Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 10.2. Radioaktivlik, uning turlari va asosiy qonunlari


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 10.2. Radioaktivlik, uning turlari va asosiy qonunlari
 
Radioaktivlik deb turg’un bo’lmagan yadrolarning o’zidan boshqa yadrolar 
yoki elementar zarrachalar chiqarib yemirilishiga aytiladi. Buning harakterli 
tomonlardan biri reaksiyaning o’z-o’zidan bo’lishidir. Radioaktivlik ikki turga 
bo’linadi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy radioaktiv-likni 1896 yilda fransuz fizigi 
Bekkerel uranda aniqlagan, keyinchalik bu xususiyat boshqa og’ir yadroli 
elementlar aktiniy, toriy, poloniy, radiyga ham xos ekanligi aniqlandi. Poloniy va 
radiy nurlanishini 1898 yili Pyer va Mariya Kyurilar ochgan. Sun’iy radioaktivlik 
esa yadro reaksiyalari paytidagi nurlanishlardir. 
Tabiiy va sun’iy radioaktivlikda prinsipial farq yo’q. Bular uchun umumiy 
konuniyatlar o’rinlidir. Radioaktiv nurlanishlar o’z tabiatiga qarab murakkabdir. 
Nurlanishlarning uchta turi mavjud, ya’ni alfa, betta, gamma nurlanishlar. 
Alfa nurlanishlarda yadro alfa zarrachalar chiqarib boshqa yadroga aylanadi. 
Buni quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin. 
4
2
4
2
α
+
Υ

Χ


A
Z
A
Z
(10.7) 
X-onalik yadro, U-bolalik yadro. 
Uranning toriyga aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin.
α
4
2
231
90
235
92
+

Th
U
(10.8) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


218
Ona yadro massasi bola yadro va 
α
zarralar massasidan katta bo’ladi (demak, 
energiyalari ham katta). Bu energiyalar farqi alfa zarracha va bola yadro kinetik 
energiyasiga teng bo’ladi. Reaksiyadan so’ng bola yadro normal va uyg’ongan 
holda ham bo’lishi mumkin. 
α
-zarralar elektr va magnit maydonlarida og’adi. 
α
-
zarracha zaryadi +2ye ga, massa soni 4 ga teng. Alfa zarrachalar radioaktiv 
moddalardan 10000-20000 km/s tezlik bilan uchib chiqadi. Bu esa 4-9 MeV 
kinetik energiyaga tengdir. Alfa zarrachalar moddadan o’tganda ularga o’z 
maydoni bilan ta’sir qilib ionlashtiradi va ikkita elektron qo’shib olib neytral geliy 
atomiga aylanadi. Alfa zarraning havoda o’tish yo’li 3-9 sm va ionlashtirish 
qobiliyati 250000 juft ionga teng. Alfa zarrachalar qalinligi 0,06 mm bo’lgan 
alyuminiy qatlamida yoki 0,12 mm bo’lgan biologik to’qima qatlamida to’la 
yutiladi. 
Betta yemirilish – bu yadro ichida neytron va protonlarning o’zaro 
aylanishiga aytiladi. Buning uch xil turi mavjud. 
Elektron yoki betta yemirilishda yadrodan betta-zaracha (elektron) uchib 
chiqadi va spektri tutash bo’ladi. Bu esa yadroning diskret energetik holatlardan 
tashkil topganligi to’g’risida tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun 1932 
yilda Pauli bu holda betta zarrachalar bilan kichik massali boshqa zarrachalar ham 
chiqadi degan gipotezani aytdi. Bu zarrani Fermi neytrino deb atadi. Keyinchalik 
aniqlanishicha, neytrino betta plyus yemirilishida hosil bo’lar ekan. Beta minus 
yemirilishda esa antineytrino hosil bo’lar ekan. 
Betta minus yemirilish sxemasi quydagicha tasvirlanadi. 
~
0
1
1
ν
β
+
+
Υ

Χ

+
A
Z
A
Z
(10.9) 
Masalan: tritiyning geliyga aylanishi 
~
0
1
3
2
3
1
ν
β
+
+


He
H
bunda
~
ν
-
antineytrino
Betta yemirilish yadro ichida neytronning protonga aylanishida ham hosil 
bo’ladi 
Pozitronli yoki betta + yemirilish sxemasi quyidagicha tasvirlanadi: 
ν
β
+
+
Υ

Χ
+

0
1
1
A
Z
A
Z
(10.10)
Yadroda protonning neytronga aylanishi ham beta+ yemirilishga kiradi,
υ
β
+
+

+
0
1
1
0
1
1
n
P
(10.11) 
Bunda yadro birorta ichki elektronni qabul qilib atomdagi uning protonini 
neytronga o’tkazadi. 
ν
β
+

+
Ρ

n
1
0
0
1
1
1
(10.12) 
β
- zarrachalar massasi 
α
- zarrachalarnikidan - 7350 marta kichik, o’rtacha 
tezligi 160000 km/s energiyasi 0,001-10 meV oralig’ida. Shuning uchun bularning 
ionlashtirish qobiliyati 
α
zarrachalarnikidan 100 marta kichik. Moddadan o’tish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


219
masofasi esa shuncha kattadir. Masalan, havoda 40 metrgacha alyuminiyda 2 sm 
va biologik to’qimada 6 sm gacha kiradi. 
γ
- nurlanish – chastotasi juda katta (10
20
gs), to’lqin uzunligi esa juda kichik 
(10
-12
m) bo’lgan fotonlar oqimidan iborat bo’lib, energiyasi 1 meV atrofida. 
γ
-
nurlar eng qattiq elektromagnit nurlar bo’lib, rentgen nurlariga o’xshash. Zaryadi 
yo’q, tezligi 300000 km/s ga teng. Kristalldan o’tganda difraksiyalanadi. 
γ
- nurlar 
atom yadrosidan chiqadi. 
γ
- nurlar ionlashtirish qobiliyati kichik, u havoda 100 ta 
(1smda 1-2 ga juft) ion xosil qiladi. O’tish qobiliyati katta, havoda yuzlab metr, 5 
sm qo’rg’oshindan va kishi tanasidan bemalol o’tadi. Radioaktiv nurlanish 
atomlarning elektron qobiqlaridan emas, balki atom yadrosidan chiqadi. 
Radioaktiv nurlanish statistik hodisa bo’lib, berilgan nostabil yadro qachon 
yemirilishini aytish qiyin. Faqat ehtimolligini aytish mumkin. Juda ko’p yadrolar 
uchun yemirilmagan yadrolarning vaqtga bog’liqligini ifodalovchi statistik 
qonunni chiqarish mumkin. Agar dt vaqt ichida d N ta yadro yemirilsa, u holda 
quyidagini yozish mumkin: 
dN= -λN dt (10.13) 
λ- yemirilish doimiysi turli yadrolar uchun turlichadir. 
“-“ har doim dN<0 ekanligini, ya’ni yemirilganda radioaktiv moddalar doim 
kamayib borishini ko’rsatadi. (10.13) formulani integrallab quyidagini olamiz. 
N=N
0
ye
-λt
(10.14) 
Bunda 

0
N
yadrolarning boshlang’ich soni, 

N
qolgan yadrolar soni. 
Bu radioaktiv yemirilishning asosiy qonunidir. Amalda λ o’rniga yarim 
yemirilish davri qo’llaniladi. 
Yadrolarning yarmi yemirilishi uchun ketgan vaqtga yarim yemirilish davri 
deyiladi. λ va T orasidagi bog’lanishni topish uchun (10.14) da N=N
0
/2
t/T
deb 
olamiz. U holda N
0
/2=N
0
ye
-λT
yoki 1/2=ye
λT
buni logarifmlasak T=
l
n2/T=0,69/λ
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ulardan 1 sekundda chiqadigan zarralar 
va 
γ
- fotonlar sonini bilish zarur. Bu son yemirilish tezligiga proporsional bo’lib, 
aktivlik deyiladi.
A= –dN⁄dt (10.15) 
(10.14) va (10.15) ga asosan A=dN⁄dt =λN=λN
0
ye
–λye
=N/
n
l
2 bo’ladi. 
Aktivlik vaqtga qarab eksponensial qonun bo’yicha kamayib boradi. 
Aktivlik birligi Bekkerel (Bk) qabul qilingan. 
1Bk deb, 1 sekundda 1ta yemirilish bo’ladigan manbaning aktivligidir. 
Tizimdan tashqari va ko’p ishlatiladigan aktivlik birligi Kyuri (Ku). 
1 Ku (kyuri) = 
1
10
10
10
7
3
10
7
,
3


=

с
б
Бк
Yana boshqa birlik ham mavjud. 
1Rf (rezerford)=10
6
Bk. 1Rf=1/37000 Ku. 
Radioaktiv manba birlik massasining aktivligini xarakterlash uchun - 
solishtirma massa aktivligi kiritilgan (Bk/kg) 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


220

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling