarab yil mobaynida davriy m uddat bilan m a ʻlum holat ostida ishlatib turiladi. Bunday davr isitish tizimlarining ishlash davri (yashash davri) deb ataladi. Umumiy qilib aytganimizda, issiqlik uskunalaridan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori tashqi havoning harorati miqdorining baland-pastligi, shamol tezligining kuchayishi-pasayishi, quyosh radiatsiyasidan binoning tashqi to ʻsiqlari orqali xonaga kirib kelayotgan issiqlikning ko ʻproq yoki kamroq tushishi kabi ko ʻrsatkichlarga qarab boshqarilishi lozim. Qisqacha qilib aytganda, isitish tizimi va asboblaridan xonaga berilayotgan issiqlikning miqdori boshqarilib borilishi lozim, ya ʻni binoning tashqi va ichki muhiti haroratlarining farqiga qarab proporsional holda tashqi to ʻsiq orqali sarf
bo ʻlgan zaruriy issiqlik miqdorini issiqlik asbobi orqali xona ichiga uzatish demakdir. Binobarin, qish faslida qattiq sovuq bo ʻlishi darajasiga uzviy bog ʻliq holda isitish tizimlarini issiqlik berish quvvati o ʻta tezlik bilan o ʻzgaruvchan ish rejimiga oson tushadigan bo ʻlishi shart.



Download 75.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling