7 bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgarishlar kiritish tartibi
82. Mazkur Siyosat quyidagi hollarda qayta ko‘rib chiqilishi va to‘g‘irlanishi
mumkin:
mavjud korrupsiyaga qarshi siyosatlar va tartib-taomillarni qayta ko‘rib
chiqish zaruratini yuzaga keltiruvchi O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga
qarshi kurash sohasidagi qonunchiligi o‘zgarganda;
samarasiz korrupsiyaga qarshi nazorat tadbirlari va tartib-taomillari
aniqlanganda, shuningdek Direksiya faoliyatida korrupsiyaning oldini olish hamda
unga qarshi kurashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni takomillashtirish zarurati
yuzaga kelganda;
Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi va/yoki funksiyalarining o‘ziga xos jihatlari
o‘zgarganda va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |