Bioelektrik signallarni kuchaytirish. Kuchaytirgichlarni kuchaytirish koeffitsenti
KUCHAYTIRGICHNING AMPLITUDA XARAKTERISTIKASI
Download 456.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Bioelektrik signallarni kuchaytirish. Kuchaytirgichlarni kuchayt
KUCHAYTIRGICHNING AMPLITUDA XARAKTERISTIKASI.
CHIZIQLI BO‘LMAGAN BUZILISH. Sinusoidal (garmonik) signalning kuchaytirishni ko‘rib chiqamiz. Kuchaytirishda signalning shakli o‘zgarmasdan qolishi uchun kuchaytirish koeffitsiyenti kirish signalining o'zgarishi chegarasida har xil kuchlanishlar uchun bir xil bo‘lishi kerak. Bu holda kuchaytirgichning amplitudaviy xarakteristikasi deb ataluvchi bog'lanish chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi: Haqiqatan ham chiziqli bog‘lanish kirish kuchlanishi o‘zgarishining chekli sohasidagina bajariladi, chiqishda bu sohadan tashqarida chiziqli bog'lanish buziladi (shtrix chiziq). Davriy signalni garmoniklarning yig‘indisi deb qaralsa boiadi, shuning uchun chiziqli bolm agan buzilishlarni signalda uni kuchaytirishda yangi garmoniklarni paydo boiishi deb ko'rish mumkin. Yangi garmoniklar qancha ko‘p bolsa, ularning amplitudalari shuncha yuqori bo’ladi. Amplituda qancha yuqori bo’lsa, chiziqli bolmagan buzilishlar shuncha kuchli bo’ladi. U chiziqli bo‘Imagan buzilish koeffitsiyenti bilan baholanadi: KUCHAYTIRGICHNING CHASTOTAVIY XARAKTERISTIKASI. CHIZIQLI BUZILISHLAR. Kuchaytirgichlarda kondensator va induktivlik g‘altaklari ishlatilganligi uchun ularning qarshiliklari chastotaga bog'liq bo‘lganligi sababli har xil garmonik tashkil etuvchilarning kuchaytirish koeffltsiyenti ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ta’kidlab o‘tamizki, rezistorlaming induktivlik xossalari va o‘tkazgichlaming sig‘imiy xossalari, ular qanchalik kichik bo‘lmasin, chastotaning oshib borishi bilan kuchaytirish koeffitsiyentiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib, bog‘lanish muhim bo‘lib, bu kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristikasi deb ataladi. Angarmonik signal buzilishsiz kuchaytirilishi uchun (amplitudali xarakteristikaning chiziqli qism idan foydalanilganda ham) kuchaytirish koeffltsiyenti chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi zarur. Chastotali xarakteristika k = const ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Amaliyotda bu bajarilm aydi va buzilishlarga olib keladi, bunday buzilish chiziqli yoki chastotali buzilish deyiladi. Agar sinusoidal signallarning bittasi k\ = 2 bilan, boshqasi k2 = 0,5 bilan U kuchaytirilsa, u holda natijaviy signal kirishdagidan farq qiladi. O'tkazish yo‘lini kengaytirish uchun kuchaytirgich sxemasini murakkablashtirishga to‘g‘ri keladi. Biroq buzilishsiz kuchaytirilishi kerak bo‘lgan chastotalar diapazoni kuchaytirish masalalari bilan aniqlanadi. Tovushni kuchaytirish uchun 60 Gs — 15 kGs o‘tkazish yo‘lining bo'lishi yetarli, videoimpulslami kuchaytirish yetarlicha keng o‘tish yo‘llari bo‘lishini talab qiladi. Chastotali xarakteristika murakkab tebranishlar xarakteridagi, garmonik spektrida turli chastotalar oraliqlari bolgan biopotensiallami yozish uchun ishlatiladigan kuchaytirgichlami tanlashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bir xil biopotensiallami yozish uchun qo‘llaniladigan kuchaytirgichlar boshqalarini yozish uchun har doim ishlatilavermaydi. TRANZISTORLI KUCHAYTIRGICHLAR. Elektr signalini kuchaytiruvchi aniq fizik tuzilma sifatida tranzistomi ko‘rib chiqamiz. Har xil tipli elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikkita yarimo’tkazgichlar chegarasidap —n o‘tish hosil bo‘ladi. Bu katta bo'lmagan qalinlikdagi sohaning qarshiligi qo‘yilgan kuchlanishning yo‘nalishiga bog’liq. To‘g‘ri kuchlanishga (grafikda musbat kuchlanish) tokni o‘tkazish yo‘nalishi, teskari kuchlanishga (grafikda manfiy) tokni berkitish yo‘nalishi to’g’ri keladi. Har xil tipli elektr o’tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar kontaktlaridan tranzistorlar — elektromagnit tebranishlaming generatorini va o‘zgartirish (kuchaytirish) uchun mo’ljallangan asboblar qurishda foydalanish mumkin. Tranzistorlar-vakuumli triodlaming yarimo‘tkazgichli analoglari (o‘xshashliklari) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bipolyar tranzistorlardan ko‘p foydalaniladi. Bunday tranzistorlar ikki xil ishorali tashuvchilar — teshiklar va elektronlardan foydalanadi. Bipolyar tranzistorlar ikkitap —n o‘tishdan iborat. Tuzilish jihatidan yarimo‘tkazgichli plastinkalarda bunday o‘tishlar — bir xil elektro‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita sohani va boshqacha uchinchi sohani yaratish natijasida hosil qilinadi transistor p —n—p tipli yassi tranzistor deyiladi. Tranzistorning markaziy qismini baza — B, chetkilarini — tegishlicha: emitter — E va kollektor — К deyiladi. Baza, emitter va kollektorga metal elektrodlar yordam ida elektr kuchlanishni ulash mumkin. Tranzistor ishining fizik asoslarini va uning elektr signalini kuchaytirish qobiliyatinip—n—p tranzistor ko‘rib chiqamiz Tok manbai emitterli zanjir — 1 ga ulangan, u emitterli o‘tishda to‘g‘ri kuchlanish hosil qiladi. Bu kuchlanish U kirni, kuchlanishni bo‘lgich - D dan foydalanib o‘zgartirish mumkin. Kollektorli o'tishda ek manba teskari kuchlanish hosil qiladi. Download 456.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling