Бинолар ва иншоотлар давлат кадастрини юритиш тартиби


Download 443.21 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi443.21 Kb.
#1765706
Bog'liq
Elboy. Soliq (1)


“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING
QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
Fanning nomi: Soliq va soliqqa tortish.
Bajardi: Yoqubov Elboy
Foyda solig‘ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi.
Mavzu
Reja
1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi.
2. Foyda solig‘ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991-yilga qadar asosan dalat korxonalari foydasidan
ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi.Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy toʻlov boʻlib, u korxonalar balans
foydasining 90 foizgacha boʻlgan qismini budjetga olib ketar edi. Qolgan mablagʻlar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirigʻiga
koʻra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar oʻrniga daromad soligʻini joriy etish zarurati paydo boʻldi va 1992-yildan boshlab barcha turdagi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar “Daromad” soligʻini toʻlashga oʻtdilar.
2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23-moddasiga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Soliq kodeksiga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilari boʻlib, moliya yilida soliqqa tortiladigan foydaga ega boʻlgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo soliqqa tortishning alohida tartibiga oʻtgan korxonalar, jumladan yagona soliq toʻloviga oʻtgan mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari, yagona yer soligʻi toʻlovchi qishloq xoʻjalik tovari ishlab chiqaruvchilar bu soliqni toʻlovchisi hisoblanishmaydi. Ular oʻzlari uchun ixchamlashtirilgan soliqni toʻlaydilar.
Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq toʻlovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti deb,Oʻzbekistonda ta’sis etilgan yoki roʻyxatdan oʻtgan hamda bosh korxonasi Oʻzbekistonda joylashib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar
Oʻzbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda soligʻiga tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari esa, faqat Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatishdan olgan daromadlari boʻyicha soliqqa
tortiladilar. Rezidentlar doimiy faoliyat koʻrsatuvchilar boʻlsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik harakterga ega boʻladi.
Yuridik shaxslar foyda soligʻi toʻlovchilari boʻlishi uchun qoʻyidagi shartlarga javob berishi kerak:
- ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan ta’qiqlangan faoliyatdan tashqari);
- oʻzining mol-mulkiga ega boʻlishi;
- mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega boʻlishi;
- bankda hisob raqamiga ega boʻlishi;
- identifikatsion raqamga ega boʻlishi.
- mahalliy hokimiyat organlaridan roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi
Soliq kodeksining 127-moddasiga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ob’yekti boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda toʻlov manbaidan soliq solinadigan daromadlar hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza esa jami daromad bilan chegirib tashlanadagan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi (Soliq kodeksining 128-
moddasi).

Soliq davri

Kalendar yil soliq davridir.

Yilning choragi hisobot davridir.

(Soliq kodeksining 338-moddasi)

Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi

Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay;

Soliq davri yakunlari bo'yicha – soliq davri oʼtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.

(Soliq kodeksining 339-moddasi)

To'lov muddati

1) hisobot davri yakunlari boʼyicha – hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay;

2) soliq davri yakunlari boʼyicha – soliq davri oʼtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;

3) hisobot davri yakunlari boʼyicha jami daromadi besh milliard soʼmdan oshadigan soliq toʼlovchilar har oylik boʼnak toʼlovlarini oyning 23-kunidan kechiktirmay;

(Soliq kodeksining 340-moddasi)

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.A.VAHOBOV, A.JOʻRAEV SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH

ТОШКЕНТ-2009

2. HTTPS://soliq.uz sayti.

3. O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksi.


Download 443.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling