Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi
Download 201.52 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN M avzu: Qon parazitlarining parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati Topshirdi: Abduraxmonova M.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 15-19 GURUH TALABASI ABDURAXMONOVA MEHRINISONING UMUMIY PARAZITOLOGIYA MUSTAQIL ISHI FANIDAN TAYYORLAGAN M avzu: Qon parazitlarining parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati Topshirdi: Abduraxmonova M. Qabul qildi: Mamarajobova M. TERMIZ – 2022 Reja:
2. Qon parazitlari 3.Vujutga keluvchi kasalliklar haqida Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko‘pchilik hayvonlaming ovqat hazm qilish sistemasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y bergan. Shunga ko‘ra parazitlaming oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvoniardan keskin farq qiladi. Har xil parazitlar ovqat hazm qilish sistemasidagi o‘zgarishlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha boradi. Chunonchi, qon bilan oziqlanuvchi parazitlaming ichagi juda ko‘p miqdorda oziqni qabul qilib olishga muvofiqlashgan boiib (masalan, zuluklar, chivinlar, pashshalar, kanalar), ichagi morfologiyasiga ko‘ra o‘zgarmasdan, uning devori elastik cho‘ziluvchan boiganligidan oziqni qabul qilgan sari hajmi kengayadi. Shunga muvofiq ravishda parazitning gavdasi (qorin qismi) ham kattalashadi. Bir guruh parazitlarda (masalan, zuluklar, kanalar, ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda) ichaklari shoxlanib, yuzasi kengaygan boiadi va bir vaqtning o‘zida juda ko‘p miqdordagi oziqni sig‘dira oladi. Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g‘amlab olgan holda uzoq vaqt (2-3 yilgacha) oziqlanmay yashay oladi. Bundan tashqari, qon bilan oziqlanuvchi ba’zi parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi uchun unga maxsus bezlardan gemofilin yoki girudin moddasini yuboradi. Boshqa guruh parazitlarda yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlaming teskarisi kuzatiladi, ya’ni ularda ovqat hazm qilish organlari qisqarib ketgan. Ular oziq moddalami butun gavdasi orqali so‘rib oladi (tasmasimon chuvalchanglarda). Trematodalarda ham ichak ancha qisqargan boladi. Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab, bu parazitlar tayyor holdagi suyuq oziq (qon, limfa suyuqligi, shiralar) ichida yashashidadir. Ular ham tayyor oziqni osmotik usulda qabul qiladi. Parazitlaming hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan yana biri ulaming ko‘payishi, ya’ni avlod qoldirishidir. Parazitlarda germafroditizm va jinsiy organlari faoliyati nihoyatda kuchaygan boiib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi. Leyshmanioz transmissiv kasallik boiib, uni qonso‘rar mayda hasharotlar - Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so‘rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yoiiga o‘tadi. U yerda parazitlaming oldingi uchidan uzun xivchin o‘sib chiqadi, ya’ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko‘rinishga o‘tadi 0 ‘ziga leyshmaniozning qo‘zg‘atuvchisini yuqtirib oigan bu hasharot sogiom odamning qonini so‘rganida parazitlami unga yuqtiradi Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi sutemizuvchilar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, ya’ni bu hayvonlar leyshmaniyaning rezervuar xo‘jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlaming quloqlari, bumi va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin boigan boshqa joylarida yaralar hosil boiadi. Kemiruvchilaming inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlaming qonini so'radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. Piroplazmidalar piroplasmida turkumi vakillari sutemizuvchilaming qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo‘jayinda, ya’ni asosiy xo‘jayinlari qon so‘ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo‘jayinlari - turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o‘tadi. Bu turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. Ikkita oilasi bor, ya’ni babezidlar (Babesidae) va teyleridlar (Theileridae). Babezid va teyleridlaming barcha vakillari eritrotsitlarda parazitlik qilib, qoramollar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar va itlarga katta zarar yetkazadi. Kasallangan hayvon qonini so‘rgan kana parazitni o‘ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar yetilib, ular o‘zaro qo‘shiladi va zigota-ookineta hosil boiadi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda rivojlanayotgan tuxumlarga o‘tib sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichida esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalaming soiak bezlarida ham to‘planadi. Bunday kanalar sogiom hayvonlarga yopishib ulaming qonini so‘rganda sporozoitlar kana soiagidan mahsuldor hayvonlar qoniga o‘tadi. Trematodalaming orasida odam va hayvonlaming xavfli parazitlaridan yana bir gurulii qon ikki so‘rg‘ichUlari - shistosomalar (Schistosoma. Orientobilharzia va boshqalar) hisoblanadi. Shistosomalar qon parazitlari bo‘lib, odam va hayvonlarda ichak, jigar va siydik pufaklarining qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa so‘rg‘ichlilardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha yo‘g‘on, 10-15 mm uzunlikda boiadi, ulaming qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi boiib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg‘ochisini joylashtirib birga yashaydi. Bulaming so‘rg‘ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay boimaydi. Shistosomalar odamning qorin bo‘shlig‘idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida yashaydi. Shistosomalar, ya’ni qon ikki so‘rg‘ichlilari biogelmintlar boiib, ulaming rivojlanishida oraliq xo‘jayin sifatida planorbis urug‘iga mansub molluskalar qatnashadi Urg‘ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq devorining biriktiruvchi to‘qimasiga tuxum qo‘yadi. Buning natijasida qovuq yalligianadi va kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi boigan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini teshib, uning bo‘shlig‘iga, undan xo‘jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan miratsidiy chiqib, oraliq xo‘jayini - qorinoyoqli molluskalar tanasiga kirib oladi. Shundan so‘ng molluskalar jigarida dastlab ona sporotsistalar, keyin qiz sporotsistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar hosil bo‘ladi. Serkariy asosiy xo‘jayinga, ya’ni odamga cho‘milish paytida yoki serkariylar mavjud bo‘lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yordamida xo‘jayini terisini teshib, qon aylanish sistemasiga o‘tadi va butun organizm bo‘ylab migratsiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaydi. Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzida 700 mln. dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi. Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schistosoma japonicum turlari ko‘proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma mansoni turi bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida Shistosoma gematoibiuxn turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70 % aholi ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda aholining 60-95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. Shistosomalar bemorlar tanasida 5-10 yilgacha parazitlik qiladi. Shistosomalar odamlaming qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlaming yalligianishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlaming to‘planishi tufayli qovuqda tosh hosil boiishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odamlarga ambilgar, antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qoilaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so‘rg‘ichlilardan yana biri Oriyentobilgarsiyadir Download 201.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling