Binoning rekonstruksiyasi Binoning umimiy tavsifi
Download 53.82 Kb.
|
Musayev Murodbek kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binoni tekshirish va texnik tadqiqot usullari……………………………… Jamoat binosining texnik holatini tekshirishning natijalari…………………….
MUNDARIJA KIRISH...................................................................... Binoning rekonstruksiyasi………….. Binoning umimiy tavsifi. …………………… Injener-geolognk tekshiruv va tadqiqot ishlari………………………. Binoni tekshirish va texnik tadqiqot usullari……………………………… Jamoat binosining texnik holatini tekshirishning natijalari……………………. Konstruksiyalar hisobi................................ Binoni texnik holatni tekshirish natijalari bo`yicha umumiy xulosa…………………………. KIRISH Bunyodkorlik va yaratuvchilik – xalimizga xos fazilatlardandir. Qadimiy obidalardan tortib, mustaqillik yillarida bar’o etilayotgan ulkan inshootlar, ravon yo’llar va mahobatli ko’’riklar, shuningdek, ko’rkam turar-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari hisoblangan maktabu litseylar, shifoxona-yu yirik tibbiyot markazlari, so’lim bog’u xiyobonlar – bularning barchasi xalqimiz aql idroki, tafakkuri, beqiyos kuch-qudrati, ulkan bunyodkorlik va yuksak yaratuvchilik salohiyatining yorqin ifodasidir. Yillar o’tgan sayin mamlakatimiz gullab-yashnamoqda: o’ziga xos, o’ziga mos shaharsozlik va me’morchilik asnosida yangi qiyofa kasb etayotir. Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan va aniq maqsadga yo’naltirilgan hozirgi katta o’zgarishlar izchil bunyodkorlik ishlarining davomi. Davlat rahbari rahnamoligida, jumladan, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar keng ko’lamda bunyod etilmoqda. Bu bizning umumiy uyimiz obodonchiligiga ko’maklashadi, xonadonlarimizga yanada shinamlik baxsh etadi, xalq farovonligini oshirib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shaharu qishloqlarimiz jamoliga ulug’vorlik, ko’rkamlik, go’zallik an’anaviy mahalliy imoratsozlik saqlab qolingan holda, yangi bunyod etilgan binolar yurtimiz chiroyiga yanada chiroy qo’shaya’tiki, ular mahnaviy, madaniy va tarixiy boylikning bir bo’lagiga aylanib, hatto, xorijlik mehmonlarning ham tahsin-tasannosiga sazovor bo’lmoqda. Ularga termilib, bundan chorak asr avvalgi binoyu inshootlar ahvoli, ‘axsadan qurilgan, ‘astqam, ich-tashi shunchaki ohaklab qo’yilgan uylar, deyarli bir xil shakldagi, tabiiy omillar – shamol yo’nalishi, quyosh nurining tushishi kabi imoratsozlik talablari yetarlicha inobatga olinmasdan qurilgan ko’’ qavatli turar joylar haqida o’ylaymiz. O’sha ‘aytlarda imoratlar yurtimiz hududlarining o’ziga xos mahalliy an’analari va tabiiy iqlim sharoiti ‘uxta o’rganilmasdan qurilgan. Masalan, qishloq uylarida yashash uchun eng zarur sharoitlar, madaniy hordiq chiqarish uchun qulayliklar yaratilmagan. Shaharlardagi ko’’ qavatli turar joylarning yo’lak va zinalari tor, xonalar katalakdek, shifti ‘ast, devorlari qo’shnining ga’ini eshitar darajada yu’qa, bir-biriga nisbatan noqulay joylashtirilar edi. Oshxona, mehmonxona, dahliz va vannaxonalar ketma-ket qilib qurilganidan turli noqulayliklar keltirib chiqarardi. Mustaqillik yillarida imoratsozlikdagi ana shu eskicha qarashlardan butunlay voz kechildi. Shaharlar qiyofasi o’zining tarixiy jozibasini saqlagan holda yangilanib, uzoqni o’ylab tuzilgan ‘uxta rejalar asosida izchil rivojlanib bormoqda. Milliy me’morlik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning eng yuksak talablari asosida ‘oytaxtimizda bar’o etilgan Mustaqillik maydoni, “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, Sim’oziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o’z ichiga olgan “Ma’rifat markazi”, Hazrati Imom majmuasi, Amir Temur xiyoboni, “Bunyodkor” s’ort majmuasi singari ko’’lab inshootlar mazkur yo’nalishdagi ishlarning yorqin namoyonidir. Bunday zamonaviy inshootlar Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Nukus, Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon, Termiz, Qarshi,Urganch kabi ko’’lab shaharlarimizda bar’o etilayotir, ularning jamoli va tarovati nainki xalqimiz, chet ellik mehmonlarda ham hayrat va havas uyg’otayotir. Bugun butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Farg’ona viloyatida ham bunyodkorlik, qurilishlar avjida. Farg’ona viloyatining shahar va qishloqlarini qayta qurishning uzoq yillarga mo’ljallangan istiqbol rejasi amalga oshirilya’ti. Unga ko’ra, har qishloq va shahar mutlaqo yangi qiyofaga kirmoqdi. Hozirda bosh loyiha asosida keng, ravon ko’chalar, maydonu xiyobonlar, birinchi qavati savdo, maishiy xizmat ko’rsatish yoki kichik ishlab chiqarish shohobchasi, yuqori qavatlari ofis, turar-joy rusumidagi yangicha me’moriy yechimga ega ko’rkam binolar qurilmoqda. Mustaqillik yillarida Farg’ona shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari nafaqat viloyat ahlini, balki barcha yurtdoshlarimizning havasini keltirmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda bu yerda ko’’lab yangi-yangi korxonalar, turar-joy binolari foydalanishga to’shirilgani, keng va ravon yo’llar, ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalari, s’ort majmualari, stadionlar, bog’ va xiyobonlar bunyod etilgani va buning natijasida zamonaviy inshootlar shahar qiyofasini butunlay o’zgartirib yuborgani alohida e’tirofga loyiqdir. Chiroy ochayotgan Farg’ona Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o’zgarib, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analari asosida qaytadan bunyod etilmoqda. Ayniqsa, Farg’ona shahrida keyingi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari tufayli shahar tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketdi. Zamonaviy tarzda bar’o etilgan yangi turar-joy binolari, keng va ravon yo’llar, ta’lim, tibbiyot muassasalari, muhtasham madaniyat va s’ort majmualari, stadionlar, bog’ va xiyobonlar shahar qiyofasiga o’zgacha ko’rk bag’ishlamoqda. Darhaqiqat, mamlakatda bar’o etilgan har qanday bino va inshoot shu yurtda yashovchi xalq ruhini ko’taradi, odamlarda faxr-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi. Zotan, bu shaharda bo’ladimi, qishloqda bo’ladimi, uning ko’rku jamolini ochadigan, ezgulikka, go’zallikka xizmat qiladigan har bir o’zgarish taraqqiyotdan, kishilar qalbidagi obodlikdan, ma’naviyatidagi yuksalishdan dalolatdir. Ha, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson omili bilan chambarchas bog’liq. Odamlarning munosib turmush kechirishini ta’minlash yo’lidagi bunday ishlar xalqimizni yangi-yangi marralar sari yetaklayveradi. Bugunimiz bunyodkorlari nafaqat bog’-rog’lar, binoyu inshootlar, balki ular zamiridagi ezguliklarni uqqan, mustaqillikni ko’z qorachig’idek asrash, qadrlashga tayyor, tinch, farovon kunlarga shukronalik keltirgan kishilar qalbiyu ruhining me’morlariga aylanib boraveradi. Download 53.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling