“Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati


 bob. Korrupsiyaviy harakatlarga doir xabarlar


Download 187.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana25.10.2023
Hajmi187.1 Kb.
#1721662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Коррупция Низоми lotin

6 bob. Korrupsiyaviy harakatlarga doir xabarlar 


77. Direksiya xodimlarining harakatlari qonuniyligi yoki etikaga mosligi 
yuzasidan shubha, korrupsiyaviy harakatlar yoki boshqa qoidabuzarliklar bilan 
bog‘liq taxminlar yoki sodir etilganligiga oid asosli gumonlar yuzaga kelgan taqdirda 
ular haqida Direksiyaning umumfoydalanuvidagi aloqa kanallari orqali ochiq xabar 
berilishi mumkin. 
78. Direksiya o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida 
qoidabuzarlikka oid asosli axborotni taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlar 
maxfiyligini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan 
holatlar bundan mustasno.
79. Direksiya o‘z xodimlari manfaatlarini himoya qiladi va boshqa 
xodimlarning shubhali xulq-atvori yoki mazkur Siyosatning korrupsiyaga qarshi 
kurashish talablari buzilgan bo‘lishi mumkinligi haqida vijdonan xabar bergan 
xodimlarga nisbatan ishdan bo‘shatish, lavozimini tushirish, diskriminatsiya, zulm 
o‘tkazish, ta’qib qilish singari o‘ch olish harakatlariga yo‘l qo‘yilmasligini 
kafolatlaydi. 
80. Direksiyaning aloqa kanallari orqali kelib tushgan barcha xabarlar 
Direksiya mas’ul shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
Direksiyadagi korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risida xabar berishga mo‘ljallangan 
aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqishga 
oid ichki hujjatlar va Direksiyaning boshqa ichki hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va 
xolisona ko‘rib chiqiladi.
81. Direksiya xodimlari tomonidan ataylab yolg‘on xabar yuborish mazkur 
Siyosat talablarini buzish va etikaga zid xulq-atvor namunasi sifatida baholanadi, bu 
haqida xabar bergan shaxs esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
va Direksiyaning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Download 187.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling