Bino va inshootlarning ekologik xafvsizligi


Download 60.47 Kb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi60.47 Kb.
#1729763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bino va inshootlarning ekologik xafvsizligi

Shahar ekologiyasi – shahar muhiti bilan yashaydigan insonning o‘zaro ta’siri va qonuniyatini o‘rganuvchi yo‘nalishdir.


Inson ekologiyasi (antropoekologiya) – atrof-muhit bilan yashaydigan insonning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi yo‘nalishdir. Ushbu termin 1921 yilda amerikalik olimlar R.Park va E.Byurgess tomonidan kiritilgan.


Inson ekologiyasining asosiy vazifasiijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish xususiyatlarining qonuniyatini va ularning inson faoliyati ta’siri ostida tabiiy atrof-muhitga hamda uning oqibati holatida taraqqiyotning mahsulotlari (oziq-ovqatlar sifatining yomonlashishi va h.k.) bilan ifloslanishini ochish hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, ekologik toza va barqaror uy-joy muhitini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar nafaqat uy-joy qurilishi sohasidagi mutaxassislarning, balki ekologiklarning ham nazaridan chetda qolmoqda. Uy-joy muhitining ekologik monitoring tizimi uy-joy qurilishi amaliyotida ko‘pchilik holatda hozirgi kungacha mavjud emasligini ta’kidlash etarlidir.


Xuddi shuningdek, turar joy va jamoat binolarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishida va foydalanuvchilarning so‘rovlari darajalanishida, mahalliy va xorijiy me’yorlar bir-biriga yaqinlashishi sharoitida ekologik talablar doimo o‘sib bormoqda. Shuning uchun zamonaviy sharoitlarda turar joylardan foydalanish va qurilishni loyihalashda ekologik talablarga rioya qilinishi mutlaqo majburiydir. Aks holda baqaror rivojlanishning muhim ko‘rsatgichlaridan biri, yuqori ekologik asoslangan yashash sifatining yaratilishi va saqlanishi amalga oshmaydi.


Atrof-muhit holati va uy-joy sharoitlari o‘rtasida uzluksiz bog‘lanish mavjud. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonoti bo‘yicha “uy-joy atrof-muhit bilan birgalikda bog‘langan binolarning keng majmualarini va kommunal qulayliklarini o‘zida ifodalagan hamda ekologik omil, ya’ni aynan bir xil bo‘lmagan uy-joy. hisoblanadi”.

Binolarning tashqi va ichki ifloslangan havodan, shovqindan, tebranishdan, elektromagnit maydondan va boshqa zararlar ta’siridan himoya qilish insonlar salomatligining va yaxshi atrof-muhitning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan bu g‘oya 1992 yil Rio-de-Janeyro va 2002 yil Ioxanessburg shaharlarida qabul qilingan barqaror rivojlanish va atrof-muhit masalalari bo‘yicha deklaratsiyalarda30 “barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha faoliyat chegarasida e’tiborning asosiy ob’ekti insonlar tabiat bilan hamohang tarzda sog‘lom va sermahsul hayot kechirish huquqiga ega hisoblanadi” deb qayd etilgan. Bu esa sog‘lom ekologik “toza” uy-joylarni tashkil topishida muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.





Download 60.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling