Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar
Binolarning jismoniy va ma’naviy eskirishi
Download 399 Kb.
|
bino ishot
1.5. Binolarning jismoniy va ma’naviy eskirishi.
Jismoniy eskirish deganda bino qurilishi uchun ishlatiladigan ashyoning boshlang’ich sifatini doimiy ravishda yoqotib borilishi tushuniladi. Buning natijasida esa ashyoning ekspluatatsiyaviy xossasining yomonlashuvchi va uning narxini pasayishi ro’y beradi. Binoning jismoniy eskirishini omillarning 3 ta guruhi keltirib chiqarishi mumkin:
Tabiiy omillarning ta’siri. Texnologik yoki funksional omillarning ta’siri. Loyihalash va qurilish jarayonlaridagi nuqsonlar orqali. Binoning jismoniy eskirganlik darajasini bilish nafaqat uni qayta tiklash uchun kerak bo’lgan xarajatlarni hisoblash uchun ahamiyat kasb etadi, asosan binoning remont qilinishi davriyligini aniqlash uchun kerak. Binoning jismoniy eskirishi aniq belgilashda qator qiyinchiliklarga duch kelinadi: I qiyinchilik – har qanday binoning turli-tuman konstruksiyali, narx, chidamliligi, ahamiyati bo’yicha turlicha bo’lgan turli-tuman konsturksiyalar majmuasidan iborat ekanligi; II qiyinchilik shundan iboratki, binoning eskirishi va buzilishi odatda qator tabiiy, himiyaviy, elektrohimiyaviy, mexanik omillar ta’sirida yuz berib, ularning mazkur muayyan holatida har birini roli turlicha va uni aniqlash va baholash nihoyatda qiyin; III qiyinchilik – bu bino eskirishini o’lchash uchun xoliz ko’rsatkichlarni yo’qligi. Hozirgi vaqtda binoning eskirishi uning ayrim qismlarining eskirishini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Konstruksiyaning haqiqiy holati bo’yicha jismoniy eskrishni aniqlash usulining mohiyati shundan iborat: binoning har bir konstruktiv unsurini yaxshilab ko’rikdan o’tkazish yo’li bilan uni eskirishiga tavsifliroq bo’lgan belgilar aniqlanadi va shu asosda % larda eskirish darajasi o’rnatiladi.
Texnik holatning 5 ta bahosi o’rnatilgan: yaxshi – (eskirish 0-20%); qoniqarli – (21-40%); qoniqarsiz – (41-60%); puturdan ketgan – (61-80%); yaroqsiz – (80% dan oshiq). Agar jismoniy eskirish – bu binoning qurish uchun ishlatilgan ashyoga tegishli ayrim hossalarning ko’rsatkichlarini pasayishi nazarda tutilsa, ma’naviy eskirish jamiyatning turar-joy va jamoat binolariga bo’lgan ijtimoiy extiyojini va ilmiy texnika ravnaqi talablariga binolarning mos emasligini ko’zda tutadi. Binolarning hoh jismoniy, hoh ma’naviy eskirishini kapital remont qilish orqali bartaraf etish mumkin. Jismoniy eskirish turli usullar bilan aniqlansa ham, barcha hollarda quyidagi formala yordamtida hisoblanadi:
Si – binoning qayta tiklash narxidan i-unsurning narxini solishtirma vazni %; Unsurlarning narxini o’rtacha solishtirma vazni ularni to’liq qayta tiklashni hisobga olgan holda binoning barcha unsurlarini narxdan kelib chiqqan holda har bir turdagi va seriyadagi binolar uchun aniqlanadi.
Sv- binoning qayta tiklash narxi, so’m. Jismoniy eskirishning qiymati binoning texnikaviy holati asosida aniqlanadi. Jismoniy eskirishi jismoniy qiymatlari bilangina emas, sifat ko’rsatkichlari bilan ham tavsiflanadi. SHu sababdan jismoniy eskirish qiymatini baholashda eskirish tavsifidan foydalaniladi. Jismoniy eskirishning qiymati yo’l boshidagi va yo’l davomidagi eskirish qiymatlarning yig’indisi orqali aniqlanadi. IfIfbIfy (3) Turar-joy va jamoat binolarining jismoniy eskirishini aniqlash uslubida 9 ta yiriklashtirilgan unsurlarning: poydevorlar, devor va o’rta devorlar, orayopmalar, tom va tom qoplamalari, pollar, deraza va eshiklar, pardoz ishlari, ichki sanitar texnik va elektrotexnik qurilmalar va boshqa shu kabi ishlarning eskirish shkalasiga mos keluvchi jismoniy eskirish alomatlarini aniqlashni ko’zda tutadi. Eskirish alomatlari qo’llaniladigan ashyolarning turi bo’yicha detallashtirilgan. Har bir alomatiga joriy remontdan to’la qayta tiklashgacha bo’lgan ishlar yig’ilishi mos keladi. Binolarni rejaviy-ogohlantiruv remonti tizimi haqidagi amaldagi holatlar quyidagilarni ko’zda tutadi:
Bino va inshootlarning kapitalligi bo’yicha turkumlari; Binolarning, xususan ularning konstruktiv unsurlari, pardozlari, muxandislik qurilmalarning me’yoriy o’rtacha xizmat muddatlari; Binolarning obodonchiligini saqlash va yaxshilash bo’yicha asosiy ko’rsatmalar; Remontlarning turlari va ishlarning asosiy turlarining ro’yxati. Ko’riklarning davriyligi va turli xil remont ishlarini o’tkazish; Remontlarning va binolarning obodonchiligini mukamallashtirish bo’yicha qilinadigan ishlarni moliyalashtirish tartibi; Binolarning joriy va kapital remontini takomillashtirish haqida ko’rsatma. Binolar ko’rigini 3 turi yo’lga qo’yilgan: Umumiy – bino konstruksiyalari va ularning ximoya qatlamlari, muxandislik qurilma unsurlari va obodonchilik holatlari bilan birgalikda to’la tekshiruvdan o’tkaziladi; Qisman – bunda binoning faqat ayrim unsurlari yoki qurilmalari, masalan, shiftlar, isitish markazlari, suv o’tkazgich, oqava suv tarmog’i tekshirib chiqiladi; Navbatdan tashqari – bino unsurlariga jiddiy shikast etkazgan sel, bo’ron, qor yog’ishi, suv toshqini va boshqa shu kabi ofatlardan keyin. Rejaviy ogohlantiruvchi remontlar 2 xil bo’ladi: Joriy.
Kapital.
Joriy – bunday remont qurilish ishlari binolarni va ularning konstruktiv unsurlarini va muxandislik qurilmalarini vaqtidan avval buzilishidan asrashni, hamda qurilish konstruksiyalari va qurilmalaridagi matsda nosozliklar va shikastlanishlarni bartaraf etish ko’zda tutadi. Joriy remont ham o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: a) profilaktik joriy remont – hajmi, narxi va bajarilishi vaqti bo’yicha rejalashtiriluvchi: b) kutilmagan joriy remont- binoni ekspluatatsiya qilish jarayonida chiqib qoluvchi va odatda zudlik bilan amalga oshiriluvchi. Kapital remont bino konstruksiyalari va unsurlarini eskirish darajasini pasaytirish uchun ularni almashtirish yoki kuchaytirishdan iborat. Kapital remont quyidagilarga bo’linadi: a) majmuiy; b) tanlanma. Majmuiy remontning asosiy turi bo’lib unda binoning umumiy xizmat muddatini belgilovchi konstruksiyalardan (poydevorlar, devorlar, kalonnalar, karkaslar) tashqari barcha konstruksiyalar almashtiriladi. Unga quyidagi ishlar ham kiradi: xonalarni qayta rejalashtirish, bino obodonchiligini yaxshilash va shu kabilar. Tanlanma – holati bundan keyin ekspluatatsiya qilish uchun yaroqsiz bo’lib qolgan binoning ayrim unsurlari tom qoplama, fasad suvog’i, orayopmalar, o’rta devorlar, zinalar almashtiriladi yoki qayta tiklanadi. Har qanday inshootning ishonchliligi belgilangan chegaralardan o’zining funksional vazifasini ta’minlovchi ma’lum parametrlarni (mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik, temperatura-namlik rejimi va boshqalar) saqlash qobiliyati hisoblanadi. Binoning ishonchligi asosan texnik ekspluatatsiya bo’yicha barcha tadbirlar majmuasi bajarilgan tarzda ta’minlanadi. bU tadbirlar ichida rejaviy-ogohlantiruv va kapital remont bosh ahamiyatga ega. Ishonchlilikni yo’qolishi esa eskirishga olib keladi.
Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling