O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA KAFEDRASI
A.ABDULLAYEV
Fotovaltaik materiallarining optik xossalari
Guliston – 2023
UDK:537.31(075)
KBK 22.379
A-15
A.Abdullayev
Fotovaltaik materiallarining optik xossalari //O’quv qo’llanma// Guliston, 2023. bet.
Taqrizchilar:
A. Jumaboev-Samarqand davlat universiteti, f- m.f.d, professor;
R.U. Elmuratov-Guliston davlat universiteti, f- m.f.n, dotsenti.
Ushbu o’quv qo’llanma fotovaltaik materiallarining optik xossalari, quyosh energiyasidan foydalanib elektr energiyasi olishga bag’ishlangan. O’quv qo’llanma universitetlarning magistratura mutaxassislik ta’lim yo’nalishi: 70530904- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi yo’nalishi magistrlari uchun mo’ljallangan.
O’quv qo’llanma universitetlarning «Fotoval’taik materiallarining optik xossalari» dasturiga muvofiq ravishda yarimo’tkazgichlar haqida umumiy ma’lumotlar, yarimo’tkazgchlarda quyosh nuri yorug’lini yutilishi bilan bog’liq bo’lgan muhim hodisalar haqida va ular asosida tayyorlangan yarimo’tkazgich asboblarning tuzilishi va ularni ishlashi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Quyosh energetikasida ishlatiladigan materiallarida bo’ladigan fizik hodisalarning asosiy nazariyalari, printsiplari, qonuniyatlari va amalda qo’lanilishi bilan magistrlarni tanishtirishdan iborat.
Tez rivojlanib borayotgan quyosh energiyasining hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanishi qisqach tahlil qilindi va hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlarida ishlatilishi ko’rsatib berildi. Quyosh energetikasining sohasidagi yutuqlarning eng muhim natijalari keltirilgan. Mavzularni chuqurroq o’zlashtirishga yordan beruvchi rasmlar, jadvallar ham keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |