Биогеография фанидан I курс 1 семестр 5140500 – “География ва иқтисодий билим асослари”учун
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
geologiya va mineralogiya
1. tebranma
2. burmali 3. uzilma (yorma) Tebranma yoki yuzasining asriy yoki neotektonik harakatlar yerning bir joyini kutarib, bir joyini chuktiradi. Tebranma tektonik harakatlar – eneyrogenik harakatlar natijasida transgressiya yoki regressiya ruy beradi. Trangressiya yer qobig’ining ayrim joylari chukib, dengiz suvi bostirib keladi, epikontinental – sayoz dengiz hosil bo’ladi. Regrissiya musbat tebranma harakat bo’lib, yer po’stining pastdan yuqoriga harakatlanishi yuz beradi, natijada dengiz asta – sekin sayozlashib, uning o’rnida quruqlik qad kutaradi. Regressiya quruqlikning dengizga bostirib boorish jarayodir. Epeyrogenik tebranma harakatning tezligi yiliga millimetrlab o’lchanadi. Neopal shahrida Serapis qasrining yiliga chukish tezligi 27 mm ni tashkil qiladi. Balktika dengizini Shvetsiya sohili kutarilmoqda, janubiy sohillari chukmoqda. Epeyrogenez quruqlik ichki qismida daryo terrasalari sifatida namoyon bo’lmoqda. Tebranma harakatlarning geologiya va geomorfologiya usulida, tarixiy – arxeologik usulda, nevirlash usulda va orografik usullarda o’rganiladi. Burmali tektonik harakatlar – (plakatev)ni orogenik harakatlar deb ataladi. Bu harakatlar yerning ichki qismida tuplangan energiyaning taranglashuvi natijaida vujudga keladi. Endogen kuchlar tik va qarama – qarshi yo’nalishda ro’y beradi. Kuch uzuq vaqt davomida gorizontal xolatda yotgan tog’ jinslarining qalin qatlamlariga asta – sekin ta’sir etishidan, ular plastic deformatsiyaga uchrab, dard ketmay, uzulmasdan deformatsiyalanadi. Avvalgi tekis ya’ni gorizontal xolatdagi joylashish o’zgaradi, oqibatda yangi ya’ni ikkilamchi yer struktura shakllari hosil bo’ladi. Shunday o’zgarishlar tektonik harakat yoki dislokatsiya (joylashish) deyiladi. Qatlamlarning tulqinsimon bukilmalari burma deb ataladi. Qabariq antiklipal va botiq sinklipal burmalarga bo’linadi. Burma elementlari, qanot, qulorlar mulda elementlari bari buqiq qulor, qulorlar orasidagi masofaqanot, sinklinalda egilgan yer – mulda deyiladi. Burma o’qi- antiklinalning dung, sinklinalning botiq qismida o’tkazilgan hayoliy chiziq burma o’qi deyiladi. O’q tekisligi bilan yer yuzasining kesishgan chizig’i o’q deyiladi. Burma o’q tekisligi bilan qatlamning dung qiyofali qismning kesishidan hosil bo’lgan chiziq sharnir deb ataladi. Kundalang kesimlarda burma shar nirlarni har doim to’g’ri chiziqlar bo’yicha davom etmay, bir joyda uzoqdan pastga oqqan joyda tekislik yuzasidan kutarilgan ba’zi yerlar tulqinsimon shaklda bo’ladi. Bu sharnir – tulqinlanishdir. Yadro deb burmalarning ichki qismiga aytiladi. Burmalar o’q tekisligining fazoviy xolatiga ko’ra qanotlarning og’ish burchagiga asosan bir – biridan farqlanadi. Tik xolatda o’qli burma oddiy yoki to’g’ri burma bo’lib, qanotlarning o’q tekisligiga bo’lgan burchaklari bir –biri – biriga teng qiymatda bo’ladi. Qiya burmalarning o’qi qiya, qanotlarning yotish burchaklari turlicha bo’ladi. Ag’darma burmalarning qanotlari bir – biriga yondashgan xolatda bo’ladi. Yotiq burmalarning o’q tekisliklari tep –tekislik burma qanotlari yotiq xolatda bo’ladi. Agar burma o’q tekisligi bilan burma qanotlari bir – biriga parallel bo’lsa, izoklinal burma deyiladi. Burma gumbazi tekisroq va keng, qanot esa tik xolatda bo’lsa, sandiqsimon burma deyiladi. Qatlamni chegarolovchi ikkita pasti zamin va yuqori qatlamlanish yuzalari bor. Bular orasdidagi masofa qatlam qalinligi deyiladi. Qatlamlarning joylashish elementlariga qatlamning yo’nalishi og’ish burchagi. Qatlamning tekis yuza bilan kesishidan hosil bo’lgan chiziq uning yo’nalishi deyiladi. Qatlamning og’ish (tushish burchagi) tomoni ham azimut bilan o’lchanadiki, uning yo’nalishiga tik qatlam yuzida uning og’ish tomoniga parallel yo’nalish chizig’iga tik joylashgan tik qatlamining o’gish chizig’i deyiladi, qatlamning og’ish chizig’i bilan tekis yuza orasidagi burchak unung og’ish burchagi deyiladi. Qatlamning og’ish azimuti uning og’ish chizig’i bilan meridian orasidagi burchakdir. Qatlamning yo’nalish azimuti uning yo’nalish chizig’i bilan meridian orasidagi burchakdir. Tektonik harakatlarning uchinchi turi tektonik siniq yoki dizyuktiv harakatlardir. Yer qobig’ini tashkil etishda qatnashgan jinslarning darz ketib yorilishi dizektiv harakat deyiladi. Yerma harakatda jinslarning yaxlitligi botamom buziladi. Yoriqlarning bir qanoti yer sathida qolib, ikkinchi qanot tik bo’ylab yuqoriga kutarilishida irg’itma hosil qiladi. Irg’itma harakat vaqtida bir – biriga parallel holatda hosil bo’lgan oriqlar orasidagi qanotlarning biri o’z o’rnida, ikkinchisi, irg’itilgan holatlar gorst va grateklar paydo qiladi. Trorst o’z satxini o’zgartirgan ko’tarilib chiqqan irg’itma. Groben avvalgi sathda qolgna tektonik yoriqdir. Yoriqlar yozining tekislangan yaltiroq yuzasi “sirkalanish kuzgusi” deyiladi. Litosfera plitalari tektonikasi yoki plitalar tektonikasi spreding nazariyasi yer po’stining qattiq yirik qismlari harakatini izohlashdan iborat. Yer po’stining yirik plitalari gorizontal xolatda yiliga 20 sm.lab minglab km.ga harakatlanadi. Harakat jarayonida yirik plitalar bir – biridan ajralishlari, yaqinlashishi va xatto bir – biriga nisbatanm sirg’anishib joylashishi natijasida shu o’rinda to’qnashish chegaralaridsa xuddi metallarni payvand qilishdan so’ng hosil bo’ladigan o’lama qabariq tog’liqlar paydo bo’ladi, zilzilalar harakati yuzaga keladi, magma yoki vulqon paydo bo’ladi. Uzoq Sharq yoki Markaziy Osiyo baland tog’larining hosil bo’lishini shunday izohlash mumkin. Ma’lumki, relyef endogen va ekzogen jarayonlarning o’zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Relyefning shakllanishida endogen jarayonlar etakchi ahamiyatga ega bo’lsa morfostruktura relyefi deyiladi. Geosinkinal, platforma, tog’ bo’lmali mintaqa, tog’li o’lka, tektonik botiq va boshqalar morfostrukturalardir. Relyefning shakllanishida ekzogen jarayonlar ustun bo’lsa, morfoskulpturalar deyiladi. Akumulyativ tekisliklar, morena marzalari, daryo vodiysi va boshqalar bunmga misol bo’la oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling