Guliston davlat universiteti fizika kafedrasi a. Abdullayev
Download 220.89 Kb.
|
Fotovaltak materiallarining оptik xossalari
So’z boshi
Fotovaltaik materiallarining optik xossalariga bag’ishlangan mazkur o’quv qo’llanma muallifining Guliston davlat universiteti fizika kafedrasida o’qitilayotgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” yo’nalishi mutaxassiligida ta’lim olayotgan magistrlarga o’qilgan ma’ruzalari asosida tayyorlandi. Ushbu o’quv qo’llanma o’zbek tilida ilk bor yozilgan. Bunda fotoval’taikaning fizik asoslari fani sohasida qo’lga kiritilgan eng so’ngi yutuqlar to’liq bayon etilgan. O’quv qo’llanmaning asosiy maqsadi fotovaltaikaning fizik asoslari fanni yutuqlaridan fan, texnika, sanoat va turmushda qo’llashni yoritishdan iborat. O’quv qo’llanma besh bobdan iborat. Kirish qismida fotovaltaikaning fizik asoslari rivojlanish bosqichlari bayon etilgan. I bobda yarimo’tkazgich materiallarning optik xossalari haqida ma’lumotlar va undagi sodir bo’ladigan jarayonlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Bu bobda: II bobda yarimo'tkazgichlar fizikasining asosiy tushunchalari bayon qilingan bo’lib, unda asosan yarim o’tkazgichlarning xossalari qarab chiqilgan. Energetik zonalar diagrammasi, asosiy va noasosiy zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi, yarimoʼtkazgichlarni legirlash, generatsiya va rekombinatsiya, rekombinstsiya turlarida yutilish, diffuziya mexanizimi haqida ma’lumotlar keltirilgan. III bobda yarimo'tkazgichlarda р-n-oʼtishlar, yarimoʼtkazgichlarda zaryad tashuvchilar harakati, diffuziya va dreyf uzunligi, diod va diod tenglamasi to’g’risida tushunchalar berilgan. Quyosh fotoelementi: ideal quyosh fotoelementi, fotoelement tuzilishi, spektral sezgirlik,qistsa tutashuv toki, salt ishlash kuchlanishi, VАX va uning to’ldirish koeffitsienti, foydali ish koeffitsienti, qarshilik xarakteristikalari, parazitik qarshilik effekti, ketma-ket va parallel qarshiliklar, temperatura taʼsiri, yorugʼlik intensivligi taʼsiri, ideallik faktori qarab chiqilgan. IV bobda yarimo’tkazgichlarning tuzilishi, xossalari, xususiy o’tkazuvchanlik, elektron, kovak o’tkazuvchanli, kovalent bog’lanish, solishtirma elektr qarshilik, solishtirma o’tkazuvchanlik, elektron kontsentratsiyasi, va ularing harakatchanligi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Muvozanat va nomuvozanat hollarda elektron va teshik o’tkazuvchanlikning harakatchanligi qarab chiqilgan. Yarimo'tkazgichlarni legirlash, generatsiya va rekombinatsiya, eksiton yutilishi qarab chiqilgan. Yarimo’tkazgich materiallarga asoslangan elementlar va modullar yoritilgan. Fotovol’taikning nazariyasi qisqacha muhokama qilingan, p-n o’tishlar va asosiy xarakteristikasilari qarab chiqilgan. Quyosh elementlarining optimal ishlashi uchun materiallarga qo'yiladigan talablar haqida tushunchalar berilgan. Turli xil fotovoltaik materiallar, asboblar va mono-poli-mikrokristalli kremniy (Si) asosidagi quyosh elementlarining yutuqlari, amorf Si, AIIIBV birikmalari va xalkogenid materiallari (Cu(InGa)(S, Se)2 va CdTe). Faqat nazariy tomonidan taqdim etilmagan- muayyan muammoning o'ziga xos jihatlari, shuningdek yarimo'tkazgichli quyosh energiyasini ishlab chiqarish va loyihalash texnologiyalari tasvirlangan - elementlar va faol modullar, quyosh batareyalari uchun materiallarni o'rganishning asosiy usullari qarab chiqilgan. Download 220.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling