Tayyorladi: Odiljonov o qabul qildi: Abdulxayev Z


Download 0.54 Mb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1639687
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Odiljonov Oybek (2)

Farg’ona Polotexnika Instituti Qurilish fakulteti GK va K kafedrasi 9-21 guruh talabasi Odiljonov Oybekning ,,Issiqlik texnikasi’’ fanidan tayyorlagan taqdimoti

Tayyorladi: Odiljonov O

Qabul qildi: Abdulxayev Z

Mavzu:Qozon agregatining asosiy elementlari

Mavzu:Qozon agregatining asosiy elementlari

Reja


Bug’ qizdirgichlar. Bug’ qizdirgichlar bug’ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo’ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko’ra bug’ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo’linadi. Bug’ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko’pincha vertikal joylashtiriladi. Bug’ va tutun gazlari oqimlarining yo’nalishiga qarab bug’ qizdirgichlar qarshi oqimli, to’g’ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo’linadi

Qarshi oqimli bug’ qizdirgichlarda bug’ quvurlarining birinchi (bug’ yo’li bo’ylab) o’ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o’ramlarda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug’ qizdirgichning isish sirtidan eng ko’p darajada foydalaniladi. To’g’ri oqimli bug’ qizdirgichlarda quvurlarning birinchi o’ramlari (bug’ning yo’li bo’ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta sekin pasayadi, bug’ning temperaturasi esa ko’tariladi. Buning natijasida gaz bilan bug’ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo’ladi. Agar bunda bug’ qizdirgichga nam bug’ kiradigan bo’lsa, u holda namlik bug’langanda bug’ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o’tirib qoladi, bu bug’ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling