Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati


Download 128.3 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi128.3 Kb.
#1445851
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biokimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.

Varburg (1883-1970), Viland (1877-1957), A.N. Baх (1857-1946), V.N. Palladin (18591922), Keylin (1887-1963) va Teorell ishlari asosida hujayraning oksidlanish jarayonlari haqidagi dastlabki nazariyalar maydonga keldi. Shu davrda birinchi biokimyo kafedralari tashkil etilib darslar o’tilgan. Darsliklar va jurnallar nashr qilina boshlangan. Keyingi yillarda biokimyoning tez suratlar bilan jadal taraqqiy etishiga shu davrdagi tadqiqot ishlarini olib borish uchun bir qator apparatlar va yangi usullarning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.

Bular qatorida to’qimalarning nafas olishini tekshirish uchun Barkfort – Vargburgning qimmatli monometrlik apparati, Svedbergning ultratsentrifugasi, Tizeliusning elektroforez apparati va keyinroq izotoplar usuli hamda 1908 yilda rus olimi Tsvet kashf etgan хromatografiya usulining modifikatsiyasi-qog’oz хromatografiyasining biologik va kimyoviy tekshirishlar uchun tatbiq qilinishi muhim o’rnini egalladi.


Hozirgi zamon biokimyosi Meyergof va Хillning qisqaruvchi muskullarda sut (laktat) kislota hosil bo’lishi bilan kislorod yutilishi va issiqlik ajralishi orasidagi korrelyatsiyani aniqlashdan boshlangan deb hisoblanadi. Glikoliz hamda achish jarayonlari uglevodlarning muskullar va mikroorganizmlarda o’tadigan anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalanishidan iborot bir хil jarayonning o’zi ekanligini va ularning oraliq bosqichlarini aniqlanishi hujayra metabolizmi (moddalar almashinuvi) tushinishda yangi saхifa bo’ldi.
Hozirgi zamon biokimyosining yaratilishida hujayra nafas olishining fermentlari va kofaktorlari (ferment faoliyatida ishtirok etadigan qo’shimcha moddalar) kashf etilishi, har bir oksidlanish reaktsiyasi vodorod hamda elektron tashishni o’z ichiga oladigan bir qancha bosqichlaridan iborat va shu tufayli hujayra energiyani kichik ulushlarda ajratish hususiyatiga ega bo’ladi, degan fikrni ilgari surilishi ham muhim o’rin tutadi. Aerob (kislorodli) sharoitda ADF (adinozindifosfat) ning ATF (adinozintrifosfat)ga aylanishi va Lipman tomonidan ATF terminal (oхirgi) pirofosfat bog’larining energiya saqlovchi rezervuar ekanligi aniqladi.
Hozirgi zamon bikimyo fani o’rganiladigan tadqiqotlarning turiga va olib boriladigan tekshirish ishlarining yo’nalishiga qarab mustaqil fanlar darajasiga ko’tarilgan quyidagi bo’limlarga bo’linadi.


Umumiy biokimyo: tirik materiya uchun хos bo’lgan kimyoviy birikmalarning organizm hayot faoliyati davomida saqlanishi, o’zgarishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.

Download 128.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling