Bioenergetika


Download 61.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi61.86 Kb.
#1179370
Bog'liq
Bioenergetika - Vikipediya



Bioenergetika
Bioenergetika — molekulyar biologiyaning bir boʻlimi; organizmlarning hayot faoliyati
jarayonlarida energiyaning jamgʻarilishi va sarf etilish qonuniyatlarini hamda energiyaning bir
turdan ikkinchi turga aylanishini, biosferadagi energetika jarayonlarini oʻrganadi.
Bioenergetika tadqiqotlari energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish
qonunini kashf etgan (1841) nemis vrachi Yu. Mayer tomonidan boshlab berildi. Oʻsimlik
toʻqimalaridagi asosiy energetik jarayonlar — fotosintez va nafas olishdan iboratdir.
Oʻsimliklardagi gaz almashinuvi metabolitlar sintezi, energiyaning (ATF)
transformatsiyalanishi va unda jamgʻarilishi bilan birga boradi. Mazkur birikma energiyaga
boy pirofosfat mikrobogʻlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi, bu bogʻlarning sintezi uchun
fotofosforlanish paytida yutilgan va transformatsiyalangan nur energiyasi hamda oksidlanish
bilan boradigan fosforlanish jarayonida organik moddalarning oksidlanishida ajralib
chiqadigan energiya ishlatiladi. Fotosintez jarayonida jamgʻarilgan va nafas paytida ajralib
chiqadigan energiyadan organizmning hayot faoliyatiga aloqador barcha jarayonlarda, oʻsha
energiya makroergik birikmalarda jamgʻarilganidan keyingina samarali foydalanish mumkin.
Nafas olish jarayonida bir molekula SO2 ga 6 molekula ATF toʻgʻri keladi, fotosintezda esa bir
molekula SO, qaytarilishi uchun 3 molekula ATF zarur boʻladi. Bioenergetik tadqiqotlar orqali
fotosintez va nafas jarayonlari hujayra umumiy energiya zaxirasiga qanchalik ulush
qoʻshganligini baholash, oʻsimliklardagi butun moddalar almashinuvi energetik „oziq“ bilan
qanday taʼminlayotganligini aniqlash mumkin.
Yorugʻlikda fotosintez hujayra biosintezi ehtiyojlarini energiya va metabolitlar bilan
taʼminlashdek asosiy ishni bajarsa, nafas olish zimmasiga qoʻshimcha vazifa tushadi.
Energiya almashinuvi energiyani uzatish va sarf qilishni oʻz ichiga oladi. Agar gaz almashinuvi
energiya bilan taʼminlovchi asosiy jarayon boʻlsa, uning sarflanishi sintez jarayonlari,


assimilyatlarning oʻtishi, hujayra protoplazmasi strukturasini saqlab qolish, oʻsish, qayta
tiklanish va h. k. bilan bogʻliq boʻladi. Normal sharoitlarda, shikastlanmagan hujayra koʻp
energiya sarflamaydi. Stress sharoitida, hujayra tuzilishiga zarar yetkazuvchi noqulay sharoit
taʼsirida hujayraning butunligi va sitoplazmatik strukturaning funksional faolligini saqlab
qolish uchun energiyaga ehtiyoj ortadi.
Bioenergetika muammolari tadqiqotlari, xususan, kimyoviy energiyaning ishga aylanish
mexanizmlarini oʻrganish mazkur jarayonlarni kvant biofizika va biokimyo qonunlari amal
qiladigan submolekulyar darajada oʻrganishni taqozo etadi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bioener
getika&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bioenergetika&oldid=314025
4
" dan olindi 
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
 
Vikichizar
 tomonidan amalga oshirildi

Download 61.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling