Binolarning tiplari
Download 0.98 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-rasm. Prokat polatlar va shakldor tushamalarnipg turlari
- Elektrodlar;
Shakldor po'lat to'shama (28-rasm, ye-i) – qalinligi 0,8-1 mm bo'lgan rux tunukadan tayyorlanadi. Chuqur profilli tunukalar tom yopish uchun ishlatiladi; yuza profilli tunukalardan esa devor panellari tayyorlanadi.
Po'lat konstruksiyalar shakldor prokat metall, trubalar va po'lat listdan tayyorlanadi. Ular yassi va fazoviy, yaxlit yoki panjarasimon devorchali bo'ladi. a) b) v) g) g) y) j) z) i) 28-rasm. Prokat po'latlar va shakldor tushamalarnipg turlari: a – po'lat polosa; b – teng tokchali burchakli po'lat; v – tokchalarining eni har xil burchakli po'lat; g – shveller; 9 – qo'sh tavrli to'sin; y, j – polga ishlatiladigan shakldor tushama; z, i – devorga ishlatiladigan shakldor list Kolonnalar – yaxlit yoki panjarali, kesimi boshdan oxirigacha bir xil yoki har xil bo'ladi. Kranosti to'sinlari (balkalari) – prokat profilli qo'shtavr yoki bikirlik qovurg'alari bo'lgan, payvandlab ulangan, qo'shtavrsimon. Fermalar – burchakliklar, trubalardan yasalgan, sterjenli yassi konstruksiyalardan iborat. Ular panjarasining ko'rinishiga qarab, uch burchakli, bir tomonga nishab, ikki tomonga nishab va parallel belbog'li bo'ladi. Strukturali tom yopmasi trubalar yoki shakldor prokatlardan yig'ilgan fazoviy sterjenli plitalardan iborat. Elektrodlar; metall konstruksiyalarni payvandlab ulash uchun ishlatiladigan elektrodlar diametri 1,6-1,2 mm va uzunligi 250-400 mm bo'lgan sim sterjenlardir. Qurilishlarda E-42, E-42A, E-50 tipidagi elektrodlardan keng foydalaniladi. Ana shunday elektrodlar ishlatilgan payvand choklar juda mustahkamligi bilan ajralib turadi. 42, 50 raqamlari chokning kafolat berilgan, ya'ni garantiyalangan mustahkamlik chegarasini kg/mm2 larda ifodalaydi. Payvandlash simidan avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda foydalaniladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling