Tutun gazlari havo isitgichning vertikal o’rnatilgan quvurlari ichida yuqoridan pastga tomon harakat qiladi. Havo kirish qutisiga gorizontal yo’nalishda kiradi va quvurlarning tashqi devorini yuvib o’tib, isiydi; so’ngra chiqish qutisidan o’txonaga kiradi. Havo tezligini gaz tezligiga nisbati taxminan 0,5 ga teng qilib olinsa, eng yuqori issiqlik berish koeffitsientiga erishiladi (15 – 20 Vt/m2K ). Regenerativ havo isitgichlari asosan yirik energetik qozon agregatlarida qo’llaniladi Aylanuvchan rotor alohida qismlarga bo’linib, ular issiqlikni yig’a oladigan metall tunukalar bilan to’ldiriladi. Aylanish jarayonida nasadka dastlab, chiqib ketayotgan gazlar bilan, so’ngra isitiladigan havo bilan yuvilib turiladi. Bunda issiqlik tutun gazlaridan sovuq havoga uzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Zoxidov R.A., Avеzov R.R., Vardiyashvili A.B., Alimova M.M. «Issiqlik tеxnikasining nazariy asoslari» o‘q. qo‘l., 1 qism, TDTU, 2005
2. Цветков Ф.Ф., Б.А.Григорев «Тепломассообмен», МЭИ, 2001
3. Zoxidov R.A., Alimova M.M., Mavjudova SX.S. Tеxnik tеrmodinamika va issiqlik uzatilishi fanidan masalalar to‘plami, TDTU, Toshkеnt, 2006
Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |