10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi
Download 343.91 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Yer osti suvlarining paydo bo`lishi.
10-MAVZU: YER OSTI SUVLARINING GEOLOGIK ISHI. Reja: 1. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi. 2. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. 3. Yer osti suvlarining geologik ishi. Tayanch iboralar: Yer osti suvlari, gidrogeologiya, erosti suvlarining turlari: kondensatsion, yuvenil, sedimentogen, singenetik, epigenetik, suv o`tkazmaydigan qatlam, bosimli suvlar, artezian suvlar, mineral suvlar, suffoziya, karst, ko`chki, travertina, geyzerit. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi. Yer yuzasidan pastda, tog` jinslarining bo`shliq va darzliklarida uchraydigan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Bunday suvlar yer qatlamlari orasida ko`p tarqalgan va xalq xo`jaligini rivojlantirishda, aholini, shahar hamda qishloqarni suv bilan ta`minlashda, gidrotexnik va sanoat inshootlarini qurishda, sug`orish ishlarida, kurort va sanatoriylar va boshqa sohalarda muhim ahamiyatga ega. Yer osti suvlarining geologik ishi g`oyat xilma - xil. Ular tog` jinsilari orasidagi minerallarni va karbonatli tog` jinslarini eritadi, qumoq jinslarni yuvadi va g`orlarni hosil qiladi. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi, tarqalishi, harakati, miqdori, sifat o`zgarishi bilan gidrogeologiya fani shug`ullanadi. So`nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida atmosfera yog`inlarining 70% dengizga quyilishi, 25 foizga yaqini bug`lanishi, 5 foizdan ortig`i er ostiga singib ketishi aniqlangan. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi. Tog` jinslari orasidagi suvlar, birinchidan yog`inlarning er ustidan qum va toshlar orasiga qisman sizib o`tishi, ya`ni infiltratsiya yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan, O`zbekistonda har yili atmosfera suvidan tashqari sug`orish tizimidan 8 milliard m 3 suv shimilib, erosti suviga qo`shiladi. Ikkinchidan, erosti suvlari suv bug`larining kondensatsiyasi jarayonida ham paydo bo`ladi. Bu vaqtda er ichidagi suv bug`lari sovib, suvga aylanadi. Tog` jinslarida suv bug`i ko`p tarqalgan bo`ladi, bu esa ularning elastikligini orttiradi, tuproqning yuqori bosimi ta`sirida bug` yana havoga ko`tariladi. Demak, kondensatsiya jarayoni suv bug`ini tuproqqa olib kiradi va undan olib chiqadi. Tog`li erlarda, dashtlarda, doimiy muzloq o`lkalarda suv bug`lari eng ko`p kondensatsiyalanadi. Hozirgi kunda tog` jinslaridagi suvlarni quyidagi turlarga bo`lib o`rganiladi. 1. Bug` ko`rinishdagi suvlar. 2. Fizik bog`langan suvlar: gigroskopik va plyonkasimon suvlar. 3. Erkin suvlar: kapillyar va gravitatsion suvlar. 4. Qattiq holatdagi (muz) suvlar. 5. Kristallashgan (kristallogidratlar) va kimyoviy birikma (gidroksil) holatidagi suvlar. Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Ular tog` jinslari orasidan ko`pincha nishab tomonga qarab sizib o`tadi. Relefning bunday joylaridan erosti suvlari buloq yoki sizot suvi tarzida chiqib turadi. Bunday suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o`zlashtirilgan joylarda ko`plab uchraydi. Yer osti suvlari kelib chiqishi bo`yicha yuvenil, sedimentogen, singenetik, epigenetik suvlar ajratiladi. Yuvenil suvlar. Yer po`stining ichki qismidagi magmadan ajralayotgan minerallashgan issiq suv bug`larining erosti suvlariga aylanishidan hosil bo`ladi. YUvenil suv erning chuqur qatlamlarida va tez - tez vulkan otilib turadigan o`lkalarda ko`p uchraydi. Sedimentogen (yunoncha cho`kindi) suvlar eng chuqurdagi cho`kindi jinslari qatlamlari orasidagi yuqori darajada minerallashgan (sho`rlangan) erosti suvlaridir. Olimlarning hisoblashicha bu suvlar genezisiga ko`ra dengiz suvidan paydo bo`lgan. Ularning ikki - singenetik va epigenetik turlari tabiatda ko`p uchraydi. Singenetik (yunoncha singenez - cho`kindi bilan bir vaqtda hosil bo`lish demakdir) erosti suvlari. Havza yotqiziqlarining to`planish jarayonida ular orasida qolib ketgan qoldiq suvlardir. Epigenetik (yunoncha epigenenez - keyin paydo bo`lgan) erosti suvlari tog` jinslari vujudga kelgandan so`ng yoki dengizdan sizib o`tgan suvlardan hosil bo`ladi. Tog` jinslarida flyuidlarning harakat qonuniyatlarini tahlil qilishda g`ovaklik va kirituvchanlik asosiy ahamiyatga ega. G`ovaklik. Terrigen jinslardagi g`ovaklik qattiq komponentlar egallamagan bo`shliq hisoblanadi. G`ovaklar o`zaro tutashgan yoki tutashmagan bo`lishi mumkin. G`ovaklik skalyar kattalik singari foyizlarda ifodalanadi. Bunda umumiy va samarali g`ovaklik ajaratiladi. Ular: R um + V um - V q /V um, R sm + V t /V um formulalar yordamida aniqlanadi. Bunda R um - umumiy g`ovaklik , R sm - samarali g`ovaklik, V um - umumiy hajm, V q - qattiq faza hajmi, Vt- tutashuvchi g`ovaklar hajmi. Umumiy g`ovaklik terrigen jinslardagi butun bo`shliqlarning, ularning o`zaro tutashgan yoki tutashmaganligidan kat`iy nazar, foyiz miqdorida ifodalanadi. Samarali g`ovaklik esa faqatgina o`zaro tutashgan g`ovaklarning foyiz miqdori bilan belgilanadi. Samarali g`ovaklik miqdori har doim umumiy g`ovaklikdan past bo`ladi. Pemza va penoplastlar juda yuqori umumiy g`ovaklikka, ammo juda kam samarali g`ovaklikka ega bo`lgan materiallar jumlasiga kiradi. Terrigen jinslarda g`ovaklik struktura hosil qiluvchi donalarning joylashish tartibiga va saralanish darajasiga bog`liq. O`lchami bir xil bo`lgan sferasimon donalar rombaedr tartibida joylashganda g`ovaklik 25,9% ni, tartibsiz joylashganda 87,5% ni tashkil qilishi mumkin. YAxshi saralanmagan materiallarda donalar orasidagi bo`shliqlar mayda zarralar bilan to`lib, g`ovaklik darajasini kamaytiradi. Zichlashish va sementlanish natijasida ham g`ovaklik miqdori juda pasayib ketadi. Neftli gorizontlarda g`ovaklik 5-20% bo`ladi. Kirituvchanlik terrigen jinslarning suyuqliklarni o`tkazish qobiliyatidir. U Darsi formulasi bilan ifodalanadi: Q + KA x (dp/dl), bunda Q – vaqt birligida singadigan suyuqlik hajmi, A – ko`ndalang kesim yuzasi, dp/dl-konkret o`lchamlarga bog`liq bo`lmagan gidravlik gradient. Kirituvchanlik kattaligi suyuqlik xususiyati va muhitning g`ovakligi hamda shu muhitdagi kirituvchanlik yo`nalishiga bog`liq. Solishtirma kirituvchanlik (k) kirituvchanlik o`lchami bo`lib, u faqatgina muhitga bog`liq: Q + KAf/M x dp/dl bunda f- suyuqlikning solishtirma og`irligi, M – esa uning qovushoqligi. Solishtirma kirituvchanlik darsi birligida o`lchanadi va uni oqim harakatlanayotgan g`ovaklarning yig`indi yuzasi sifatida qarash mumkin. Tog` jinslarining kirituvchanligiga bo`laklarning o`lchami, ularning saralanish darajasi, mo`ljallanganligi, joylashish tartibi hamda sementlanishi va qatlamlanish xususiyatlari ta`sir etadi. Terrigen cho`kindilar donalarining o`lchami qancha kichik va saralanish darajasi past bo`lsa, kirituvchanligi shuncha kamayishi eksperimental yo`l bilan aniqlangan. Gradatsion qat-qatlikka ega bo`lgan turbidit yotqiziqlarining qatlamlarida pastdan yuqoriga qarab, donalar o`lchamining kichirayib borish yo`nalishi bo`yicha kirituvchanlik ham pasayib boradi. Qum donalarining joylashishi qancha zich bo`lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda, samarali g`ovaklik va shu tufayli kirituvchanlik ham shuncha past bo`ladi. Kirituvchanlik g`ovaklikka to`g`ri va solishtirma yuzaga teskari proporsional bo`ladi. Terrigen jinslardagi bo`laklarning o`lchami kichiklashib borgan sari kirituvchanlik ham pasayib boradi. Bunga bo`laklarning kichrayib borishi tufayli solishtirma yuzaning oshishi sabab bo`ladi. Natijada oqimga bo`lgan qarshilik ortadi. Qumtoshlarning kirituvchanligi g`ovakligiga qaraganda kuchli o`zgaruvchan bo`ladi. Bunga ikki sabab bor. G`ovaklik bo`shliqlari yuzasidagi notekisliklar ham, oqim o`tadigan ikki nuqta orasidagi masofa ham oqimga qarshilik qiladi. Bu xususiyatlardan birining yoki ikkalasining birgalikda o`zgarishi, g`ovaklik qiymati o`zgarmaganda ham, kirituvchanlikning o`zgarishiga olib keladi. Erosti suvlari joylashish sharoitlari bo`yicha sizot, grunt va qatlam suvlariga bo`linadi. Qatlam suvlari esa o`z navbatida bosimli va bosimsiz turlarga ajratiladi. Download 343.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling