Bioethics and Law
TSDI & TMA | International Conference | 2022
Download 347.15 Kb. Pdf ko'rish
|
global-bioetikaning-ahloqiy-muammolari
TSDI & TMA | International Conference | 2022
Tashkent State Dental Institute Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy DOI: 10.24412/2181-1385-2022-38-41 Bioethics and Law | Bioetika va huquq 39 May 12, 2022 www.tsdi.uz www.tma.uz haqlimiz. Fan - teхnika taraqqiyoti sivilizatsiyaning ravnaq topishi manbai bo’libgina qolmasdan, ba’zan inson yashaydigan tabiiy muhitni buzib, uning hayotiga tahdid ham soladi. Ta’limni ijtimoiylashtirish, uni dunyoni yangicha tushunishga, dunyoni, yangi dunyoqarashlarni yaхlit qurishga, insonparvarlik tafakkurini tarbiyalashga yo’naltirish zamon talabiga aylanib bormoqda. Bu jarayonga bioetika ham o’zining munosib hissasini qo’shmoqdadir. Bugungi kunda inson global miqyosda fikrlashi, atrof olam uchun o’z mas’uliyatini anglab yetishi, tabiat bilan o’z munosabatlarini uyg’unlashtirishi, davlat, milliy, ijtimoiy, madaniy tafovutlarga qaramay, insoniyat yagona ekanligini, tabiat, madaniyat va hayotni saqlash va rivojlantirish uchun umumiy, yagona yashash kontsyeptsiyasi va hamkorlik zarurligini tushunib yetishi lozim. Bo’lajak shifokorlarda dunyoqarash madaniyatini, boy ma’naviy olamni, umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlarni, shaхsiy mas’uliyat etikasini, mustaqil va ijodiy tafakkurni shakllantirish vazifasi birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Tariхga nazar solsak 2005-yil oktabrda bioetika va inson huquqlari umumiy normalari Deklaratsiyasining qabul qilinishi YUNESKO tinchlik, ma’naviy va axloqiy birdamlikni barqaror etish, bioetika masalalari bo’yicha xalqaro va madaniyatlararo munozaraga jalb qilish soxasida olib borgan ko’p yillik faoliyati natijasi bo’ldi. Tibiiyotda yuzaga kelayotgan axloqiy muammolar har tomonlama aniq ishlab chiqishni, keng muxokama qilishni va huquqiy qarorlar qabul qilishni taqozo etadi. Axloqiy jihatdan muhim qarorlar qabul qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda jamoatchilikning ishtirok etishi bioetikaning muhim jixatlaridan biriga aylandi. Har bir xalqning yoki millatning o’ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq me’yorlari xam bor. Bunday axloq me’yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga albatta samarali ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. Axloqiyotning muhim xususiyati shundaki, u odamlarning harakatlariga ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi. Biz axloqiy jixatdan yaxshi yoki yomon bo’lishimiz albatta xarakatlarimizda namoyon bo’ladi. Axloqiy fazilatlar - bu odamning fe’l atvori, temperamentining xususiyatlari, ular haqidagi bilimlarni maxsus fan sifatida ta’kidlash uchun Aristotel ‘axloq’ atamasini kiritdi. Bioetika fan sifatida odob axloqni o’rganibgina qolmay balki uni amalda qo’llash lozim. U amalda qo’llangach albatta insonlarning bir biriga bo’lgan muloqot madaniyati yaxshilanadi, to’g’ri yashashni o’rganadi va o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi. Natijada ular muvaffaqiyatli insonlarga aylanishadi. Insonlar oldida tanlov turganida, ya’ni, yaxshi yoki yomon tomonda turish kerak bo'lsa, uning harakatlariga va ayniqsa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling