Binolarning o`tga chidamliligini oshirish


Download 72.15 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi72.15 Kb.
#1592095
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bino ning konstruktiv elementlari va sxemalari222

В toifa—portlash va yong'inga xavfli tc;fadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo'lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati 28 dan 61 °C gacha bo'lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo'lgan chang va tolalar bo'lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko'proq miqdorda to'planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi kompressor stansiyalari, detallami kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.
D toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga bug'larining chaqnash harorati 61 °C dan yuqori bo'lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo'lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko'mir kukuni hosil qilish va yog'ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.
E toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho'g'lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo'lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg'i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar,
eritish va quyish sexlari, marten sexlari ana shu toifadagi korxonalardandir.
F toifa—yong'inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular sirasiga kiradi.
Omborlar va ba’zi tashqariga o'matilgan hajmli idishlarni yong'inga hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlar- ning yong'inga va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha aniqlanadi.
Bundan tashqari ba’zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham yong'inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog'liq bo'lgan sanoat korxonalarining yong'inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 foizdan ortiq qismida portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo'qmi ekanligini aniqlash kerak.
Portlashga xavfli aralashma miqdorini hisoblashda quyidagi mulohazalarga e’tibor beriladi:
1) apparatlarning biridan avariya natijasida bino xonasiga xavfli moddaning katta miqdori to'kilishi mumkin;
2) apparatdagi hamma modda tashqariga chiqariladi, bir qismi esa avariya tizimi orqali boshqa idishga o'tkazib yuboriladi;
3) ta’minlovchi trubalardan birida modda to'kilishi xavfi yuzaga keldi va bu oqimni to'xtatib qo'yish davrida ma’lum miqdorda to'kilishi mumkin, avtomatik ravishda to'xtatganda
2 min, qo'lda to'xtatganda 15 min;
4) to'kilgan suyuqlik yuzasida bug'lanish hosil bo'lishi mumkin. Bunday hollarda to'kilgan suyuqlik yuzasini hisoblaganda, agar ma’lumotnomalarda shunga tegishli ma’lumot yo'q bo'lsa, 1 m2 yuzaga 1 1 suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi;
5) normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi bo'yalgan yuzalardan bug'lanishni e’tiborga olish lozim;
6) suyuqliklar va suyultirilgan gazlarning bug'lanish davrlari, shu suyuqlik va gaz to'la bug'lanishgacha o'tgan vaqt hisoblanadi, ammo bu vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak;
7) muhitda portlashga xavfli aralashma hosil bo'lishi aralashma alangalanishining quyi chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;
8) hamma hollarda sanoat korxonasi xonasining bo‘sh hajmi, ya’ni mashina va mexanizmlar o‘matilmagan hajmi hisobga olinadi yoki xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi.
Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona hajmining 5 foizini bir soatdan kam bo'lgan vaqtda to'ldirgan bo'lsa, bunday sanoat korxonasi yong'inga va portlashga xavfli toifaga kiradi.
Agar aralashma miqdori portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan xonaning 5 foizdan ortiq hajmini qoplashga yetarli bo'lgan miqdorga yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to'g'ri kelsa, unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga asosan, uning xonani qoplashini hisobga olgan holda, portlash xavfi yo'q hisoblanadi.

Download 72.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling