Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar


Download 399 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi399 Kb.
#1242144
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bino ishot


Binolarga tabiiy va texnologik ta’sirlar.


Tabiiy omillarning ta’siri. Bino ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda ikki guruh omillar ta’sirida bo’ladi:


  • tashqi yoki tabiiy;


  • texnologik yoki funksional jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan.


Tabiiy omillar juda ko’p ko’rinishda bo’ladi. Ular binoga er ustidan va er ostidan, hamda iqlimiy, gidrogeologik va boshqa sharoitlarga ko’ra har xil ko’rinishda ta’sir etishi mumkin. Bu omillarning ta’sirini loyihalashda, ekspluatatsiya qilish davrida to’g’ri hisobga olish binoni qurish va ekspluatatsiya qilishda kam xarajat va kuch sarflab belgilangan umrboqiylikka erishishda muhim ahamiyatga ega.



Havo muhitining ta’siri. Atmosfera tarkibidagi chang va gazlar binoni buzilishiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Ifloslangan havo ayniqsa namlik bilan qo’shilganda qurilish konstruksiyalarini erta eskirishini, zanglashi va ifloslanganini, yorilib ketishi va emirilishini keltirib chiqaradi.

SHu bilan birga toza va quruq atmosferada tosh, beton va hatto meal yuz va ming yillab saqlanishi mumkin. Demak bu ashyolar saqlangan havo muxiti kam tajavvuzlar yoki no tajavuzlar muhit deyiladi.

Xavoni ifloslantiruvchi asosiy omil - har hil yoqilg’ilarning yonish mahsulidir. SHu sababdan shaxar va sanoat markazlarda metalning zanglashi ko’mir va neft mahsulotlari xam yoqiladigan qishloq joylariga qarganda 2-4 marta tezroq sodir bo’ladi. Havoning gaz va qattiq zarrachalar bilan ifloslanishni qish vaqtda yuqoriroq va u yoqilg’ining tasiriga bog’liqdir. Atmosferani changsimon yoqilg’i ko’proq ifloslantiradi, chunki bunday yoqilg’i yonganda havoga tutun bilan birga katta miqdorda kul va chang ko’tariladi. Tabiiy gaz va havoni eng kam ifloslantiruvchi yoqilg’i hisoblanadi.

Ko’pchilik yoqilg’ilarning yonishidan hosil bo’luvchi mahsulot karbonat angidrid (SO2) va oltingugurt angidridi (SO2). Karbonat angidridning suvda erishi natijasida yonishnig provard mahsuloti ko’mir kislota hosil bo’ladi. U beton va boshqa ashyolarga emiruvchi sifatida ta’sir etadi.

Agar yoqilg’ida faqatgina 1% oltingugurt bor deb hisoblasak (yoqilg’ilarning ko’pgina turlarida oltingugurtning miqdori 7-10% ga etadi), u holda yirik shahar ustida har yili 10-20 ming tonna quyultirilgan oltingugurt kislotasining bug’i va har bir kvadrat kilometr maydonga 100-600 tonna kul yog’adi. Oltingugurt kislotasining bug’lari bino va inshootlarga o’tirib ularni buzadi; jumladan ular ohaktoshlarni sulfat tuziga aylantiradilar va ular namlikda erib konstruksiyadan yuvilib ketadi.

Ko’mir va oltingugurt kislotasidan tashqari tutunlardan va boshqa (yuzdan ortiq) zararli moddalar: azot va fasfor kislotalari, qatronli va boshqa moddalar, yonmay qolgan zarrachalar hosil bo’ladi. ular konstruksiyaga tushib ularni ifloslantiradi va emirilishiga olib keladi.

Dengiz bo’yi rayonlari atmosferasi tarkibida xloridlar oltingugurt tuzlari va boshqa qarilish ashyolariga zararli bo’lgan moddalar bo’lishi mumkin. Ammiak va kisloroddan boshqa deyarli barcha gazlar kislota hosil qiluvchilardir. Betonga ta’sir etish darajasi bo’yicha tajavvuzkorlik muhit 3 guruhga bo’linadi:


  1. Zaif tajavuzkorlar: S9 –oltingugurt uchlarida, SO2-karbonat angidrid, SiF4 –to’rt ftorli kremniy;


  2. O’rtacha tajavuzkor: SO2 – oltingugurt gazi; N2S – oltingugurt vodorod;


  3. Kuchli tajavuzkor: Cl2 – xlor, SO3 – oltingugurt angidridi, HCl- xlorid kislota bug’i, HF – plavik kislotasining bug’i, NO2 – azot ikki oksidi.



Nisbiy namlik miqdori namlanish iyutidosidan past bo’lgan xonalar quruq va me’yoriy namlikda deyish mumkin – ularda metall deyarli zanglamaydi. Agar xonadagi namlik namlanish tbtidosidan yuqori bo’lsa, ya’ni unda nam va xo’l jarayonlar sodir bo’lib, bu holda u jarayonlarni zanglashni baholashda hisobga olish mumkin.

Atmosfera namligining ta’siri. Ashyolarning strukturasini buzilishda asosiy rolni namlik bajaradi: u ko’pchishni, chirish va zanglashni, havollik va bo’shliqlardagi suvni muzlash oqibatida mexanik buzilishni keltirib chiqaradi.

Inshootlarga ta’sir turli-tumanligi bo’yicha namlik universal omil hisoblanadi. Qurilish konstruksiyalarining namlik va tajavuzkor moddalarning kirishi uchun qulayroq bo’lgan eng nozik joylari ulamalar, deraza va eshik kesaklarining konstruksiyalar bilan tegib turadigan joylari, turli issiqlik ko’priklari hisoblanadi.

Konstruksiyalarda namlik suv yoki muz ko’rinishida bo’lishi mumkin. Konstruksiyaning tabiiy namlanish tomchi-suyuqlik yoki kondensatsiyali bo’lishi mumkin.

Tomchili-suyuq namlanish shikastlangan tomqoplama yoki boshqa konstruksiyadan devorga uriluvchi qiya yomg’ir, hamda erigan qordan hosil bo’luvchi suvlarni kirib borishi oqibatida yuz beradi. YOmg’ir suvi nisbatan tozaligiga qaramay, ifloslangan havodan o’tayotganida ammoniy tuzlarini karbonat va oltingugurt kislotasini va boshqa shu kabi zararli moddalarni o’ziga qo’shib oladi, konstruksiyaga kirgan bunday suyuqlik uni buzishga olib keladi.

Devorning tashqi qatlami tosh yoki zich betondan iborat bo’lgan holda unga suv bir necha mm gagina o’tishi mumkin va quyosh nuri va shamol ta’siri ostida osongina bug’lanib ketadi. g’ovakli konstruksiyalarda, hamda choklari yaxshi bajarilmagan bir qatlamli yirik o’lchamli konstruksiyalarda yomg’ir namligi devorga chuqur kiradi, hatto bu namlik xona ichiga ham o’tib ketadi.

Trotuarga tushayotgan suvning sachrashidan hosil bo’luvchi devordagi namlanish zonasi 50 sm gacha etadi. SHu sababdan binoning zich yuzaga ega bo’lmagan sokol qismi ancha tez buzuladi.

Tomchili – suyuq namlanishdan farqli, konstruksiyalarning kondensatsiyali namlanishi suv bug’larining havo bilan birga harakatlanishi natijasida yuz beradi.

Hoh tabiiy, hoh sun’iy bo’lsin qurilish ashyolari o’zining tarkibi bo’yicha bir jinsli bo’lmagani uchun suv va undagi tuz va kislotalar, hamda shamol ta’siri ostida ular notekis buzuladi. Konstruksiyalarni tuzli eritmasi bilan ko’p marta va uzoq vaqt namlanib turilishi ularni buzulishga olib keladi. Metall konstruksiyalar barcha kislotalarning ta’siri ostida korroziyaga duchor qilinadi. Tosh ashyolardan ayniqsa suvdagi karbonat kislotasiga H2CO3 bo’lgan sezgirlik ohaktoshlarda, dolomitlarda, ohakli bog’lovchilardagi qumloqlar va ushbu jinslardan iborat chaqiqtoshli betonlar ayniqsa kuchli namoyon bo’ladi. Karbonat kislotasining ashyolar bilan o’zaro ta’siri natijasida konstruksiya yuzasida ko’karishlar hosil bo’ladi, ajralgan ohak chiqib qoladi.

Quyosh nuri va namlikning ta’siri ostida tosh ashyolar ko’pincha rangsizlanadi, bunda rang o’zgarishi deb bo’lmaydi. Masalan, temiri bor jinslar uning oksidlanish natijasida o’z rangini o’zgartiradi, biroq ularning yuzasini mustahkamligi bu holda hatto oshadi ham.



Grunt suvlarining ta’siri. Tabiatda grunt suvlari 3 turda mavjud bo’ladi:


  1. bog’langan (ximiyaviy, gigroskopik, so’rilgan yoki pardasimon);


  2. erkin yoki suyuqlik ko’rinishida;


  3. bug’ ko’rinishida, g’ovaklar bo’yicha harakatlanuvchi.


Grunt suvlarining tajavvuzkorligini baholashda uning tavsifi o’zgaruvchan ekanligini nazarda tuish lozim: vaqt o’tishi bilan inshootning er osti qismida suv rejimi o’zgarishi mumkin va bunday holda muhitning tajavvuzkorligi oshishi yoki kamayishi mumkin.

Grunt suvlarining kapillyar ko’tarilishi oqibatida yuqoriga anchagina balandlikka ko’tarilishi mumkin, hamda gruntning yuqori qatlamlarini suvga bo’ktirish mumkin.

Ayrim inshootlarda kapillyar va grunt suvlari birga qo’shilib ketib inshootning er osti qismini suvda qoldirishi mumkin, buning natijasida esa konstruksiya korroziyasi kuchayadi, asosning mustahkamligi pasayadi. Grunt suvlarining minerologik tarkibini o’zgartirish, ularning inshoot er osti qismiga nisbatan bo’lgan tajavvuzkorligini o’zgartiradi. Namlik mo’l-ko’l bug’lanuvchi quruq iqlim rayonlarida, yog’ingarchilik bo’lmagan davrda, gruntning yuqori qatlamlarida, ya’ni inshootning er osti qismlarida suvning minerallanishi oshib ketadi.



Salbiy temperaturaning ta’siri.

Ayrim konstruksiyalar damo-dam namlanuvchi va davriy muzlash sharoitlarida joylashganlar.

smAshyo bo’shliqlaridagi suvning muzlash natijasida uning hajmi oshadi, bu esa ichki kuchlanish holatini keltirib chiqaradi. YOpiq bo’shliqlardagi muz bosimi 200 kg2 gacha bo’lgan qiymatlarga chiqadi.



Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling