Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 10.3. Radioaktiv nurlarni qayd qilish usullari
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 10.3. Radioaktiv nurlarni qayd qilish usullari
Atom yadrolarini va yadrodagi ichki jarayonlarni o’rganishda juda ham kichik zarrachalar (elektronlar, protonlar. α -zarrachalar va hokazolar) bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Bu mikrozarrachalarni kuzatish va qayd qilish uchun yadro fizikasi asosan quyidagi asboblar va usullardan foydalanadi: ionizasion hisoblagich, ssintillyasiya hisoblagich, Vilson kamerasi, pufakli kamera, qalin qatlamli fotografiya emulsiyasi va boshqalar. Ionizasion schyotchigi - bu harakatlanayotgan zaryadlangan mikrozar-racha gazni ionlashtirishida gazda razryad paydo bo’lishini qayd qiladi. 10.2-rasm. Geyger – Myuller hisoblagichi: 1-shisha ballon, 2-kondensor, 3-metall tola, 4-batareya, 5-qarshilik. U shisha idishdan iborat bo’lib, ichi 100 - 200 mm.sm ust. bosimida gaz bilan to’ldirilgan. Metall tolaga batareyadan yuqori omli qarshilik orqali kuchlanish beriladi. Agar idishga zaryadlangan zarracha uchib kirsa, gazni ionlashtiradi va gaz razryadi vujudga keladi. Kondensator zanjiridan o’tadigan qisqa muddatli tok tufayli qarshilikdagi kuchlanish hosil bo’ladi. Kuchlanishning bunday tebranishi odatdagi radiotexnik usullarda kuchaytiriladi va so’ngra signal lampochkasinng chaqnashi yoki elektrotexnik hisoblagich strelkasining harakati bilan qayd qilinadi. Bu hisoblagich har sekundda 10000 zarrachani qayd qila oladi. Ba’zi detektorlar zarrachalarning trayektoriyasini aniqlashda qo’lla-niladi. Vilson kamerasi, diffuzion va pufakchali kameralar shular jumlasidandir. Vilson kamerasini 1912 yilda ingliz fizigi Vilson ixtiro qilgan. Bu kamera ishi havoda uchib o’tayotgan mikrozarracha hosil qiladigan ionlarning o’ta to’yingan bug’ uchun kondensasiyalanish markazlari bo’lib qolishiga asoslangan. Vilson kamerasini tuzilishi 10.3-rasmda keltirilgan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 221 10.3 – rasm. Vilson kamerasi. Bunda 1- yorug’lik manbai, 2 – kondensor, 3 – kamera, 4 – porshen, 5 – radioaktiv preparat, 6 – nurlar, 7 – elektr kuchlanishni berish uchun yupqa simdan yasalgan to’r, 8 – stereofotokamera Bunda suv bug’i o’ta to’yingan holatga o’tadi va kameraga silindr devorining yupqa qismidan o’tib kirgan mikrozarracha hosil qilgan ionlarda kondensasiyalanadi. Zarrachalarning butun yulini suv tomchilari qoplaydi. Kameraning ichki hajmini yoritib, bu yo’lni – treklarni kuzatish yoki suratga olish mumkin. Trekning ko’rinishiga qarab ionlashtiruvchi zarachaning tabiati to’g’risida fikr yuritish mumkin (masalan, elektronning treki α – zarrachasidan ingichkaroq va uzunroq bo’ladi). Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling