3. Taraflarning huquq va majburiyatlari
“Ijaraga beruvchi” ning huquqlari:
3.1.1. “Ijara obyekti” va unga tutash maydonlarning “Ijaraga oluvchi” tomonidan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini, uni ozoda saqlanishi, yongʻinga qarshi va sanitariya qoidalariga amal qilinishini koʻzdan kechirib borish, zaruratga asosan dalolatnoma yoki boshqa hujjatlar tuzish;
3.1.2. Ijara haqini tegishli muddatlarda toʻlanishini talab qilish, “Ijaraga oluvchi” bilan birgalikda hisob kitoblarni solishtirish dalolatnomalarini tuzish.
3.1.3. Shartnoma shartlarini oʻzaro yoki sud orqali tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.
1
“Ijaraga beruvchi”ning majburiyatlari:
3.2.1. “Ijara obyekti” nizosiz ekanligi va oʻziga tegishli ekanligini tegishli hujjatlar bilan asoslash;
3.2.2. Ijara obyektini sotishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirishi toʻgʻrisida 1 kun oldin “Ijaraga oluvchi”ga maʼlum qilish.
1
“Ijaraga oluvchi” ning huquqlari:
3.3.1. Ijara obyektidan ushbu shartnomada belgilangan muddatda va tegishli maqsadga muvofiq foydalanish;
3.3.2. Shartnomani bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa xujjatlarni talab qilish va olish.
1
“Ijaraga oluvchi” ning majburiyatlari:
3.4.1. Ijara obyektidan maqsadga muvofiq foydalanish;
3.4.2. Binodan, asbob uskunalar va inventardan tegishli ravishda foydalanish;
3.4.3. Bino va uning xududini ozoda saqlashi, barcha sanitar, yongʻinga qarshi va elektr energiyadan foydalanish qoidalariga amal qilish;
3.4.4. Ijara obyektini xavfsizligini taʼminlash.
3.4.5. Ijara shartnomasi muddati tugagach, “Ijara obyekti”ni, inventarlarni, asbob uskunalari va boshqa mulklarni “Ijaraga beruvchi”ga toʻliq ravishda topshirish.
3.4.6. “Ijaraga beruvchi” ning yozma roziligisiz ijara obyekti bilan bogʻliq huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek “Ijara obyekti”ni subijaraga bermaslik.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |