Binoning kunlik iste’moli keltirilgan


Download 97.12 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi97.12 Kb.
#1820228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bino Amaliy 4



3.3-rasm Avtonom fotovoltaik tizim

1-quyosh panellari; 2- kontroller; 3- akkumlyator; 4- yuklama.




Tarmoqqa ulangan quyosh fotovoltaik tizimlari (on-grid)

Tarmoqqa ulangan quyosh fotovoltaik tizimlari - bu tarmoq bilan quyosh fotovoltaik tizimlarini birgalikda ishlash rejimidir. Bu tizimda tarmoqdan xam elektr energiyasi olinishi yoki tarmoqa elektr energiyasi berilishi mumkinligi uchun xam on-grid deb ham nomlanadi. Bu tizimda xuddi tarmoqqa ulanmagan (of-grid) quyosh fotovaltaik tizimlari singari, extiyoj uchun zarur energiya istemolining 100% ni yoki deyarli 100% ni qoplaydigan energiya ishlab chiqariladi. Yetarlicha quyosh panellari ulanganda, uydagi yuklamaning ma'lum bir qismi quyosh elektr energiyasi bilan ta'minlanishi mumkin. Tarmoqqa ulangan fotovoltaik tizimlar odatda bir yoki bir nechta panellar, inverter, kabellar, markazlashgan elektr taminot tizimi va elektr yuklamadan iborat. Inverter quyosh panellarini tarmoqqa ulash uchun xizmat qiladi. Elektr energiyasidan foydalanash rejimiga qarab, quyosh fotovaltaik sistemasi ortiqcha energiya ishlab chiqarishi mumkin. Uni tarmoqdan tashqari tizimda bo‘lgani kabi batareyalarga yuborish o‘rniga, tarmoqqa yuborishingiz mumkin va sizga ushbu elektr energiyasi uchun kompensatsiya beriladi. Ortiqcha elektr energiyasini elektr tarmoqlariga sotish mumkin. Agar quyosh energiyasi uchun maxsus oshirilgan tariflar qo‘llanilsa, ikkita hisoblagich o‘rnatiladi - biri ishlab chiqarish uchun, ikkinchisi iste'mol uchun. Shu bilan birga, barcha elektr energiyasi quyosh batareyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr tarmoqlariga yuqori narxda sotiladi, uyning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji esa elektr energiyasini tarmoqlardan oddiy narxda sotib olish orqali qondirilishi xam mumkin. Shu tariqa, nafaqat yil davomida elektr energiyasining nol sarflanishini, balki yiliga nol elektr energiyasi iste'molini ham ta'minlash mumkin (yozda elektr tarmog‘iga ortiqcha energiya beriladi, qishda esa quyosh nuri yetishmasa, elektr energiyasi elektr tarmog‘iga yetkazib beriladi). Bu rejimda tizim batareyalarga ega bo‘lmaydi. Xozirgi kunda katta quvvatli bo‘lgan istemolchilar sistemalarni shunday ish rejimida ulash maqsadga muvofiqdir.

Gibrit ulangan quyosh fotovoltaik tizimlari - bu tarmoq bilan quyosh fotovoltaik tizimlarini birgalikda xamda energiya zaxiralovchi tizimi (akkumlyatorlari) mavjud ishlash rejimidir. Yani qisqacha qilib aytganda avtanom quyosh fotovoltaik tizim (of-grid) va tarmoqqa ulangan quyosh fotovoltaik tizimlarini (on-grid) birgalikda qilib ulanishidir.


Download 97.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling