Muzliklar yotqiziqlari Reja


Download 60 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi60 Kb.
#1118235
  1   2   3
Bog'liq
Muzliklar yotqiziqlari


Muzliklar yotqiziqlari
Reja:
1.Hionosfera haqida tushuncha. Qor chizig’i.
2.Muzliklar va ularning turlari.
3.Muzlik ishi va ularning gidrologik ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Qutub hududlarida qor chizig’I havo haroratining pastligi tufayli okean satxigacha tushadi. Qor chizig’ining eng baland nuqtasi subtropiklarda joylashgan (6400 m gacha) ekvator havosi nam bo’lib, u yerda yog’in miqdori birmuncha ortadi va qor chizig’i balandligi 4400-4900 m gacha tushib qoladi.
Qor to’planadigan qismda uning zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish 2 xil yo’l bilan muzliklarning qor chizig’idan pastga siljishi va qor kuchkilari ko’rinishida kuzatiladi.
Qor kuchkilari (lavinalar) deb, tog’ yon bag’irlarining qiya yuzalari boylab surilib, tushadigan qor uyumlariga aytiladi. Kuchkilar qiyaligi 15 dan katta va qor qalinligi 0,5 m dan ko’p bo’lgan tog’li va qutb oldi hududlari uning xarakterlidir. Kuchkilarning paydo bo’lish sabablari turlichadir. Masalan, quruq kuchkilar yangi yoqqan qor bilan eski qor o’rtasida ishqalanish kuchi kichikligi va shu tufayli yaxshi jipslashmaganligi sababli vujudga keladi. Shamolning kuchli esishi ham ma’lum sharoitda kuchkilarga sabab bo’ladi. Ba’zan havo haroratining ko’tarilishi yer sirti bilan qor qoplami o’rtasida erigan suv hosil bo’lishiga olib keladi. Suv esa tungi soatlarda yoki haroratning keskin pasayishi natijasida muzlaydi. Bu nilan qorning surilishiga yoki “ko’l kuchkilar” hosil bo’lishiga sharoit yartiladi.
G.K.Tushinskiy qor uyumlarining yonbag’rlarda surilish holatiga ko’ra kuchkilarni 3 turga bo’ladi: qor surilmalari, novsimon yonbag’irlar kuchkilari, sakrovchi kuchkilar. Qor surilmalari qor juda ko’p miqdorda yoqqan yillari kuzatilib, bunda qor qoplami yonbag’irda front boylab suriladi. Ikkinchi holda esa qor ma’lum novsimon uzanda suriladi va uzanning tubida konussimon uyilma hosil qiladi. Sakrovchi kuchkilar juda katta tezlikka ega bo’ladi, chunki ular nishabligi keskin ortgan yonbag’irlarda kuzatiladi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, kuchkilar juda xavfli hodisa bo’lib, ular katta ziyon keltirish va ba’zi hollarda inson hayotiga ham xavf solishi mumkin.
2. Musbat muvozanatli qismda qor qoplami vaqt o’tishi bilan firn (qotgan qor) ga aylanadi. Bu hodisaga sabab qorning yuqori qatlamlarini uning pastki qismiga ko’rtsatgan bosimidir. Shu bilan bir qatorda qor qoplamining yuqori qismida erigan qor suvlarining, uning pastki qismiga o’tishi va u yerda muzlashi ham frinlashuvga sabab bo’ladi. Firnning zichlashishi esa gletcher muzligining hosil bo’lishiga olib keladi. Zichligi 0,90g/sm. Uning yanada zichlashishi esa haqiqiy muzlikni hosil qiladi. Ma‘lum sharoitlarda muzlik elastiklik xususiyatiga ega bo’ladi, u qancha katta bosim ostida bo’lsa va harorati qancha yaqin bo’lsa, uning elastikligi shuncha katta bo’ladi.
Muzliklar doimiy harakatda bo’ladi. Harakat yonbag’ir nishabligi va muzlik qoplami qalinligiga bog’liq. Nisbatan yuqori haroratlarda ham tezlik ortadi. Eng katta tezlik (10-40 m / kun) Grenlandiya muzliklarida o’lchangan.
Muzlik qatlamlardan iborat bo’ladi, chunki doimiy ravishda toyinib turadi. Ular bir-biridan zichligi rangi bilan ajralib turadi va me‘yordagi atmosfera bosimi (700mm) da 0 s haroratda eriydi. Bosim 1 atmosferaga ortishi bilan erish harorati 0,0073 s ga pasayadi. Shuning uchun muzlik suvlari hisobiga toyinuvchi daryolarda doim suv oqib turadi.
Muzliklarning hosil bo’lishi iqlim va rel‘ef xususiyatlaribilan bevosita bog’liq. Qorning to’planishiga tog’ rel‘efi uchun xarakterli bo’lgan ko’tarilgan yuzalar bilan chegaralangan, nisbatan tekis maydonchalarning mavjudligi yaxshi sharoit yaratadi. Muzlik xarakatga kelib qor chizig’ini kesib o’tadi va manfiy muvazanatli qismiga kiradi. U yerda erish boshlanadi, demak har qanday muzlikda quyidagi ikki harakterli qism mavjud bo’ladi. Toyinish qismi bilan sarf bo’lish qismi o’rtasidagi chegara firn chizig’i deb ataladi.
Vodiy turidagi muzlik (oddiy – bir oqimli muzlik).
3. Muzlik o’z xarakati natijasida vodiy yonbag’irlariga va o’zi joylashgan zaminga ta‘sir ko’rsatib, tog’ jinslarini ko’chirib o’zi bilan olib ketadi. Tog’ jinslarining bir qismi muzlik yuzasida saqlanib yuza molekularini hosil qiladi.
Muzlikni toyintiruvchi bosh manba muzlikning toyinish qismiga yog’adigan qordir. Muzlik massasining sarf bo’lishi esa ablyatsiya muzlikning erishi va bug’lanishi hamda mexanik sabablar-muzlik tipining sinib ketishi kabi ko’rinishlarda roy beradi.
Muzlikning massasi muvazanatining kirim va chiqim qismilarining o’zgarishi natijasida uning o’lchamlari ham o’zgaradi. Ular teng bo’lgan hollarda muzlik o’zgarmas – turg’un holatda saqlanadi. Muzliklarning ko’p yillik tebranishi sharoiti o’zgarishi bilan bog’liq yoki boshqacha qilib aytganda bu tebranma iqlim sharoitining o’zgarishini aks ettiradi.
Ablyatsiya miqdori odatda suv qatlami qalinligi bilan ifodalanadi. Muzlikning bo’ladigan bug’lanish juda kam (1-2 mm / kun) bo’lib, uning suv muvazanatiga sezilarli ta‘sir etmaydi. Shu sababli umumiy ablyatsiya miqdori asosan erish miqdori bilan aniqlanadi. Muzlikning erish tezligi haroratga bog’liq bo’lib, bu muammoni olimlar o’rgangan. Masalan: O.A.Drozdov Zarafshon va Fedchenko muzliklarida olib borgan kuzatishlari natijasida asoslanib muzlikning erish miqdori bilan Quyosh radiatsiyasi orasida bog’lanish mavjudligini aniqladi:

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling