Muzliklar yotqiziqlari Reja
Download 60 Kb.
|
Muzliklar yotqiziqlari
W=(0,82 R4+28) / 4
Bu yerda W – erigan muzdan muzdan hosil bo’lgan miqdori, sm larda, Ak – quyosh radiatsiyasi kal/sm, sutka, 4 – muzning yashirin issiqlik sig’imi. Muzlik sirtida morena qoplamining oz yoki ko’p bo’lishi ham uning erishiga ta‘sir qiladi. Yer kurrasida asosan ikki turdagi muzliklar – materiklar va tog’ muliklari bo’ladi. Yerning lanhdshaft qobig’ida o’rinni materik muzliklari – Antarktikada va Grenlandiya muzliklari uchraydi. Ularning o’lchamlari juda katta bo’lib, yassi qabariq bo’ladi va muzlik osti relefiga bog’liq emas. Qorning to’planishi ularning markaziy qismlarida boradi. Muzlik massasi ham markazdan chekka taraflarga qarab harakatlanadi. Ularda sarf bo’lish, asosan chekka qismlarda, ya‘ni sinib aysberglar hosil bo’lishi kechadi. Tog’ muzliklari nisbatan kichik o’lchamli bo’ladi. Ularning shakli muzlik joylashgan yuzaning relefi bilan belgilanadi. Tog’ muzliklarining ko’pgina turlari mavjud. Ularning eng soddalari tog’ yonbag’irlari va cho’qqilari muzliklaridir. Ular quyidagi turlarga bo’linadi: Kardelra muzliklari – o’lchan vulqonlar kraterida joylashadi. Yulduzsimon muzliklar – uning umumiy firn qismidan chiqadigan bir nechta tipii bo’ladi: Qora muzliklari karalarda joylashadi va nihoyat, osilma holda uchraydigan muzliklar. Vodiy muzliklari bir muncha murakkab tuzilgan. Ular ichida oddiy bir oqimli, murakkab va daraxtsimon muzliklar bor. Yer kurrasidagi muzliklarning umumiy maydoni 15,5 mln, km ga teng bo’lib, quruqlikning 10 % dan ko’proq qismini egallagan. Yer yuzidagi barcha muzliklarning hajmi 24 mln. km ga teng. Agar shu muz erib ketsa, u xolda dunyo okeani sathi 60 m dan ham balandga ko’tarilib ketar edi. Tog’ muzliklarining erishidan hosil bo’ladigan suv daryolar toyinishi undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida muzlikning bo’lishi oqim tartibining o’ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. V.A.Shullts ma‘lumotlariga ko’ra muzlik qor suvlari hisobiga toyinadigan markaziy Osiyo daryolarida yillik oqimning o’zgaruvchanlik koeffitsenti 0,10 – 0,15 dan ortmaydi. Muzlik suvlaridan toyinadigan daryolar yozgi to’lin suv davrining davomililigi va suv sathi hamda sarfining nisbatan katta bo’lmagan tebranishi bilan ajralib turadi. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling