Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish


Download 140.5 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1332018
  1   2   3
Bog'liq
Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish


Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish
Shu narsa ma`lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya nurini chapga buruvchi aminokislotalar, ya`ni L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan. Ko`p davlatlarda qishloq xo`jalik hayvonlari uchun standart qo`shimcha oziqa sifatida soya o`simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya`ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug`lar o`stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo`lga qo`yildi. Ancha vaqtlardan buyon zamburug`larning Sacharomyces avlodi vakillarini qandli achitish qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas olish muhitida o`stirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yo`lga qo`yilgan. Gidroliz sanoatini paydo bo`lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so`ng aerob fermentatsiya sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo`lga qo`yila boshlandi. Bu narsa o`simlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil bo`ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yish ishlari achitqili biomassani karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga sababchi bo`ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkanlardan foydalangan holda o`stirilgan bo`lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo`ldi. Parafinlar asosida o`stiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo`lishi mumkin ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar ko`p bo`ladi, ya`ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida o`stiriladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo`ladi. Bakterial biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomassaning hosil bo`lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo`ladi. Achitqi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo`yicha standart sifatida qabul qilingan soya o`simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari tarkibida ham aminokislotalarning to`liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko`proq miqdorda uchraydi. 1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi ma`lumot keltirilgan . 1-Jadvaldagi ma`lumotlaridan ko`rinib turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo`l bilan olinadigan biomassaning tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to`la qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni ko`rsatdi-ki, go`sht va sut ishlab chiqarishga yo`naltirilgan chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qo`llash uni texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo`lishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan o`rtacha 5 marta ko`proq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5 marta va triptofan 3 marta ko`proq) bo`ladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o`sish omillari uchraydi. Qishloq xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g`allani iqtisod qilish va qo`shimcha ravishda 0,8 t cho`chqa go`shti, 5 t parranda go`shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va cho`chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo`shish aholi uchun 6 t sutni qo`shimcha ravishda yyetkazish imkonini beradi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling