KATTA G’ILDIRAK O’YINI UCHUN SAVOLLAR
1. O’zbekiston SSR bo’ylab qachon qatag’onlar asosan madaniyat va fa arboblariga qarshi qaratildi?
J: XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlarida
2. “Alpomish” dostonini o’qish qachon taqiqlab qo’yilgan?
J: 1952-yil fevral X plenumda
3. 1951-yilda “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” olib borganlikda aybalnib 12 kishi qamoqqa olindi
va necha yilga ozodlikdan mahrum etildi?
J: 25 yilga (bu shaxslar 1955-yilda oqlandi, shu vaqtda o’zbek xalqining faxri hisoblangan Oybek
qatag’onga uchradi, 40 mingga yaqin kishi oqlandi)
4. Nikita Xrushchev 1954-yilda asossiz ravishda Usmon Yusupovni lavozimidan ozod qilib, qayerga
jo’natgan?
J: Mirzacho’ldagi “4-Boyovut” sovxoziga direktor qilib jo’natdi
5. 1947-yilda qurilgan 600 kmdan iborat temiryo’l liniyasi qaysi?
J: Chorjo’y-Qo’ng’irot (1947-yil Toshkentda ilk trolleybus qatnay boshlagan)
6. Toshkent katta halqa avtomabil yo’li qachon loyihalashtirildi va qurildi?
J: 1959-1968-yillar
7. O’zbekiston havo yo’llarida qachondan boshlab yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan TU-
104 rusumli yo’lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo’ldi?
J: XX asr 50-yillari o’rtalari
8. 1959-yilda respublika aholisi tarkibida o’zbeklarning salmog’I 62 foiz bo’lsa-da, o’zbek ishchilarning
miqdori necha foiz edi?
J: 43 foiz
9. 1959-yil 15-martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga
kim saylandi?
J: Sharof Rashidov (1917-yil 7-noyabrda Jizzaxda tug’ilgan. 1966-yil Toshkentdagi zilziladan so’ng
tiklash ishlariga boshchilik qilgan. Toshkent metropoliteni qurilishi tashabbuskori. Metropolitenning
birinchi navbati (9 ta bekati) 1977-yil noyabrda ishga tushirildi. 2017-yilda Sharof Rashidovning 100
yilligi nishonlangan)
10. Sharqda Parlament raisi bo’lgan birinchi ayol kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |